3.5-rasm. Ishlov berilgan tosh yuzalari
67
Marmar, ohaktosh kabi yumshoq toshlar ramkali arralash uskunalarida
qirqiladi. Odatda arra olmos, korborund yoki qattiq qotishmalar yordamida
kuchaytirilgan (qoplangan) bo‘ladi. Olmos keskichlar yordamida toshni juda yupqa
(5-10 mm) qirqish mumkin bo‘lib, 1m
3
toshdan 40-45 m
2
plita tayyorlash imkoni
bo‘ladi.
G‘ovak toshlardan donali devorbop toshlarni va bloklarni tosh qirqish
mashinasi yordamida qirqib olinadi.
Profilli buyumlar (karniz, zinapoya, deraza osti plitalari va boshqalar)
toshga ishlov berish zavodlarida frezerli va universal profil beruvchi mashinalar
vositasida tayyorlanadi.
Tosh yuzasini jilolash shliflash stanoklarida abrazivlar (korund, korborund,
olmos kukunlari) yordamida, mo‘yli disk vositasida mastika va xrom, qalay, temir
oksidlari kukuni sepilib amalga oshiriladi.
4. Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining asosiy xossalari
Zichlik. Bu jixatdan tabiiy toshlar engil va og‘ir turlarga bo‘linadi. Engil
toshlarga zichligi 1,8 g sm
3
kichik bo‘lgan vulqon tufi, tuf, pemza, chig‘anoqli
ohaktosh kabilar kiradi. Engil toshlar issiqlik izolyasiyasi xususiyati yuqori
bo‘lgani uchun devorbop donali tosh va bloklar tayyorlashda ishlatiladi.
Og‘ir toshlarga zichligi 1,8 g sm
3
yuqori bo‘lgan granit, sienit, gabbro,
bazalt kabi toshlar kiradi. Og‘ir toshlar bino va inshootlarni suv va namlik tegishi
mumkin bo‘lgan qismlarda, pol, devorlarni bezashda, yo‘l qurilishida ishlatiladi.
Mustahkamlik. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan tabiiy
tosh materiallar quyidagi markalarga bo‘linadi (MPa): 0,4; 0,7; 1,5; 2,5; 3,5; 7,5;
10; 12,5; 15; 20; 30; 40; 50; 60; 80; 100.
6
Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 72
Do'stlaringiz bilan baham: |