Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Sovuqqa chidamlilik. Standart usulda muzlatish va eritish sikllari bo‘yicha 
tabiiy tosh materiallar quyidagi markalarda bo‘ladi: 10; 15; 35; 100; 150; 200; 300 
va 500. Zich toshlar sovuqqa chidamli bo‘ladi. Porfirsimon tuzilishdagi toshlar 
sovuq ta’sirida yorilib ketadi.
YAngi qazib olingan ohaktosh, dolomit, tuflar, qumtoshlarda tabiiy namlik 
bo‘lgani uchun sovuqqa chidamsizdir. Ular quritilgach etarli darajada sovuqqa 
chidamli material bo‘ladi.
Suvga chidamlilik. Suvga chidamlilik toshlarning suvda yumshash 
koeffitsenti-0,6; 0,8 va 1,0 bilan belgilanadi. Doim suv ta’sirida bo‘ladigan 
joylarda (poydevor, yo‘l qurilishi) bu koeffitsient 0,8 kam bo‘lmasligi, tashqi devor 
uchun esa 0,6 kam bo‘lmasligi kerak.
Edirilish va ishqalanishga bardoshlilik. Toshlarning bu xususiyati 
ularning zichligi, mustahkamligi va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Toshlar yo‘l 
qoplamalari,binolar pollari, zinapoyalarda ishlatilganda ularning bu xususiyatlari 
katta ahamiyatga egadir.
Mayda kristall tuzilishga ega bo‘lgan toshlar shliflanganda sirpanchiq 
bo‘lgani uchun zinapoya, pollarda ishlatilmagani ma’qul.
Olovga bardoshlilik. Tabiiy toshlarning olovga bardoshliligi ularning 
mineral tarkibiga bog‘liq bo‘lib, olov ta’sirida buzilishi mumkin. Gipstoshi 100-
120
0
S, ohaktosh 900-1000
0
S haroratda buzila boshlaydi. O‘ta zich granitsimonlar, 
porfirlarda esa yuqori harorat ta’sirida yoriqlar hosil bo‘ladi.
5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari turlari  
Xarsangtosh. Massasi 20-40 kg uzun tomoni 50 sm bo‘lgan noto‘g‘ri 
shakldagi tog‘ jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida
plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlar 
yordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslariga ishlov 
berib olinadi. CHo‘kindi jinslar tarkibida giltuproq, pirit qo‘shilmalari bo‘lmasligi 
kerak.
Xarsangtosh siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa kam bo‘lmasligi, 
suvda yumshash koeffitsienti 0,8 dan past bo‘lmasligi kerak.
Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa 
maydalanib beton uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling