Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

 
 


11-MAVZU 
BETONNING NANO, MIKRO VA MAKROSTRUKTURASI. 
Reja: 
1. 
Betonning mustahkamligi.
2. 
Beton markalari va klasslari.
3. 
Betonning gidrofizik xossalari
4. 
Betonning issiqlik-fizik xossalari
5. 
Beton tarkibini tanlash
6. 
Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va ishlatish
.
  
1.
Betonning mustahkamligi  
Betonning mustahkamligi bog‘lovchi, to‘ldiruvchilarning sifatiga va hosil 
bo‘lgan kompozitsion materialning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman, beton 
qanchalik zich strukturaga ega bo‘lsa, shunchalik mustahkam bo‘ladi. 
Bog‘lovchining sifati sementning markasi (R
s
), mayda va yirik to‘ldirgichlarning 
sifati A koeffitsienti, g‘ovakligi esa suv-sement
nisbati (s s) bilan belgilanadi.
Zich betonning g‘ovakligini quyidagicha ifodalash mumkin:
S W S 
P  
100%,
1000 
bu erda: S va S suv va sementning 1 m
3
(1000l) beton uchun sarfi, W- 
kimyoviy bog‘langan suvning miqdori (sement miqdoriga nisbatan). Beton 
qotishining 28 sutka davomida sement massasiga nisbatan 15% atrofida
suvni shimishini hisobga olsak, W 0,15 teng bo‘ladi.
Beton mustahkamligi va suvning sarfi o‘rtasidagi bog‘lanishni, sement sarfi 
va zichlashtirish usuli doimiy bo‘lsa, quyidagi chiziqli bog‘lanish orqali ifodalash 
mumkin (6.6-rasm). Bu chiziqli bog‘lanish beton mustahkamligining fizik 
mohiyatini bildiradi va beton tarkibini tanlashda qanday omillarga ahamiyat berish 
zarurligini ko‘rsatadi.
CHizmaning a-sohasidagi qismi beton qorishmasining etarli darajada 
zichlashtirilmagani oqibatida mustahkamlikni pasayishini ko‘rsatadi, bsoha qismi 
esa beton tarkibida suv optimal miqdorda bo‘lgani, beton qorishmasi yaxshi 
zichlashib mukammal struktura hosil bo‘lganini ko‘rsatadi. Keyinchalik suvning 
miqdori oshib borishi (v va g-sohalar) beton mustahkamligining kamayishiga olib 
keladi, chunki ortiqcha miqdorda kiritilgan suv keyinchalik o‘z o‘rnida g‘ovaklik 
hosil qiladi.


Suv sarfi, kg m
3

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling