Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


partiyasiga beton markasi, qulay joylanuvchanligi ko‘rsatilgan pasportni ilova


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ


partiyasiga beton markasi, qulay joylanuvchanligi ko‘rsatilgan pasportni ilova 
qilishi shart.


Beton qorishmasini tashish  
Temirbeton zavodlarida beton qorishmasi estakadalar, lentali transporterlar, 
beton nasoslar, vagonetkalar, badyalar vositasida qoliplash sexlariga yuboriladi.
Beton qorishmasi qurilish maydonlariga avtobetonovoz, avtosamosvallarda 
yoki maxsus betonqorgich avtomobillarda quruq xolatda tashiladi. Beton 
qorishmasi tashilayotganda suvsizlanish va qatlamlanishning oldi olinishi kerak
aks holda betonning qulay joylanuvchanligi salbiy tomonga o‘zgaradi. Beton 
qorishmasi avtosamosvallarda tashilganda yuza qismini namlik o‘tkazmaydigan 
materiallar bilan (polietilen, brizent va boshq.) yopish kerak. Beton qorishmasi 
uzoq masofaga tashilganda u quruq holatda bo‘lishi va bevosita qurilish 
maydonida qorilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday usul G‘arbiy
Evropa mamlakatlari qurilish industriyasida keng tarqalgan.
  
Beton qorishmasini qoliplash va zichlashtirish  
Tayyorlangan beton qorishmasi maxsus beton quygichlar vositasida 
avvaldan tayyorlab qo‘yilgan, metalldan egilmaydigan darajada mustahkam 
ishlangan qoliplarga quyiladi. Beton qorishmasini qoliplash jarayoni o‘ta 
ma’suliyatli bo‘lib, qolipning hamma burchaklari, toraygan va burilgan joylari 
betonga to‘lishi shart.
Beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligi qoliplanadigan beton va 
temirbeton konstruksiyalarning turiga bog‘liq bo‘ladi. Qolip shaklining 
murakkabligini hisobga olgan holda beton qorishmasining quyuqlik darajasi va 
zichlashtirish usuli tanlanishi kerak.
Oddiy shakldagi qoliplarga harakatchan beton qorishmasi hech qanday 
zichlashtirish usullarini qo‘llamasdan quyilishi mumkin. Ammo zichlik va yuqori 
mustahkamlik shartlari qo‘yiladigan temirbeton konstruksiyalarni quyishda bikr va 
o‘ta bikr beton qorishmalari turli usullar bilan zichlashtiriladi, xususiy xollarda esa 
beton qorishmasi tarkibiga suyultiruvchi plastifikatorlar va superplastifikatorlar 
kiritiladi.
Beton qorishmasini quyidagi usullarda zichlashtiriladi: shibbalash, titratish 
(vibratsiyalash), 
vakuumlash, 
prokatlash, 
shtampovkalash, 
sentrifugalash, 
presslash, urish va boshqalar. Bundan tashqari titratishprokatlash, titratish-
presslash va shu kabi kombinatsiyalashgan zichlashtirish usullari ham ishlatilishi 
mumkin.
Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan eng keng tarqalgani titratish 
usulidir. Beton qorishmasi titratilganda qovushoqligi kamayadi, harakatchanligi 
ortadi, natijada beton massasi qolip ichida bir tekisda tarqaladi va qolip 
burchaklari, armatura sterjenlari oralarini ham to‘ldiradi. Titratish davrida yirik 
to‘ldirgich donalari qulay joylashadi, uning oraliq bo‘shlig‘ini sement qorishma 


yaxshi to‘ldiradi, suv-havo aralashmasi tashqariga sizib chiqadi, natijada beton 
qorishmasi zichlashadi.
Beton qorishmasini zichlashtirish uchun turli titratkichlar ishlatiladi. 
Titratkichlarning ishchi organi elektromexanik, elektromagnit va pnevmatik 
dvigatellar vositasida harakatga keltiriladi. Elektromexanik ko‘chma titratkichlar 
amaliyotda keng qo‘llaniladi (6.10rasm).

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling