Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Tamponaj portlandsement-klinker, gips va turli qo‘shimchalar asosida 
olinadi va asosan neft va gaz burg‘ulash ishlarida ishlatiladi. Sement sovuq 
(22±2
0
S) va issiq (75±3
0
S) burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi. Tamponaj sement 
og‘irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va gigroskopligi kamaytirilgan 
turlarga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan asosiy talab 4x4x16 sm to‘sinchalarning 
(S S=0,5) egilishdagi mustahkamlik chegarasidir.
Giltuproqli sement klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. Sement 
sifatiga kalsiy alyumosilikatlari (gelenit) SaO·Al
2
O
3
·SiO
2
ta’sir ko‘rsatadi. Bir 
kalsiyli alyuminat SaO·Al
2
O
3
giltuproqli sementni tez qotishini belgilaydi. Sement 
tarkibida SaO·2Al
2
O
3
ham qisman bo‘lishi mumkin. Sement muhit harorati 25
0

gacha bo‘lganda yuqori mustahkamlikka erishadi. Bu sharoitda giltuproqli sement 
oddiy sement 28 sut. erishgan mustahkamlikka 3 sutka davomida erishadi; u 400, 
500, 600 markalarda ishlab chiqariladi. Uning qotish boshlanishi 30 min keyin
oxiri esa 12 soat bo‘ladi. Sement tarkibida kalsiy ishqori va uch kalsiyli 
alyuminatning bo‘lmasligi uning korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga 
chidamliligini ta’minlaydi. Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga 
chidamsiz bo‘lgani uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatib 
bo‘lmaydi.
Bu sement qimmatbaholigini hisobga olib faqat maxsus joylarda, tez qotish 
zarurati bo‘lganda va yuqori haroratga chidamli qorishmalar va betonlar olishda 
ishlatiladi.
Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar. Kengayuvchan sement 
ko‘p komponentli bo‘lib, aktiv komponent sifatida 3CaO·Al
2
O
3
·3CaSO
4
·32H
2

keltirish mumkin.
Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70%), gips (20%) va yuqori 
tartibli kalsiy gidroalyuminati (10%) kukun holda aralashtirilib olinishi mumkin. 
Bu turi tez qotadi va suv muhitiga chidamli bo‘ladi.
Gipsgiltuproqli kengayuvchan sement yuqorigiltuproqli klinker yoki shlak 
va tabiiy gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin aralashtirib 
olinadi. Bu sement suvda kengayadi, quruq sharoitda esa kirishmaydi.
Kengayuvchan portlandsement (KPS) klinker 58-63%, giltuproqli klinker 
(shlak)-5-7%, gips –7-10%, aktiv mineral qo‘shimchalar –23-28% komponentlarni 
birgalikda maydalab tuyib olinadi. KPS dan tayyorlangan sement toshi yuqori 
zichlik va mustahkamlikka ega bo‘lib, bug‘ bilan qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi. 
KPS suvli sharoitda 3 sut davomida kengayadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling