Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Zo‘riqish hosil etuvchi sement-portlandsement-65-75%, giltuproqli 
sement-13-20%, gips-6-10% tashkil etuvchilardan iborat. Uning dispersligi 3500 


sm
2
g kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu sement qotayotgan paytda katta ichki 
zo‘riqish hosil qilish hisobiga armaturani taranglanishiga olib keladi. Bunday 
sementlarning qotish boshlanishi 30 min keyin va oxiri 4 soatdan kam bo‘ladi. 
Uning siqilishdagi mustahkamligi 1 sut 15 MPa, 28 sut esa –50 MPa bo‘lishi 
kerak.
Ushbu sement asosidagi qorishmalar va betonlar yoriqlar hosil qilmagani 
uchun gaz, benzin, va sh.k. mahsulotlar saqlash omborxonalarida, bosim ostida 
ishlaydigan suv inshootlarda ishlatiladi.
Past haroratda kuydirilgan sement-birinchi marta O‘zbekistonda 
professor B.I.Nudelman tomonidan ixtiro qilingan bo‘lib, alinitli sement deb 
ataladi. Alinitli sement xomashyosi tarkibiga kalsiy xlorid
(SaCl
2
) tuzi qo‘shiladi. Xomashyo tarkibiga SaCl
2
qo‘shilishi, sementni 
pishirish haroratini 1100-1200
0
S gacha pasaytiradi. Alinit sementini tayyorlash 
katta miqdorda energiya sarfini tejaydi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Alinit sementi tarkibida qolgan xlor ionlari u asosida tayyorlangan 
temirbeton konstruksiyalar armaturasini emirishi mumkin. Bunday ta’sirni 
kamaytirish maqsadida sement yoki beton tarkibiga turli xildagi metallning xlorli 
korroziyasini ogoxlantiruvchi ingibitorlar qo‘shish zarur.
Sulfomineral sementlar SAS-fosfatli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda chiqindi 
hisoblangan fosfogips asosida professor T.A.Otaqo‘ziev yaratgan texnologiya 
asosida ishlab chiqariladi.
Tez qotuvchan yuqori mustahkamlikdagi oddiy va oq sulfomineral 
sementlar fosfogipsga kaolinit glinasi, boyitilmagan temirli boksitlar va 
ohaktoshlar aralashtirib tayyorlangan hom ashyoni 1200-1250
0
S haroratda kuydirib 
olinadi. SAS sementlarni kuydirishda yonilg‘i sarfi 30% kamayadi, aylanma 
xumdonning unumdorligi 25% ortadi. SAS sementi asosidagi materiallar 
atmosfera, suv muhitiga, sovuqqa chidamli bo‘ladi, ammo kompozitsion material 
qorilayotganda suvning sarfi biroz ko‘payadi.
SAS sementini oddiy portlandsement bilan 40-60% miqdorda aralashtirib 
yuqori mustahkamlikdagi va o‘ta tez qotuvchan sementlar va ular asosida qurilish 
qorishmalari va betonlar tayyorlash mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling