Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Bog‘lanuvchanlik. Beton qorishmaning tashqi fizik-mexanik omillar 
ta’sirida qatlamlanmaslik xususiyati bog‘lanuvchanligini ifodalaydi. Beton 
qorishmasi tashilayotganda, qoliplanish jarayonida qatlamlanishi, ya’ni suv-sement 
aralashmasi to‘ldirgichlardan alohida ajralishi mumkin.
Beton qorishmasining bog‘lanuvchanlik darajasini plastiklik darajasi bilan 
aniqlash mumkin. Bog‘lanuvchanligi etarli bo‘lmagan beton qorishmasi standart 
konusni to‘ldirish va zichlashtirish jarayonida qatlamlanadi va qolip echilgach
hosil bo‘lgan beton konus sochiladi yoki qulaydi.
Beton qorishmasining qatlamlanishi beton strukturasining buzilishiga va 
hossalarining 
yomonlashishiga 
sabab 
bo‘ladi. 
Beton 
qorishmasining 
bog‘lanuvchanligini oshirish uchun uning tarkibini to‘g‘ri tanlash zarur. Beton 
tarkibida sement miqdorining ko‘p bo‘lishi, suv miqdorining kamayishi 
qorishmaning qatlamlanishini keskin pasaytiradi.
YUqori markadagi sementlar oz miqdorda past markadagi betonlar 
tayyorlash uchun ishlatilganda beton qorishmasining suv ushlashlik qobiliyati 
kamayadi va natijada qorishma qatlamlanadi. Beton tarkibini hisoblashda uzluksiz 
granulometrik tizimni saqlash ham yaxshi natija beradi.
Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi uning tarkibidagi suvning 
miqdoriga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Beton qorishmasiga qo‘shilgan suv sement 
gidratatsiyasi va to‘ldirgichlar yuzasini ho‘llash uchun sarf bo‘ladi. Beton 
qorishmasini qorish, tashish, qoliplash va zichlashtirish singari texnologik 
jarayonlarni hisobga olib suv miqdori ko‘paytiriladi. Mayda va yirik to‘ldirgichlar 
miqdori muayyan mutanosiblikda belgilanmasa, beton qorishmasining suvga 
bo‘lgan talabi oshib ketadi. Masalan, serqum betonlar suvni ko‘p talab qiladi
chunki qumning solishtirma yuzasi shu massadagi yirik to‘ldirgichga nisbatan 
ancha ko‘p bo‘ladi.
Betonning asosiy xossalari doimiy o‘zgarmas bo‘lishi uchun suv-sement 
nisbati ham o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Odatda 1 m
3
beton qorishmasi tayyorlash 
uchun, sement sarfi 200-400 kg m
3
bo‘lganda sarflanayotgan suvning miqdori 
betonning markasiga mos ravishda o‘zgarmas bo‘ladi. SHuning uchun beton 
tarkibi hisoblanayotganda suvning miqdorini sementning miqdoriga nisbatan 


avvaldan tayyorlangan jadval yoki grafiklar yordamida to‘ldiruvchilarning turi va 
fraksiyasini hisobga olgan holda tanlash mumkin (6.4-rasm).
Zich va mustahkam beton tayyorlashda sement va suv aralashmasidan 
iborat bo‘lgan sement xamirining miqdori katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Sement 
xamirining optimal miqdori mayda va yirik to‘ldirgichlarning miqdoriga va 
fraksiyalariga bog‘liq bo‘ladi.
CHunonchi beton qorishmasi tarkibida qumning ko‘payishi sement 
xamirining sarfini oshiradi. SHuning uchun mayda va yirik to‘ldirgichlar nisbatini 
shunday tanlash zarurki, bunda donalar orasidagi bo‘shliq minimal bo‘lishi kerak. 
Sement 
xamiri 
miqdorini 
asossiz 
kamaytirish 
betonning 
zichligi 
va 
mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Щarakatchanlik OK, sm 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling