Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

1.Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom 
ashyolar
Keramik materiallar xom ashyosini asosan gil tashkil etadi. Gil xossalarini 
yaxshilash maqsadida uning tarkibiga yog‘sizlantiruvchi, jins hosil qiluvchi, kuyib 
ketadigan va plastikligini oshiruvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Gil tarkibidagi dala 
shpati magmatik (granit, sienit va x.k.) va metamorfik (gneys) tog‘ jinslarining 
nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. SHu sababli xom ashyo tarkibi asosan 
alyumosilikatlardan (Al
2
O
3
.
2SiO
2
.
2H
2
O) iborat bo‘lib, kvars, slyuda va boshqa 
minerallar, organik
moddalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Gil tarkibida ohakning bo‘lishi 
keramik material olish jarayonida ularning buzilishiga olib keladi.
Gilning donador tarkibi, zarrachalarning o‘lchamlari keramik material 
xossalariga ta’sir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko‘p miqdorda bo‘ladi. Uning 
zarrachalari diametri 0,05 mm va undan kamroq bo‘lsa, gil suvga qorilganda 
plastik massa hosil bo‘ladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi va kuydirilgach 
buyum mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi. Bundan tashqari gil tarkibida 
zarracha o‘lchamlari 0,005-0,15 mm li changsimon va zarracha o‘lchamlari 0,16-5 
mm li qum bo‘lishi mumkin.
Gillarning asosiy xossalari plastikligi, havoda va kuydirishdagi kirishishi, 
olovbardoshligi, buyumning rangi va hokazolar.
Plastiklik gil va suv qorishmasining tashqi kuch ta’sirida yoriqlar hosil 
qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach ushbu shaklni saqlab qolish 
xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, u shunchalik suvni ko‘p 
talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish yuqori bo‘ladi. 
7
Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 17


Gillar yuqori plastik (yog‘li) o‘rtacha plastik va kam plastik (yog‘siz) bo‘ladi. 
YOg‘li gillarga ishlov berish oson, lekin buyumlarni quritish va pishirish 
jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil bo‘ladi. Gil plastikligini oshirish 
maqsadida yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar va sirt aktiv moddalar (texnik 
lignosulfonatlar va sh.k.) ishlatiladi.
YUqori plastiklikdagi gilni yog‘sizlantirish uchun xom ashyo 
aralashmasiga yog‘sizlantiruvchi qo‘shimchalar (shamot, shlak, kul, mayda qum va 
sh.k.) yoki ma’lum miqdorda plastikligi kam gil qo‘shiladi.
Keramik materialda g‘ovak hosil qilish uchun uning tarkibiga yog‘och 
qipig‘i, toshko‘mir kukuni, lignin, torf changi singari kuydirish jarayonida yonib 
ketadigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bu qo‘shimchalar yog‘sizlantiruvchi 
hisoblanadi.
Gil tarkibiga dala shpati, temir rudasi, dolomit, magnezit, qumtosh, talk, 
shisha kukuni, perlit va boshqalar keramik buyumlarning pishirish haroratini 
pasaytirish uchun qo‘shiladi.
Keramik buyumlarning kislotaga bardoshliligini oshirish uchun tarkibiga 
suyuq shisha va qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Temir, kobalt, xrom, titan 
va boshqa metallar oksidlari kiritilib, rangli keramika buyumlari tayyorlanadi.
Keramik buyumlar suv o‘tkazmasligi yoki yuzasi tekis, chiroyli bo‘lishi 
uchun yuzasi glazur yoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur 0,1-0,2 mm 
qalinlikdagi shishasimon qoplama bo‘lib, pishirish jarayonida keramik 
materiallarga katta kuch bilan yopishadi.
Glazurlar shaffof va shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars 
qumi, kaolin, dala shpati, ishqorli va erishqorli metallar aralashmalaridan kukun 
holatda tayyorlanadi va buyum yuziga kukun yoki suspenziya xolatida pishirishdan 
oldin surtiladi.
Angob oq yoki rangli gil qorishmasini buyum yuziga surtilib, pishirib 
olingan yaltiramaydigan qoplama bo‘lib, buyumlarning yuza qismi zichligini 
oshiradi. Angob va keramik buyumlar xossalari o‘xshash bo‘lishi zarur, aks xolda 
qoplama ko‘chib ketishi mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling