Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Buyumlarni pishirish. Pishirish keramik buyumlar ishlab chiqarishning 
oxirgi va xal etuvchi jarayonidir. Bu jarayonni shartli ravishda uch bosqichga 
bo‘lish mumkin: buyumni qizdirish, kuydirish va sovitish. Buyum 100-120
0

qizdirilganda undan fizik bog‘langan suv chiqib ketadi. Harorat 450-750
0

ko‘tarilganda buyumdan kimyoviy bog‘langan suv chiqib ketadi va organik 
aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib amorf xolatga o‘tadi.
Harorat 800-900
0
S etganda oson eriydigan birikmalar eriydi va 
komponentlar zarrachalari yuzalari chegarasida qattiq fazalarda kimyoviy 
jarayonlar davom etadi. Buyum 1000-1200
0
S haroratgacha qizdirilganda 
zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga qarab 2-8% tashkil etadi. 
Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan keramik buyumlar toshsimon xolatga 
o‘tadi va mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa 
xumdonlarda pishiriladi.
Halqasimon xumdon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib, shartli 
ravishda 16 dan 36 gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish, pishirish
sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. Halqasimon 
xumdonda olov markazi, maxsus moslama vositasida, boshqa zonalar kabi 
pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan buyumlar esa 
qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi.
Halqasimon xumdonlarda asosan g‘isht va cherepitsa pishiriladi.
Pishirish harorati 900-1100
0
S bo‘lib, bu jarayon 3-4 sutka davom etadi. 
Xalqasimon xumdonlarda harorat kanal bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaganligi 


uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo‘l mehnati ko‘p bo‘lib, 
jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin.
Tunnel xumdonlarda (uzunligi 100 m gacha) buyum vagonetkalarda 
harakatlanadi. Bu usulda buyumlar harakatlanib pishirish operatsiyalari 
qo‘zg‘almas bo‘ladi. Buyumlar yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va 
xumdondan chiqarib olish operatsiyalari natijasida pishirib olinadi. Pishirish 
jarayoni 18-38 soat davom etadi. Bu xumdonlar ishlashini mexanizatsiyalashtirish 
va avtomatlashtirish mumkin. Tunnel xumdonlarda mehnat unumdorligi yuqori 
bo‘lib, brak mahsulot kam bo‘ladi. Tunnel xumdonlarda sirlangan plitkalar, 
sanitariya-texnika buyumlari, kanalizatsiya quvurlari ikki marta pishiriladi. 
Birinchi marta pishirishda maxsus konsellarda joylashtirilgan plitkalar 1240-
1250
0
S haroratda pishiriladi. Pishirilgan plitkalar navlarga ajratiladi, sirlanadi, 
kapsellarga joylashtiriladi va ikkinchi marta 1140
0
S haroratda pishiriladi. 
Kanalizatsiya quvurlari, qoplama g‘ishtlar va fasadbop plitkalar quritilgandan 
keyin sirlanadi va bir marta pishiriladi.
Keramik buyumlar pishirilish darajasi, shakli, o‘lchamlari, tashqi 
ko‘rinishi, turli nuqsonlariga nisbatan navlarga ajratiladi. Pishirilish darajasi 
bo‘yicha ularni normal pishgan, chala pishgan va o‘ta pishgan buyumlarga bo‘lish 
mumkin.
Keramik buyumlar omborxonalarda qurilish ob’ektlariga yuborilguncha 
saqlanadi. G‘isht va keramik toshlar metall tagliklarga terilgan xolda ochiq 
maydonlarda, sanitariya-texnika buyumlari komplektlangan holda maxsus 
yashiklarda berk omborlarda saqlanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling