Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


- MAVZU  BETON QORISHMASI VA UNING XOSSALARI


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

10- MAVZU 
BETON QORISHMASI VA UNING XOSSALARI 
REJA 
1. Beton qorishmasi va betonning xossalari 
2. Beton qorishmasining klassfikatsiyasi
 
Beton qorishmasining xossalari  
Beton qorishmasining reologik xossalari. Ratsional tanlangan tarkibdagi 
va meyoriga etkazib aralashtirilgan, qotmagan xoldagi kompozitsion aralashmasiga 
beton qorishmasi deyiladi.
Nazariy va amaliy jihatlardan beton qorishmasi uzluksiz strukturaga ega 
bo‘lishi zarur. Beton qorishmasida sement, suv, mineral va polimer qo‘shimchalar 
mikrostrukturani hosil qiluvchi, mayda va yirik to‘ldirgichlar esa makrostruktura 
asosini hosil qiluvchi komponentlar hisoblanadi. Beton qorishmasining yaxlitligini 
komponentlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan ichki kuchlar ta’minlaydi. Strukturani 
hosil qiluvchi asosiy komponent suv va sement xamiridir. Sement gidratatsiyasi 
jarayonida qattiq fazaning dispersligi oshishi hisobiga sement xamirining 
elimlovchi va bog‘lovchilik xususiyatlari ortib boradi. Beton qorishmasi tarkibi 
butun hajmi bo‘ylab bir xil bo‘lishi va qulay joylanuvchanligi uni tashish va 
qoliplashda muxim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Beton qorishmasiga tashqaridan kuch ta’sir etganda boshlang‘ich davrda 
elastik deformatsiyalanadi, kuchning oshib borishi natijasida qorishmaning 
strukturaviy mustahkamligidan ortiq kuchlanish hosil bo‘lganda u suyuqlanib oqa 
boshlaydi. Ushbu jarayonni izohlab beton qorishmasini elastik-plastik-oquvchan 
jism deb qarash va qattiq jism fizikasi va haqiqiy suyuqlik nuqtai nazaridan 
o‘rganish zarur.
Beton qorishmasini mexanik ta’sirlar natijasida suyulib, ta’sirlar olingach 
yana o‘z holiga qaytishi tiksotropiyasi deyiladi.
Beton qorishmasi oquvchanlik hossalarini mexanik ta’sirlar yoki maxsus 
suyultiruvchi sirtaktiv 
moddalar qo‘shilib o‘zgartirish mumkin. Beton 
qorishmasining bu xususiyati undan beton va temirbeton konstruksiyalar va 
buyumlar tayyorlashda muxim ahamiyatga ega.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling