Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
Nazorat savollari
1. Keramik materiallar xom ashyosi tarkibini qaysi asosiy minerallar tashkil etadi? 2. Keramik buyumlar tayyorlashda plastik, yarim quruq usullarni tushuntirib bering. 3. Oddiy va effektiv g‘isht turlarini izoxlab bering. 4. CHinni, yarim chinni va fayans buyumlar tarkibi va xossalarini aytib bering. 5. Keramik qoplama plitkalar tarkibi va asosiy xossalarini aytib bering. 6. Qanday keramik g‘ovak to‘ldirgichlarni bilasiz? KERAMIK MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 1. Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi Keramik buyumlar xossalari shakli, xom ashyo turi va texnologiyasidan qat’iy nazar ularni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: xomashyoni qazib olish, xomashyo massasini tayyorlash, buyumni qoliplash, ularni quritish va pishirish. Gilni xom ashyo kareridan ekskavatorlar yordamida ochiq usulda qazib olinadi va temir yo‘l, avtomobil yoki boshqa transportda keramik buyumlar zavodiga tashiladi. Xom ashyoni qazib olishda karer gil zaxirasi, qalinligi, joylashish xarakteri aniqlanadi va 1-2 yil avval yuzasi o‘simliklar, keraksiz jinslardan tozalanadi. Xom ashyo massasini tayyorlash. Tabiiy holdagi qazib olingan gil keramik buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Buyum tayyorlash uchun gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqazib tashlash, yirik aralashmalarni kukunlash, gilni kukunlash va qo‘shimchalar qo‘shish, barcha komponentlarni quyma massa hosil bo‘lguncha maxsus mashinalarda (gilni ezg‘ilovchi tegirmon, parrakli aralashtirgich va sh.k.) aralashtiriladi. Xom ashyo massasi buyum turi, xom ashyo turi va xossasiga ko‘ra plastik, yarim quruq, bikr, quruq, va ho‘l (shliker) usullarda tayyorlanadi. Plastik usulda xom ashyo komponentlari tabiiy namlikda yoki quritilgan bo‘lsa, 18-28% namlikkacha suv aralashtirib tayyorlanadi. Plastik usulda olingan xom ashyo massasidan g‘isht, keramik tosh, cherepitsa, quvur va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Bikr usulda qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib, xom ashyo massasi namligi 13-18% bo‘ladi. Buyum vakuum yoki gidravlik presslar vositasida 10-20 MPa bosimda qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, yuqori mustahkamlikdagi xom qoliplangan buyum tayyorlanadi. YArim quruq usulda xom ashyo komponentlari quritiladi, bo‘laklanadi, maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar 812% namlikdagi xom ashyo massasini 15-40 MPa bosimda presslab tayyorlanadi. Bunda buyum ishlab chiqarish sikli ikki marta qisqaradi, buyum aniq o‘lchamlarda va qirralari to‘g‘ri holda qoliplanadi va yoqilg‘i 30% tejaladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling