Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
-rasm. Elektromexanik titratkichlar
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
14.5-rasm. Elektromexanik titratkichlar
a) yuzaki titratkich; b)-titratkich-bulava; v)-egiluvchan valli chuqurlik titratkichi. Titratkichlar konstruktiv jixatdan yuzaki va chuqurlik titratkichlariga bo‘linadi. Titratkichlarning turi qoliplanayotgan temirbeton konstruksiyaning shakli, turi, o‘lchamlariga qarab tanlanadi. Yig‘ma temirbeton zavodlarida bikr beton qorishmalari past chastota (25- 30 Gs) va 0,7mm amplitudada ishlaydigan rezonansli qo‘zg‘almas titratkich maydonlarida samarali zichlashtiriladi. Harakatchan va mayda donali beton qorishmalarini zichlashtirishda amplituda 0,15-0,4 mm kamaytiriladi, tebranish chastotasi esa 50-150 Gs gacha oshiriladi. Titratish muddati beton qorishmasining qulay joylanuvchanligiga, konstruksiyaning turi, shakli, qalinligi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lib, odatda bir-necha minutni tashkil etadi. Monolit quyulgan beton qoliplar, plitalar va boshqa yupqa konstruksiyalar tashqi titratkichlar vositasida zichlashtiriladi. Bunday titratkichlar ta’sir kuchi 20- 25 sm bo‘lishi mumkin. Tashqi titratkichlar beton yuzasida muayyan bir sxemaga nisbatan harakatga keltiriladi va bir joydan ikkinchi joyga orada titratkich yurmagan joy qoldirilmasdan ko‘chiriladi. Yirik yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni va qurilish maydonlarida monolit konstruksiyalarni quyishda beton qorishmasi chuqur titratkichlar vositasida zichlashtiriladi. Ichki titratkich beton qorishmasi ichida muayyan sxema asosida harakatlantirilib, qatlam-qatlam zichlashtiriladi. Ichki titratkich bilan beton qorishmasi zichlashtirilganda beton yuzasida suvhavo aralashmasining hosil bo‘lishi va betonning o‘sha sohada cho‘kishining to‘xtashi ushbu jarayonning meyoriga etganidan darak beradi. Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan biri ozgina yuk ostida titratish usulidir. Bikr beton qorishmalari, yupqa konstruksiyalar, engil beton qorishmalari 0,05-0,15 MPa bosim hosil qiluvchi yuk ostida titratish usulida zichlashtiriladi. Murakkab shakldagi konstruksiyalar-zinapoya, qobirg‘ali plitalar va boshqalar titratish-shtamplash usulida zichlashtiriladi. Bu usulda avval qolipga beton qorishmasi quyiladi, so‘ngra ichiga titratkich o‘rnatilgan shtamp tushiriladi va qorishma zichlashtiriladi. Quvursimon konstruksiyalar (quvurlar, elektr uzatish liniyalari tayanchlari, machtalar va boshq.) aylanma qoliplarda-sentrifugalarda zichlashtiriladi. Bunda qolip 400-900 marta min aylantirilganda markazdan qochuvchi kuch hisobiga beton qorishmasi zichlashadi. Hosil bo‘lgan zichlashtiruvchi kuch hisobiga beton 20-30% suvni yo‘qotadi va konstruksiyaning tashqi qismida o‘ta zichlashgan qatlam paydo bo‘ladi. Beton qorishmasini zichlashtirishning boshqa kombinatsiyalashgan usullari konstruksiyaning turiga qarab tanlanishi mumkin. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling