Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Qumning yirikligi bo‘yicha klassifikatsiyasi


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Qumning yirikligi bo‘yicha klassifikatsiyasi 
Qum guruhlari
№63 elakdagi to‘la qoldiq, %
Yiriklik moduli
Yirik
O‘rtacha
Mayda
50-75
35-50
20-35
3,5-2,5
2,5-2
2-1,5
Qumning donador tarkibi avval har bir elakdagi ayrim qoldiqni (%), keyin 
har bir elakdagi to‘la qoldiqni (%) topib, formula yordamida yiriklik moduli 
aniqlanadi. Elaklardagi ayrim qoldiqlar a
2,5
; a
1,25
; a
0,63
va hokazo, to‘la qoldiqlar 
esa A
2,5
; A
1,25
; A
0,63
va hokazo qilib belgilanadi.
Qumni elaklar tizimidan o‘tkazib, uning yiriklik modulini quyidagi formula 
yordamida hisoblash mumkin:
M
mk
(A2,5 A1,25 A0,63 A0,315 A0,14) 100


Qum granulometrik tarkibiga nisbatan yirik, o‘rtacha va mayda qumlarga 
bo‘linadi.
Qumning donador tarkibini grafik holda berish mumkin. (12.1-rasm). 
Bunda vertikal o‘q bo‘yicha elaklardagi to‘la qoldiq miqdorlari, gorizontal o‘q 
bo‘yicha esa elak teshiklari o‘lchamlari berilgan. Grafikda shtrix bilan belgilangan 
soha qumning og‘ir beton tayyorlash uchun yaroqliligini bildiradi.
Qum 
tarkibidagi 
changsimon 
va 
loysimon 
aralashmalar 
beton 
qorishmasining suvga talabini oshiradi va sementning aktivligini pasaytiradi. 
SHuning uchun qum tarkibida 0,14 mm teshikli elakdan o‘tgan zarrachalar miqdori 
10% oshmasligi, changsimon va loysimon zarrachalar esa 3% oshmasligi kerak. 
Qumni suv bilan yuvib changsimon va loysimon aralashmalardan tozalash 
mumkin.
Tabiiy qum tarkibida organik aralashmalar (o‘simlik chirindi qoldiqlari
organik kislotalar) sement toshini asta-sekin emirib, beton mustahkamligini 
pasaytiradi. Organik aralashmalar bilan qumning ifloslanish darajasini 
kolorometrik usulda aniqlanadi. Qumga qo‘shilgan NaOH 3% eritmasi ta’sirida 
aralashma etalon rangidan ochroq bo‘lsa (etalon och sariq rangda) qum beton 
tayyorlash uchun yaroqli hisoblanadi. Og‘ir beton uchun ishlatiladigan quruq kvars 
qumining o‘rtacha zichligi 1500-1550 kg m
3
, zichlangan holda esa 1600-1700 
kg m
3
atrofida bo‘ladi. Kvars qumining o‘rtacha zichligi uning namligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Qumning nisbiy namligi 57% bo‘lganda uning o‘rtacha zichligi minimum 
qiymatda bo‘ladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling