Kirish Reja


Ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan eng so'ngi ma'lumotlar


Download 481.5 Kb.
bet9/11
Sana18.10.2023
Hajmi481.5 Kb.
#1708770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zamonaviy moliyaviy yangiliklar va moliyaviy bozorlar. Moliyaviy bozor stavkalari

Ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan eng so'ngi ma'lumotlar.
Bank sohasi mutaxassislari 25-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Moliya bozori kapital bozorini rivojlantirishning harakatlantiruvchi omili” mavzusidagi panel munozarasida ishtirok etdi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston moliya bozorida qator muhim oʻzgarishlar roʻy berdi, xususan, 2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, fond bozori aylanmasini joriy etish orqali iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni 200 million AQSH dollaridan 7 milliard dollargacha oshirish va davlat ulushi boʻlgan tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlash, 2026-yil oxiriga qadar bank tizimi aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizga yetkazish koʻzda tutilmoqda. Bunda tijorat banklarida transformatsiyani jadallashtirish, subsidiyali kreditlashdan voz kechish, ularning moliyaviy vositachi sifatidagi rolini oshirish orqali davlat ulushiga ega tijorat banklarini faol ravishda zamonaviy institutlarga aylantirish ishlari koʻzda tutilgan. OTBning Xususiy sektor operatsiyalari departamenti bosh direktori Syuzanna Gaburi oʻz nutqida moliya bozorlari yangi ish oʻrinlarini yaratishi mumkin boʻlgan asosiy bozorlar ekanligini taʼkidladi. “Oʻzbekistonda ekanimdan juda xursandman”, – deydi Syuzanna Gaburi. – “Yurtingizga birinchi marta 1993-yilda tashrif buyurganman. Mamlakatda roʻy berayotgan oʻzgarishlarni hayajon bilan kuzatyapmiz. Bugun biz moliya bozorini rivojlantirish uchun koʻplab imkoniyatlarni koʻrmoqdamiz. Biroq uning yaxshi ishlashi uchun turli xil vositalar, nou-xaularni joriy qilish kerak. Xususiy sektor moliyadan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Oʻzbekistonda bu borada hukumat tomonidan katta yordam koʻrsatilayotgani juda muhim. Oʻz navbatida, biz ham yordam koʻrsatishga, tajriba almashishga tayyormiz, bu amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida juda muhim. Moliya bozori har kuni global, texnologik va aqlli boʻlib bormoqda. Biroq, bunda hali ham xalq ishonchi juda muhim. KPMG investitsiyalar va kapital bozorlari direktori Dmitriy Zalesskiy oʻz nutqida kapital bozorini rivojlantirish muhimligini gapirdi. Shu bilan birga, u bu masala faqat bank sektorini rivojlantirishga asoslanishi kerak emasligi, buning uchun investorlarni jalb qilish, xalqaro standartlarga javob beradigan infratuzilmani yaratish, nafaqat yirik bozor ishtirokchilarining ishonchini, balki oddiy aholi ishonchini qozonish muhimligini aytib oʻtdi. Odamlar mahalliy bozorga ishonishlari kerak. Qozogʻiston “Xalq Bank” boshqaruvi raisi va direktorlar kengashi aʼzosi Umut Shayaxmetova oʻzi rahbarlik qilayotgan bank Oʻzbekistonda sarmoya kiritish sohasida ilk qadamlarni tashlaganini taʼkidladi. U banklarni xususiylashtirish va ularni boshqarishda davlat ulushini kamaytirish muhimligini aytdi. Aholining ishonchi muhim ekanligiga urgʻu berildi. Chunki aksiyadorlarning aksariyat qismi kichik tashkilotlardir. Uning fikricha, Oʻzbekistonda kelajakka nekbinlik bilan qarash imkonini beruvchi ulkan imkoniyatlar yaratilgan. Sessiyada, shuningdek, mobil banking, moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish, fintech innovatsiyalari va ilgʻor texnologiyalar bank xizmatlarining kapital bozorlariga keng kirishni taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov Samarqandda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forum doirasida jahon bozorida foiz stavkalarining oshayotgani, imzolangan qarz bitimlari, obligatsiyalar chiqarishning vaqtinchalik to‘xtatilishi va buning sabablari haqida to‘xtalib o‘tdi.– Afsuski, foiz stavkalari oshyapti. FRT yoki Yevropa markaziy bankining foizlarni oshirishi ham global inflyatsion holatga bog‘liq. Masalan, AQSh va Yevropaning talay mamlakatlarida foizlar juda yuqori. Shu sababli stavkalarning oshishi ham tabiiy hisoblanadi. Bu bizga o‘xshagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ijobiy holat emas.Aytishimiz mumkinki, 2022 yilda asosan xalqaro moliyaviy institutlardan kredit jalb qilmoqdamiz. Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa shu kabi banklardan. Yaxshi tarafi, ularda stavkalar juda ham past bo‘ladi. To‘g‘ri, hozir bu stavkalar ham oshib bormoqda. Ammo so‘nggi 10-15 yilni olib qaraydigan bo‘lsak, joriy stavkalar oldingi stavkalardan baland emas. So‘nggi 5 yilda stavkalar pastga tushgan bo‘lishi mumkin, lekin stavkalarning ko‘tarilishi va tushishi me’yoriy holat hisoblanadi.Davlat qarzini boshqarayotganda va xususiy sektorlarga kredit jalb qilayotganda har bir ssenariyni inobatga olish kerak bo‘ladi. O‘rta muddatli davlat qarzini boshqarish strategiyasida bu jihatlar inobatga olingan. Albatta, foizlar oshishini kutgandik deb aytolmayman, ammo tayyorgarligimiz yuqori edi. – Forumning birinchi kunida ko‘plab xalqaro moliyaviy korxonalari bilan ko‘plab tashqi qarz bitimlari imzolandi. Bu borada O‘zbekiston nimanidir garovga qo‘yganmi? – Moliya vazirligi tomonidan imzolangan kredit bitimlari uchun hech qanday garov qo‘yilmagan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda bo‘layotgan yirik iqtisodiy islohotlar ana shu xalqaro tashkilotlar texnik yordami orqali amalga oshirilmoqda. Moliyaviy bozorlarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan gapiradigan bo‘lsam, bozorni shakllantirish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki bilan imzolangan dasturimiz bor edi. Shu dastur bajarilgach, o‘tgan yili 150 mln dollar kredit jalb qilishga erishgan edik. Shuning ikkinchi transhini keyingi yilga mo‘ljallaganmiz. Hozirda Osiyo taraqqiyot banki bilan qarzning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishga oid yangilangan dastur ishlab chiqishda hamkorlik qilyapmiz.


Shuningdek, Jahon bankidan jalb qilinayotgan mablag‘lar islohotlar uchun ajratiladi va bizdagi bu islohotlar prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot dasturiga kirgan islohotlardir. Bu islohotlarni xalqaro tajribalar orqali amalga oshirishimiz kerak va undan keyin bizga kredit mablag‘lari beriladi. Bu ikkala taraf uchun ham foydali va manfaatlidir.



Download 481.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling