birinchi
sutkalarda sekin qotadi, ayniqsa, past haroratli muhitda. SHlakli
portlandsement 300, 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi.
Tez qotuvchan shlakli portlandsement o‘ta mayda tuyulishi hisobiga
bunday samaraga ega bo‘lib, 3 sut 50% markadagi mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Bu sement turi issiqlik bilan qayta ishlanadigan temirbeton konstruksiyalar olishda,
shu jumladan katta o‘lchamli uysozlik panellari ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Gipssementputssolan bog‘lovchilar (GSPV) gips (50-75%), sement (15-
25%) va aktiv mineral qo‘shimchalar (10-25%) birgalikda maydalab tuyib
olinadi. Bu bog‘lovchida gips boshlang‘ich
mustahkamlikni, sement keyinchalik
mustahkamlikni, aktiv mineral qo‘shimchalar esa qotgan bog‘lovchiga
turg‘unlashtiruvchi vazifani o‘taydi. GSPV gidravlik bog‘lovchi bo‘lib, devorbop
panellar,
sanitariya-texnika kabinalari, boshqa buyum va qismlarni ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: