Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Sovuqqa chidamlilik. Betonga suv kirib muzlashi natijasida ichki 
zo‘riqish hosil bo‘ladi va beton asosida tayyorlangan konstruksiyalarni buza 
boshlaydi. Sovuqqa chidamlilik betonning g‘ovakligiga va g‘ovaklikning 
xarakteriga bog‘liq, chunki mikrog‘ovaklarda suvning muzlash harorati juda past 
bo‘ladi. SHu sababli tarkibi to‘g‘ri tanlangan, yaxshi zichlashtirilgan, mustahkam 
betonlarning sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi.
Betonning sovuqqa chidamliligi tomonlari 10, 15, 20 sm kub shaklidagi 
namunalarni standart usulda sinab aniqlanadi. Sovuqqa chidamlilik bo‘yicha og‘ir 
beton quyidagi markalarga bo‘linadi: F50, F75, F100, F150, F200, F300, F400, 
F500. Beton tayyorlashda past alyuminatli sementlarni ishlatish ham sovuqqa 
chidamlilikni oshiradi.
Betonning sovuqqa chidamliligini oshirish uchun tarkibiga gidrofob yoki 
difil polimer moddalar, mineral zichlashtiruvchi qo‘shimchalar kiritish, 
konstruksiya yuzasini yupqa rulonli yoki sepiladigan izolyasiya materiallari bilan 
himoyalash, yuza qismlarini maxsus polimerlar bilan shimdirish mumkin.
4.
Betonning issqlik-fizik xossalari  
Issiqlik sig‘imi. Oddiy og‘ir betonning solishtirma issiqlik sig‘imi 0,75-
0,92 kJ (kg·
0
S) atrofida bo‘ladi. Issiqlik sig‘imi asosan to‘ldirgichlarning 
xarakteristikasiga va betonning umumiy zichligiga bog‘liqdir.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Og‘ir betonning quruq havo sharoitidagi issiqlik 
o‘tkazuvchanligi 
1,2 
Vt (m·
0
S). 
Betonning 
issiqlik 
o‘tkazuvchanligi 


to‘ldirgichning turiga va betonning umumiy zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘ir 
to‘ldirgichlar o‘rniga g‘ovak engil to‘ldirgichlar ishlatilganda issiqlik 
o‘tkazuvchanligi 2-4 marta kamayadi. Betonning namligi oshsa yoki suv kirib 
muzlasa issiqlik o‘tkazuvchanligi keskin oshib ketadi. YUqori darajadagi issiqlik 
o‘tkazuvchanlik betonning kamchiligi hisoblanadi. SHu sababli uysozlik panellari 
va boshqa issiq-sovuqdan himoyalovchi konstruksiyalar tayyorlanganda og‘ir 
beton qo‘shimcha ravishda issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan ta’minlanadi.
Haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti (XCHKK). Og‘ir betonning 
XCHKK 10·10
-6
0
S tashkil etadi va beton 50
0
S qizdirilganda 0,5 mm m bo‘ladi. 
Beton asosida bino va inshootlar qurilganda XCHKK hisobga olinib, harorat 
farqidan ularda yoriqlar hosil bo‘lishini ogohlantirish maqsadida haroratdan 
kirishish choklari hosil qilinadi.
Beton strukturasida karkas vazifasini o‘taydigan yirik to‘ldirgich va ular 
orasini to‘ldiruvchi matritsa vazifasini o‘tovchi qorishmaning haroratdan chiziqli 
kengayish koeffitsientlari turlicha bo‘ladi. Harorat 80
0
S oshganda ichki zo‘riqish 
hisobiga yirik to‘ldirgichlar va qorishma kontakt yuzalarida mikroyoriqlar hosil 
bo‘ladi.
Betonning haroratdan ichki zo‘riqishini kamaytirish uchun tashkil 
etuvchilarni chiziqli kengayish koeffitsienti bir-biriga yaqinlarini tanlash maqsadga 
muvofiqdir. Temirbeton konstruksiyalarni loyixalashda beton va armaturaning 
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientlarini yaqinlashtirish shart, aks holda 
ularni bir butun konstruksiya bo‘lib ishlashini ta’minlash qiyin bo‘ladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling