Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Materiallarning termik chidamliligi
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOnuvchanlik
- Radiatsiyaga chidamlilik
Materiallarning termik chidamliligi ularning haroratni siklli ko‘p marta
o‘zgarishiga buzilmasdan chidash xususiyatidir. Termik chidamlilik materialning tarkibiga, haroratdan kengayish koeffitsientiga bog‘liq bo‘ladi. Haroratdan kengayish koeffitsienti kichik bo‘lsa, materialning termik chidamliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Granit, oyna va shu kabi materiallarning termik chidamliligi kichik. YOnuvchanlik materialning olov ta’sirida ma’lum muddatda yonmaslik xususiyatidir. Bu jixatdan materiallar-yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo‘linadi. Masalan, yonmaydigan materiallarga beton, g‘isht, po‘lat, granit va x.k.,qiyin yonadiganiga asfaltbeton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan yog‘och va sh.k., yonadiganlariga- yog‘och , gulqog‘oz, bitum, bo‘yoqlar va sh.k. lar kiradi. Materialni antipirenlar bilan shimdirib yoki qoplab yonish muddatini kechiktirish mumkin. Ko‘pchilik yonmaydigan materiallar olov ta’sirida yonmasada kuchli deformatsiyalanadi (po‘lat), darz ketadi (tabiiy toshlar),sachrab sinadi (asbotsement) va sh.k. Radiatsiyaga chidamlilik Radiatsiyaga chidamlilik materialning ionlantiruvchi nurlar ta’sirida uning tuzilishi va fizik-mexanik xossalarini o‘zgartirmaslik xususiyatidir. Atom energetikasining rivojlanishi, turli radioaktiv nurlarni xalq xo‘jaligida ishlatilishi materiallarni nurlarga chidamliligini o‘rganishga, bu nurlardan muxofazalovchi materiallarni yaratishga olib keldi. Radiatsiya nurlari, xatto kristall tuzilishli materiallarni amorf xolatga keltirishi, ularda juda kuchli ichki zo‘riqishlar hosil qilishi va buzishi mumkin. Radioaktiv nurlardan himoyalash uchun maxsus tarkibli o‘ta og‘ir betonlar, metall qotishmalari va sh.k. ishlatiladi. 5.Qurilish materiallarining mexanik xossalari Mustahkamlik Materialga tashqi kuch ta’sir etganda unda ichki kuchlanish (zo‘riqish) paydo bo‘ladi. Kuchlanish ma’lum qiymatga etganda material buziladi (sinadi, parchalanadi). Materialning buzilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati mustahkamlik deb ataladi. Materiallarning mustahkamligi odatda ularning mustahkamlik chegarasi-R orqali ifodalanadi. Mustahkamlik chegarasi deb, materialning eng katta kuch ta’sirida buzilgan vaqtida hosil bo‘lgan ichki kuchlanish-b ga aytiladi. Bino va inshoot qismlarining mustahkamligini hisoblash davlat standartlari bo‘yicha ruxsat etilgan kuchlanish uning mustahkamlik chegarasi orqali ifodalanadi: rux =R Z , bu erda: R-mustahkamlik chegarasi, Mpa; Z-mustahkamlikning ehtiyot (zaxira) koeffitsienti, kamida 2-3 ga teng. Ehtiyot koeffitsientini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish lozim: a) tuzilishi bir jinsli bo‘lmagan materiallar mustahkamlik chegarasining yarmidayoq kuchsizlangan joyidan buzila boshlaydi; b) Ko‘p materiallar kuch ta’sirida tez deformatsiyalanadi va mustahkamlik chegarasi ko‘rsatkichining 50-70% ida darzlar hosil bo‘ladi; v) materialga qayta-qayta o‘zgaruvchan dinamik kuch qo‘yilganda u mustahkamlik chegarasiga etmasdan buziladi. Bunga materialning “charchashi” tufayli buzilish deyiladi. Hozirgi vaqtda materiallarning buzilish holatini hisoblashda ehtiyot koeffitsientlaridan foydalaniladi. Bunda ortiqcha yuk, materialning bir jinsligi, inshootning ishlash sharoiti va sh.k. hisobga olinadi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi tashqi omillar ta’sirida materialda hosil bo‘ladigan ichki siquvchi zo‘riqishlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidir. Siquvchi kuch yuk, kirishish, notekis qizdirish va shu kabilar natijasida hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik materiallar anizatrop tuzilishda bo‘lgani uchun siqilishdagi mustahkamlik chegarasi qator sinovlar natijalarining o‘rtacha miqdori bilan belgilanadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling