Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Beton qorishmasining texnikaviy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Beton qorishmasining texnikaviy xossalari


Beton va temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda beton qorishmasining 
qulay joylanuvchanligi yoki qulay qoliplanuvchanligi muxim ahamiyatga ega. 
Bunda beton qorishmasi tanlangan zichlashtirish usulida, yaxlitligini saqlagan 
holda, qolipga yaxshi (to‘liq) joylashishi nazarda tutiladi. Beton qorishmasining 
qulay joylanuvchanligi uning harakatchanligi, bikrligi (J) va bog‘lanuvchanligi 
orqali izohlash mumkin. Beton qorishmasining harakatchanligi qorishmaning 
strukturaviy mustahkamligiga, bikrlik qorishmaning dinamik oquvchanligiga 
(vyazkost) va bog‘lanuvchanlik esa qorishmaning suv ushlashlik qobiliyatiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Beton qorishmasining suv ushlashlik qobiliyati quruq issiq iqlim sharoitida 
betonlash ishlarini olib borishda muxim ahamiyatga ega.
Harakatchanlik. Beton qorishmasining harakatchanligi uning xususiy 
massasi ta’sirida harakatlanishini bildiradi va konus cho‘kishi (OK) bilan sm da 
ifodalanadi (12.3, a-rasm). Beton qorishmasining konus cho‘kishi ikki marta 
o‘tkazilgan tajribalar natijalarining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan o‘lchanadi.
Konus cho‘kishi balandligi 300, ustki asosining diametri 100 va pastki 
asosining diametri 200 mm bo‘lgan kesik konus shaklidagi tagsiz metall qolip 
vositasida aniqlanadi. Konus ichi avvaldan xo‘llangan bo‘lib, beton qorishmasi har 
biri 10 sm balandlikda bo‘lgan uchta qatlam bilan to‘ldiriladi. Har qaysi qatlam 
diametri 16 va uzunligi 600 mm va uchi yumaloq po‘lat tayoqcha bilan 25 marta 
sanchib zichlashtiriladi. Qolip ko‘tarilgach, hosil bo‘lgan beton konus xususiy 
massasiga ko‘ra cho‘kadi va aynan cho‘kish miqdori beton qorishmasining konus 
cho‘kishini ifodalaydi. Agar beton qorishmasining konus cho‘kishi nolga teng 
bo‘lsa, uning qulay joylanuvchanligi bikrlik bilan ifodalanadi.
Bikrlik. Beton qorishmasining bikrligi avvaldan qolipga quyib 
tayyorlangan beton qorishmasi konusining zichlashib, tekis holatga kelguncha sarf 
bo‘lgan vaqt (sekundda) bilan ifodalanadi. (12.3, b-rasm).

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling