Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

 
 


3-MAVZU 
KERAMIK MATERIALLAR VA BUYUMLAR .KERAMIK 
MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Reja:  
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar
3. 
Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi.
4. 
Keramik buyumlar strukturasi va umumiy xossalari.
5. 
Devorbop keramik buyumlar.
6. 
Qoplama keramik buyumlar.
7. 
Maxsus keramik materiallar va buyumlar
1. Umumiy ma’lumotlar
Mineral xom ashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish 
natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. 
“Keramika” so‘zi lotincha “Keramos” so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil) 
ma’nosini bildiradi.
Insoniyat tarixida gil asosidagi xomloydan tayyorlangan devorbop 
materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 
yillikda ishlatilgan. Pishirilgan g‘isht eramizdan avvalgi 3500-4000
y., cherepitsa va sirlangan g‘isht esa qurilishda eramizdan avvalgi 1000 y. 
ishlatilgan. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda saqlanib qolgan arxitektura 
yodgorliklari qurilish materiallari keramika asosidadir. Xozirgi kunda effektiv 
g‘isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariyatexnika buyumlari, mashinasozlik, 
elektronika, energetika tizimlari uchun maxsus keramik buyumlar ishlab chiqarish 
yo‘lga qo‘yilmoqda.
Gil 
mahsulotlari 
qurilish 
matriallarining 
muhim 
turlaridan 
biri 
hisoblanadi.Xomashyo ishlab chiqarish korxonalarida gil kvarts, tuproq, chamette 
(olovga chidamli gil 1000-1400 gradusda kuydiriladi va bo’linadi) metal zaki
apelka va maydalangan ko’mir bilan aralashtirilib foydalaniladi.
Qurilish gili mahsulotlari yoki qurilish keramikalari asosan katta qismdagi 
gilni kuydirish, quritish va mog’orlatish orqali ishlab chiqariladi.Yuqoriroq hajmi 
o’ziga xos muhimligi bo’lsa, uning kuchliroqi esa gil mahsulotidir.Bu qoida 
shishaga aylangan mahsulotlar uchun unchalik foyda bermaydi.
Qurilish va ishlab chiqarish uslublariga ko’ra g’ishtlar,cherepitsiyalar, 
quvurlar,qizdirilgan qizg’ish jigarrangdan qurilgan matriallar,loydan yasalgan 


idishlar, kulolchilik buyumlari, chinni buyumlar va sirlangan sopol idishlar yuqori 
haroratda qizdirib shakllantiriladi
7
.
Keramik buyumlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Tuzilishiga ko‘ra 
g‘ovak va zich keramik buyumlarga bo‘linadi. G‘ovak keramikaning suv 
shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% ko‘p bo‘ladi. Bularga devorbop g‘isht va 
bloklar, tombop cherepitsa, drenaj quvurlar, fayans, qoplama plitalar kiradi.
Zich keramikaning suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% kam bo‘ladi. 
Ularga erga yotqiziladigan klinker g‘ishti, yirik o‘lchamli keramik plitalar, pol 
plitalari kiradi.
Erish haroratiga ko‘ra keramik materiallar engil eruvchan (1350
0
S past), 
qiyin eruvchan (1350-1580
0
S), erimaydigan (1580-2000
0
S) turlarga bo‘linadi. 
Keramik materiallar va buyumlarni xom ashyoning hamma erda mavjudligi, 
arzonligi, texnologik jarayonlarning nisbatan soddaligi, ekologik tozaligi ko‘plab 
ishlab chiqarish imkonini beradi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling