Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va ishlatish
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
6.
Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va ishlatish Beton qorishmasini tayyorlash Qurilish industriyasida beton qorishmasi mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan beton zavodlarida, temirbeton zavodlarining beton qorishmasi uzellarida yoki bevosita qurilish maydonlarida jixozlangan ko‘chma beton qorgich markazlarida tayyorlanadi. Betonning sifati komponentlarni aniq tortish, bir jinsli holatgacha aralashtirishga bog‘liqdir. Beton zavodlarda beton qorishmasi avtomatik va yarim avtomatik dozatorlar vositasida miqdorlanadi. Dozalash aniqligi sement va suv uchun ±1% (massasi bo‘yicha) va to‘ldirgichlar uchun ±2% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Hozirgi kunda beton komponentlarini dozalash kompyuter markazlaridan turib boshqariladi va beton qorish jarayonida to‘ldirgichlarning namligi hisobga olinib, tarkibga aniqliklar kiritiladi. Beton qorgichlar ishlash prinsipi bo‘yicha uzlukli va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Ular beton qorishmasini erkin tushishiga va majburan aralashtirishga asoslangan bo‘ladi. Odatda to‘xtab ishlaydigan beton qorgichlar ishlatiladi. Harakatchan va quyma beton qorishmalari material erkin tushadigan qorgichlarda tayyorlanadi. Materiallarning erkin tushishiga asoslanib ishlaydigan qorgichlar ishchi organi baraban ichiga o‘rnatilgan kurakchalardan iborat bo‘ladi. ) ш ( ч . т к . т ц . т ) ш ( ч к ц ) ш ( Ч К Ц V V V Baraban aylantirilganda kurakchalar komponentlarni ilintirib bir oz balandlikka ko‘taradi, so‘ngra materiallar pastga tushib aralashadi. Bu prinsipda ishlaydigan beton qorgichlarning ishchi sig‘imi 100-1500l bo‘ladi. Maxsus mexanizmlar yordamida barabanning qiyaligi o‘zgartirib turiladi. Ishchi sig‘imi 120 l gacha bo‘lgan betonqorgich ko‘chma, undan katta hajmlari esa qo‘zg‘almas bo‘ladi. Erkin tushadigan betonqorgichlarda harakatchan beton qorishmalari hajmi 500l bo‘lsa 1-1,5 min; hajmi 1200l bo‘lsa 2 min va hajmi 2400l bo‘lsa 2,5-3 min davomida tayyorlanadi. Majburan aralashtiradigan betonqorgichlarda bikr beton qorishmalari tayyorlanadi. Bunday qorgichlar silindrsimon shaklda bo‘lib, markaziy rotor qismiga kurakchalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Rotor aylantirilganda kurakchalar beton qorishmasini majburan aralashtirib bir jinsli massaga aylantiradi. Hosil bo‘lgan beton qorishmasi silindr tubidagi lyuk orqali tushiriladi. Harakatchan beton qorishmalarini gorizontal valga o‘rnatilgan kurakchali va shnekli uzluksiz qorgichlarda tayyorlash mumkin. Bikr beton qorishmalarini esa qo‘shimcha titratish usulida aralashtirish maqsadga muvofiq. Uzluksiz betonqorgichlar unumdorligi (30, 60, 120 m 3 soat) to‘xtab ishlaydigan qorgichlarga nisbatan yuqori bo‘lib, elektroenergiya va mehnat resurslarini tejaydi. Beton qorishmasi tayyorlaydigan zavod va uzellar to‘la mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan komponentlarni qabul qilib oluvchi, uzatuvchi, zarurat bo‘lganda isituvchi to‘ldirgichlar omborxonasiga, sement omborxonasiga ega bo‘lishi kerak. Sement va to‘ldirgichlar transportlar yordamida bunkerlarga solinadi va dozatorlar yordamida o‘lchab betonqorgichlarga uzatiladi, suv va turli sirtaktiv qo‘shilmalar alohida tayyorlanib, so‘ng betonqorgichga nasos yordamida uzatiladi. Beton qorishmasi maromiga etkazib tayyorlangach maxsus transportlar yordamida iste’molchiga yuboriladi. Hozirgi kunda beton qorishmasini quruq holda tayyorlab iste’molchiga yuborish va qurilish ob’ektining o‘zida suv bilan aralashtirish keng tarqalmoqda. Bu usulda quruq beton qorishmasi maxsus avtobetonqorichlarda iste’molchilarga etkaziladi. Zamonaviy avtobetonqorgichlar maxsus protsessor yoki kompyuterlar yordamida boshqariladi va istalgan tarkibdagi va miqdordagi beton qorishmasini tayyorlash imkoniyati hosil bo‘ladi. Beton zavodlarida betonning sifatini nazorat qiluvchi laboratoriya, remont- mexanika ustaxonasi va boshqa infrastruktura yaratilishi kerak. Beton zavodi iste’molchiga yuborayotgan beton qorishmasiga yoki quruq qorishma har bir Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling