Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

 
Nazorat savollari  
1. 
Portlandsement turlarini gapirib bering.
2. 
Putssolanli va shlakli sementlar nima?
3. 
Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib bering.
4. 
Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari haqida 
gapirib bering.


9- MAVZU 
BETON VA UNING XOSSALARI . BETON. 
Reja: 
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Beton tayyorlash uchun materiallar.
3. 
Beton qorishmasining xossalari
4. 
Beton qorishmasining texnikaviy xossalari
 
1.
Umumiy ma’lumotlar  
Beton ratsional tarkibda tanlangan mineral bog‘lovchi, suv, to‘ldirgichlar, 
maxsus qo‘shimchalardan iborat qorishmani aralashtirib, zichlashtirib olingan 
sun’iy kompozitsion tosh materialidir.
SHartli ravishda, mineral bog‘lovchi, suv, hususiy xollarda qo‘shiladigan 
polimer modifikatorlar, mineral aktiv yoki inert dispers materiallar aralashmasini 
mikrokompozitlar, mikrokompozitlarga mayda va yirik to‘ldirgichlar aralashtirish 
natijasida hosil bo‘lgan majmuani makrokompozitlar deb atash mumkin.
Betonning fizik-mexanik, deformativ xossalari, sovuqqa chidamligi va 
boshqa ekspluatatsiya hususiyatlari mikro va makrokompozit strukturasiga 
bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Beton qorishmasi tayyorlangan dastlabki paytda qayta ishlashqoliplash
zichlashtirish kabi jarayonlar oson bo‘ladi. Beton vaqt o‘tishi bilan qotishi 
natijasida o‘ta qattiq tosh materialga aylanadi va uni qayta ishlash juda 
qiyinlashadi.
Ratsional tarkibda tanlangan beton qorishmasida mikrokompozit 1520% 
hajmni, mayda va yirik to‘ldirgichlar esa 80-85% hajmni egallaydi. Yirik 
to‘ldiruvchi hosil qilgan majmuani karkas, mikrokompozitni esa matritsa deb 
qarash mumkin.
Mineral 
bog‘lovchilar 
va 
to‘ldirgichlarning 
turini 
o‘zgartirib, 
mustahkamligi, deformativ xossalari, turli ekspluatatsiya sharoitlariga mos 
keladigan, o‘rtacha zichligi turlicha bo‘lgan o‘ta og‘ir, engil, o‘ta engil, 
olovbardosh, radiatsiya nurini o‘tkazmaydigan va boshqa beton xillarini yaratish 
mumkin.
Beton tarkibiga sement 
massasiga 
nisbatan 
0,01-1,0% 
polimer 
qo‘shimchalar kiritib, qorishma va qotgan holdagi hossalarini o‘zgartirsa bo‘ladi. 
Betonga 15-40% oralig‘ida (sement massasiga nisbatan) yuzasi maxsus usullarda 
aktivlashtirilgan dispers materiallar, masalan, kvars va tarkibida kvars bo‘lgan 


minerallarni kiritib betonga yangi xususiyatlar berish va portlandsementni tejash 
mumkin.
Betonni bog‘lovchi va to‘ldirgichning turiga, o‘rtacha zichligiga va 
ishlatish sohasiga nisbatan klassifikatsiyalash mumkin.
Beton bog‘lovchining turiga nisbatan quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
sementli, silikatli, gipsli, aralash bog‘lovchili, maxsus bog‘lovchili va boshqalar.
To‘ldiruvchining turiga nisbatan betonning quyidagi turlari mavjud:
Zich, g‘ovak, maxsus tayyorlangan to‘ldirgichlar. Maxsus to‘ldirgichlarga 
olovga bardoshli, kimyoviy muhitlarga chidamli, radiatsiya nurlarini qaytaruvchi 
va boshqalar kiradi.
Oddiy og‘ir beton uchun to‘ldirgichlar sifatida maxalliy tabiiy toshlar-
shag‘al, chaqiq tosh, qumlar va sanoat chiqindilari-donador metallurgiya shlaklari 
va boshqalar ishlatiladi.
O‘rtacha zichligiga nisbatan beton quyidagicha klassifikatsiyalanadi: o‘ta 
og‘ir beton-o‘rtacha zichligi 2500 kg m
3
ortiq. O‘ta og‘ir betonlar magnetit, barit, 
cho‘yan qirindisi va boshqa og‘ir to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Bunday 
betonlar maxsus himoyalovchi konstruksiyalar va qismlar tayyorlashda ishlatiladi. 
Og‘ir beton-o‘rtacha zichligi 2200-2500 kg m
3
bo‘lib, og‘ir tog‘ jinslari asosidagi 
qum, shag‘al, chaqiq tosh ishlatilib olinadi. Og‘ir beton bino va inshootlar uchun 
konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Engillashtirilgan beton-o‘rtacha zichligi 
1800-2200 kg m
3
bo‘lib, temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. 
Engil betonning o‘rtacha zichligi 500-1800 kg m
3
bo‘lib, turli usullarda olinadi: a) 
g‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pemza va sh.k.); b) 
yacheykali betonlar (gazbeton, ko‘pikbeton); v) qumsiz tayyorlanadigan zich va 
g‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi betonlar. O‘ta engil betonning o‘rtacha zichligi 
500 kg m
3
kam bo‘lib, g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida yoki yacheyka hosil qilish 
usulida olinadi. Bunday betonlar issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Umuman betonlar o‘rtacha zichligi 400 dan 4500 kg m
3
oralig‘ida 
o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning g‘ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda katta 
oraliqda o‘zgaradi.
Ishlatilish sohasiga nisbatan betonlar konstruksion (ustunlar, to‘sinlar, 
plitalar va boshq.), gidrotexnik (to‘g‘onlar, kanallar qurish uchun), devorbop va 
engil yopmalar uchun mo‘ljallangan beton, yo‘lbop va aerodrom qoplamalari 
uchun beton, maxsus betonlar-kimyoviy va biologik muhitlarga chidamli, olovga 
bardoshli, radiatsion muhitlardan himoyalovchi va boshqa turlarga bo‘linadi.
Beton bino va inshootlar qurilishida asosiy konstruksion material bo‘lib, 
monolit yoki yig‘ma temirbeton holida ishlatiladi. Beton tayyorlashda asosan 
maxalliy komponentlar ishlatilgani uchun tannarxi arzonga tushadi. Ishlab 


chiqarish texnologiyasining murakkab emasligi betonni bevosita kichik sexlarda, 
qurilish maydonlarida tayyorlash, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish 
mumkinligi, u asosidagi buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishni yuqori 
texnologiyalar darajasiga ko‘tarish imkoniyatini yaratadi. Beton qorishmasi 
qoliplarga qulay joylanuvchan massa bo‘lgani tufayli istalgan murakkab shakldagi 
konstruksiya va qismlarni tayyorlash mumkin.
Sementli betonning asosiy kamchiligi, uning cho‘zilishdagi mustahkamlik 
chegarasining pastligi bo‘lib, siqilishdagiga nisbatan 10-15 marta kamdir. SHuning 
uchun beton asosida konstruksiyalar tayyorlanganda cho‘zilish qismi po‘lat 
armaturalar bilan kuchaytiriladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling