Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Betonning kirishishi va shishishi
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
Betonning kirishishi va shishishi
Beton asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalar ochiq havoda qurishi natijasida kirishadi. Betonning kirishishi natijasida o‘lchamlari o‘zgaradi, ichki zo‘riqishlar hosil bo‘lib, mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Betonning kirishishiga namligining kamayishi, karbonlanish va kontraksiya jarayonlari sababchi bo‘ladi. Beton tayyorlanganda aralashtirilgan suvning bir qismi sement bilan reaksiyaga kirishib gidrominerallar hosil bo‘lishiga, ikkinchi qismi esa to‘ldirgichlar yuzasini xo‘llashga sarf bo‘ladi, ortiqcha suv asta-sekinlik bilan betondan bug‘lanib chiqib ketadi. Suvning bug‘lanishi va gidrominerallar hosil bo‘lishiga sarflanishi betonning kirishishiga va ichki mikrodefektlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Sement toshi tarkibidagi kalsiy ishqorining (Sa(ON) 2 ) karbonlashishi natijasida kalsiy karbonatning (SaSO 3 ) hosil bo‘lishi betonning kirishish jarayonini chuqurlashtiradi. Sement toshida yuz beradigan kontraksiya holati natijasida hosil bo‘ladigan betonning kirishishi umumiy kirishishning 510% tashkil qiladi. Demak, betonda hosil bo‘ladigan asosiy kirishish qorishma tayyorlanayotganda qo‘shilgan ortiqcha suvning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Betonning kirishishi natijasida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish tayyorlangan buyum yoki konstruksiyaning qalinligiga ham bog‘liq bo‘ladi. CHunki massiv konstruksiyalarda yuza qismlari qurib, ichki qismlari nam holda bo‘lishi betonda notekis kirishishni keltirib chiqaradi, natijada sement toshi va to‘ldirgichlar kontakt sohasida ichki mikroyoriqlar hosil bo‘ladi. Betonda hosil bo‘ladigan kirishishni, ya’ni ichki zo‘riqishlarni kamaytirish uchun iloji boricha ortiqcha texnologik suv miqdorini kamaytirish, to‘ldirgichlar fraksiyalari uzluksizligini ta’minlash kerak. Beton, qorishma va sement toshining kirishishi 6.10-rasmda berilgan. Demak, sement toshi tarkibiga mayda va yirik to‘ldirgichlarning kiritilishi mutanosib ravishda kirishishini kamaytiradi. Qotish vaqti, sut 14.4-rasm. Kirishish chizmasi 1-sement toshi; 2-qorishma; 3-beton. Bino va inshootlarning tashqi qismlariga, gidrotexnik inshootlarga, avtomobil yo‘llarga, aerodrom qoplamalariga va boshqalarga ishlatilgan beton doimo suv bilan xo‘llanib va qurib turadi. Betonda namlikning ko‘payishi va kamayishi kirishish va shishib ketishdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Hosil bo‘lgan ichki zo‘riqishlar betonda mikroyoriqlar paydo bo‘lishiga va natijada konstruksiyalarning buzilishiga sabab bo‘ladi. Betonni namlanishdan himoyalash uchun gidroizolyasiya vositalari ishlatiladi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling