Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Sement qotayotganda issiqlik ajratib chiqarishi


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Sement qotayotganda issiqlik ajratib chiqarishi uning mineralogik 
tarkibiga bog‘liq. Issiqlik ajralishi yupqa konstruksiyalarda yoriqlar hosil qilmaydi, 
ammo massiv konstruksiyalarda harorat farqi 40
0
S gacha ko‘tarilishi mumkin. 
Harorat farqidan hosil bo‘lgan ichki zo‘riqish konstruksiyalarning buzilishiga olib 
keladi. Buni ogohlantirish uchun past ekzotermikli sement ishlatish, sement 
miqdorini kamaytirish, zarur hollarda sun’iy sovutish mumkin.
Sement qabul qilish qoidalariga binoan u partiyalarda zavodlardan 
yuboriladi va joylarda qabul qilinadi. Sement zavodining quvvatiga qarab sement 
partiyasi 300 dan 4000 t gacha bo‘lishi mumkin. Sement haqidagi ma’lumot 
pasportda qayd etilib partiyasi bilan birga joylarga yuboriladi. Pasportda 
sementning nomi, markasi, normal quyuqligi, qo‘shimchalar miqdori va issiqlik 
bilan ishlangandagi aktivligi ko‘rsatiladi. Sementni qabul qiluvchi tashkilot uni 
fizik, mexanik xossalarini, shu jumladan 3 va 28 sut mustahkamligini, ya’ni 
markasini aniqlaydi.
Sement bo‘yicha barcha shikoyatlar u qabul qilingach 10 kun ichida ishlab 
chiqaruvchiga etkazilishi lozim.
Sement tashkilotlarga platformalarda, avtotsemento- vozlarda yoki 
ko‘pqatlamli qoplarda yuboriladi. Sement tashilayotganda va saqlanayotganda 
namlik va ifloslanishdan ehtiyotlanishi kerak. Sementning turlari alohida saqlanishi 
va birga qo‘shib ishlatilmasligi shart.
Portlandsementning ishlatilishi. Portlandsement bog‘lovchisi asosida 
beton, 
qurilish 
qorishmalari, 
asbestotsement 
buyumlari,armotsement 
konstruksiyalari va boshqa kompozitsion materiallar ishlab chiqariladi. Beton 
qurilish tizimida yig‘ma temirbeton va monolit holatlarda ishlatiladi. Nisbatan past 
markadagi sementlar g‘isht terish va suvoqchilik qorishmalari tayyorlashda 
foydalaniladi. YUqori markadagi sementlar (400, 500, 550, 600) temirbeton va 
armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda 
ishlatiladi. Qurilish portlandsementini korroziya muhitida ishlatish maqsadga 
muvofiq emas.
Portlansement shlab chiqarishda energiya sarfi yuqori bo‘lgani sababli uni 
qurilish sohalarida ratsional ishlatish kerak.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling