Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi
III bob yuzasidan xulosalar
Download 244.17 Kb.
|
SHOIRA DISSERTATION FINAL
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XULOSA
III bob yuzasidan xulosalar
Rasmiy motivli kosmonimlar inson koʻzi ilg‘amaydigan kosmik obyekt nomlarini ifodalasa, norasmiy motivli kosmonimlar oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlgan osmon jismlarining nomlaridir; –norasmiy motivli kosmonimlar doim kosmik obyektning biror belgi-xususiyatiga asoslangan holda hosil boʻladi; –norasmiy motivli kosmonimlar xalqning turli etnik guruhlari tomonidan hosil qilinib, umumiylik kasb etsa, rasmiy motivli kosmonimlar yakka shaxs, shaxslar yoki astronomik tashkilotlar tomonidan nomlanadi. 2. Til ijtimoiy hodisalardan biri boʻlib, unda xalqning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy qarashlari, milliy rasm-rusumlari, turmush tarzi, orzu-istaklari nomoyon qiladi. Tilshunoslikda shunday lug‘aviy qatlamlar borki, ular ma’lum bir xalqning hayoti, urf-odati, tarixi bilan bog‘liqdir. Oʻzbek lingvomadaniyatida kosmonimlarni yozuvchi asarlarida, she’ru g‘azallarida oʻrganish katta ahamiyat kasb etadi. 3. Yulduzlarning nomlarini qiyosiy tahlili shuni koʻrsatadiki, ingliz, rus va oʻzbek tillaridagi kosmik obektlar nomlarining asosiy qismi arab, lotin, yunon va boshqa tillar bog‘liq holdagi ekvivalentlardan iborat ekanligini koʻrsatdi, faqatgina oz qismida millatning milliylik darajasi kuchliligi bois farq qiladi. UMUMIY XULOSA Samoviy jismlarning atalish motivlari jahondagi koʻpgina xalqlarda mushtarak boʻlib, osmon jismi ya’ni kosmonimlarining rangi, osmonda koʻrinish davri, samoda hosil qilgan koʻrinishi kabi koʻpgina holatlarga asoslangan. Buning oqibatida esa mifologik qarashlar yuzaga kelgan va shunga bog‘liq nomlar kelib chiqqan. Kosmonimlar voqealanishida asos vazifasini oʻtovchi lingvomadaniy kod bilan ular tarkibida kelgan indikatorlar oʻrtasidagi etimologik nomuvofiqliklar mavjud boʻlib, bu koʻproq teotoponimning ilk shakllanish bosqichi bilan etimondagi keyingi davrga taalluqli fonetik, leksik-semantik oʻzgarishlarda shaxslashtirish omilining ishtiroki bilan izohlanadi. Tilga antropotsentrik yondashuvga koʻra toponimlar xalq tarixi va madaniyatining zich aloqasi natijasida yuzaga kelgan onimlardir. Toponim – xalq etnik shakllanishiga doir tarixiy ma’lumotning transformatori sifatida yuzaga chiqadi. Kosmonimlar mavzuiy jihatdan boshqa toponimik birliklar bilan birikkan holda toponimlarini yuzaga keltiradi. Download 244.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling