Kirish,,O'rta asrlar tarixi haqida
Download 371 Kb.
|
O'rta asrlar tarixi haqida
Monastirlarning Yevropa madaniyatida tutgan o'rni. Maktablar asosan monastirlar qoshida ochilgan. Ular cherkov xizmatchilarini tayyorlagan. O'quvchilar diniy duolarni, cherkov qo'shiqlarini yod olganlar. O'qish, yozish vahisob amallarini o'rganganlar. Ruhoniylar astronomiyaga old bilimlardan diniy bayramlar kunini aniqlashda, geometriyaga doir bilimlardan esa ibodatxonaiar qurishda foydalanganlar. Kitoblar, duolar, qonunlar lotin tilida yozilgan. Shuning uchun o'qish lotin tilida (Vizantiyada yunon tilida) olib borilgan. Va-holanki, bu davrda hech bir xalq amalda lotin tilida so'zlashmas edi. Monastirlarda monaxlar kitob ko'chirish bilan ham shug'ullan-ganlar. Yozuvlar yupqa terilarga yozilgan. Shu tariqa hattotlik san'ati vujudga kelgan. Kitoblar ko'plab kishilar mehnatining natijasi bo'lgan. Xususan, kimdir husnixat asosida matn ko'chirgan, yana kimdir bosh harflarga jimjimador suratlar solgan. Uchinchi birov kitobga naqsh ishlasa, to'rtinchisi miniaturalar chizgan. Odamlar asosan diniy kitoblarni, jumladan, ,,Avliyolar hayoti" kitobini o'qiganlar. Unda monaxlarning qahramonliklari va ko'r-satgan mo'jizalari bayon etilgan. Shu tariqa cherkov diniy kitoblar orqali qavmlarni avliyolarga taqlid qilishga chaqirgan. Monastirlarda yilnomalar yozib berilgan. Ular o'ziga xos tarixiy manba vazifasini o'tagan. Atamalar mazmunini bilib oling ,,Grek olovi" - neft va smola aralashmasidan tayyorlanganolov. Olovning, Jcuchi" uni suv bilan o'chirtb bo'lmasligida edi. Missioner - biror dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ'ib etuvchi. Monastir - monaxlar jamoasi foydalanadigan ibodatxona, turarjoy va xo'jalik binolari majmuasi. Monax - bu dunyo noz-ne'matlaridan voz kechgan kishi. II bob. VI - XI asrlarda Osiyo xalqlari 10-§. Islom dinining vujudga kelishi Arabiston islomgacha bo'lgan davrda. Arabiston yarim orolining katta qismi suvsiz cho'l va sahrolardan iborat. Shu tufayli arab qabilalarining ko'pchiligi ko'chmanchi bo'lib, chorvachilik bilan shug'ullanishgan. Arablarning cho'l va sahroda kechadigan hayotida tuya alohida o'rin tutgan. Suv nihoyatda taqchil bo'lgan bir sharoitda bu tabiiy hoi edi. Arablar uchun tuya suti va go'shti oziq-ovqat, juni esa kiyim-kechak hamda boshpana vazifasini o'tagan. Tuya junidan tayyorlangan kigizlardan chodirlar qurishda foydalanilgan. Ko'chmanchilar o'z chodirlarida yozning jazirama issig'idan jon saqlaganlar. Arabistonning dehqonchilik uchun eng qulay o'lkasi -Yaman viloyati edi. Arablar hayotida urug'chilik belgilari kuchli bo'lgan. Ular ko'plab urug' va qabilalardan iborat edi. Bu bo'linish - qabilalararo doimiy urushlarning asosiy omiliga aylangan. Uzluksiz urushlar faqat vayronagarchilik keltirgan, xolos. Bundan tashqari, urug'lar o'rtasida xun olish odati davom etardi. Go'dak qiz bolalar tiriklayin ko'mib yuborilar edi. Jamiyatda qonunsizlik, axloqsizlik va zo'ravonlik hukm surardi- Odamlarda uyat tuyg'usi yo'qol-gan edi. Ayni paytda tabaqalanish jarayoni tobora kuchayib borgan. Mol-mulk qabila zodagonlari qo'lida to'plangan, sitdxo'rlik avj olgan. Arab jamiyatidagi islomgacha bo'lgan bu davr tarixga johiliya (jaholat) davri nomi bilan kirgan. Islomning vujudga kelishi. Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida vujudga keldi. Islom ta'limotigako'ra, islom insonlarni to'g'ri yo'lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi ta'limot, ilohiy qonundir. Allohning bu ta'limoti, qonunlari payg'ambar (Allohning elchisi) Muhammad (s.a.v.) tomonidan targ'ib etilgan. Islom dinini qabul qilgan va Allohning payg'ambariga ergashgan kishi musulmon (muslim-sadoqatli) deb atalgan. Xo'sh, qanday omillar islom dinining vujudga kelishiga sabab bo'lgan? Birinchidan, barcha arab qabilalarini yagona davlatga birlash-tirish zarurati. Muhammad (s.a.v.) va uning safdoshlari bunday dav-latsiz Arabistonni tashqi dushmanlar tajovuzidan himoya qilib bo'l-masligini yaxshi tushunganlar. Aynan yagona qudratli davlat arab-larning jahon maydoniga chiqishiga imkon berishini ham chuqur anglaganlar. Bu maqsadni faqat yagona xudo (Alloh) shiori ostidagina amalga oshirish mumkin bo'lgan. Chunki bu davrda Arabistonda ko'p xudolik dinlari hukmron edi. Binobarin, yakka xudolikka asoslangan din zaruriyatga aylangan. Yodda tuting Din - ulamolarning fikricha, Alloh (xudo) tomonidan o'zpayg'ambarlari orqali joriy etiladigan ilohiy qonunlar. Ikkinchidan, arab jamiyatida hukm surayotgan johiliya davri adolatsizliklariga barham berish zarurati. Yuqorida qayd etilgan omillar aks-sadosi sifatida VII asrda yangi din — islom dini vujudga keldi. Islom dinining asosi. Islom dinining asosini besh rukn (arkon) tashkil etadi. Bular: 1) kalimai shahodat; 2) namoz o'qish; 3) ro'za tutish; 4) zakot berish; 5) haj qilish. Kalimai shahodat Allohdan o'zga xudo yo'qligi, Muhammad (s.a.v.) uning bandasi va payg'ambari ekanligiga shohidlik berishdir. Namoz Allohga shukronalik ramzi sifatida kuniga besh mahal qilinadigan ibodatdir. Ro'za musulmonlarning ramazon oyida erta sahardan to quyosh botgunga qadar niyat birla yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoqliklaridir. Ro'za insonlarni moddiy va ma'naviy jihatdan sabr-toqatga, irodasini mustahkamlashga o'rgatadi. Zakot boy-badavlat musulmonlarning o'z boyliklaridan kambag'al, beva-bechoralarga berilishi lozim bo'lgan ehson. Haj Makka shahridagi muqaddas Ka'ba masjidini ziyorat qilishdir. Ka'ba (Baytulloh) Allohning uyi deb ham hisoblanadi. Muhammad (s.a.v.)ning payg'ambarlik faoliyati. Islom dinining muqaddas kitobi ,,Qur'on" (lug'aviy ma'nosi ,,qiroat", ,,o'qish") deb ataladi. Qur'ondagi so'zlar Allohning so'zlari, u Alloh tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy qilingan deb tushuniladi. Yodda luting Vahiy - Islom aqidasiga ko'ra, Allohning farishtalar orqali payg'ambarlarga yuborgan buyruq yoki ko'r-satmalari. Diniy kitoblarda ta'kidlanishicha, Alloh Muhammad (s.a.v.)ni payg'ambar etib tanlagach, unga 610- yildan boshlab vahiy kela boshlagan. Vahiy kela boshlagan birinchi kun islom tarixida ,,Laylat ul-qadr" (Qadr kechasi) deb ataladi. Vahiy kelishi 23 yil davom etgan. Muhammad (s.a.v.) yangi dinni juda katta qiyinchiliklar bilan targ'ib etganlar. Chunki ko'p xudolikka o'rganib qolgan arab qabilalari yangi dinni qabul qilishni istamas edilar. Ular hatto Muhammad (s.a.v.)ni o'ldirmoqchi ham bo'lganlar. Natijada Muhammad (s.a.v.) Makka shahridan Madina shahriga ko'chib o'tishga majbur bo'lganlar. Madinada ham islom dinini targ'ib etganlar. U yerda musulmonlar jamoasi — Ummani tuzadilar. Umma qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylanadi. Diniy, ma'muriy va harbiy hokimiyat Muhammad (s.a.v.) qo'lida to'planadi. 630- yilda Makka shahri ham bo'ysundirilgan. Makka zodagonlari Muhammad (s.a.v.) hokimiyatini tan olishgan va uning yordamchi- lariga, islom esa hukmron dinga aylangan. Shu tariqa arab qabilalarini yagona qudratli davlatga birlashtirish hamda islomni yagona dinga aylantirishdek tarixiy maqsad ro'yobga chiqariladi. Muhammad (s.a.v.) 632- yilning 27- may kuni Madina shahrida vafot etganlar. Atamalar mazmunini bilib oling Islom dini - Alloh yagona, degan e'tiqod bilan unga bo'ysunmoqlik, itoat etmoqlik va qalb bilan unga ixlos qilmoqlikdir. Alloh buyurgan diniy e'tiqodga imon keltirmoqlikdir. Ramazon oyi - Muhammad (s.a.v.)ga Qur'on suralari yuborila boshlangan oy. Rukn - Islom dinining besh asosi. Sudxo'rlik - foiz evaziga qarz berish orqali olinadigan foyda hisobiga boylik orttirish. Xun - o'ldirilgan urug' a'zosi uchun olinadigan qonli o'ch, qasos. ll-§. Arab xalifaligi va uning istilochilik siyosati Xalifa. Xalifalik. Abbosiylar. Xalifalik haqida. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, davlatni xalifalar boshqara boshladi. 632- yilda dastlab Muhammad (s.a.v.)ning yaqin safdoshi hamda qaynotasi Abu Bakr Siddiq xalifa etib saylandi. Umar, Usmon va Alilar 634-661- yillar davomida xalifalik qildilar. ,,Xalifa" so'ziga davlat nisbati berilib, Muhammad (s.a.v.) tuzgan davlat shu tariqa Arab xalifaligi deb yuritila boshlangan. Davlat hukmdori xalifa deb atalgan. 632- yildan 661- yilgacha o'tgan salkam 30 yil davomida xalifalik avloddan-avlodga meros bo'lib o'tmay, aksincha, xalifalar saylanganlar. Istilochilik urushlari. Arab xalifaligi xalifa Umar davrida (634-644) tashqi siyosatda juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Xususan, bu davrda Suriya, Falastin, Misr, Liviya va Eron bosib olindi. Vizantiya imperiyasiga kuchli zarba berildi. Bunga Vizantiya va Eronning o'zaro urushlarda bir-birini holdan toydirganligi ham sabab bo'ldi. Arablar o'z zamonasiga yarasha qudratli qo'shin tuza olgan edilar. Jangchilarning asosini erkin kishilar tashkil etardi. Arablaraing yengil suvoriylari o'zining shiddatkor hujumlari bilan dushman piyoda askarlariga dahshat solgan. Ayni paytda arablar o'z bosqin-chilik urushlariga^Y/wd tusini berganlar. Shuningdek, islomning Alloh oldida hammaning tengligi haqidagi g'oyasi arablarni mazlumlar ko'z o'ngida xaloskor etib ko'rsatar edi. Islomni qabul qilganlarga turli yengilliklar joriy etildi. Ular arablar qatori soliqlardan ozod qilindi. Hokimiyat uchun kurash. Ulkan istilolar natijasida arab zodagonlari hamda viloyatlarning noiblari katta-katta boyliklarga ega bo'lib oldilar. Ayrim noiblar hatto xalifalik taxtini cgaf lab olishga ham harakat qila boshladilar. Ulardan bin Suriya noibi Muoviya ibn Abu Sufyon edi. U xalifa Ali ibn Abu Tolibning xalifaligini tan olishdan bosh tortgan. Yodda tuting Ali ibn Abu Tolib - to'rtincki xaLifa, Muhammad (s.a.v.)rtirtg amakivackchasi hamda kuyovL 656—661-yillarda xalifa bo'lgan. 661 - yilda Ali o'ldirilgach, Abu Sufyon o'zini xalifa deb e'lon qilgan. Uni arab zodagonlari va harbiy boshliqlar qo'llab-quwatlaganlar. Suriya poytaxti Damashq shahri xalifalik poytaxti etib belgilandi. Shu davrdan boshlab xalifa saylash bekor qilindi. Endi u avloddan-avlodga meros tariqasida o'tadigan bo'ldi. Shu tariqa Muoviya xalifalik tarixida umaviylar sulolasi deb ataluvchi sulola hukmronligiga asos soldi. Bu sulola 750- yilgacha hukmronlik qildi. Umaviylar xalifalik hududlarini yanada kengaytirdilar. VIII asr boshlarida Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, O'rta Osiyo, Hindistonning katta qismi, Kavkazorti egallandi. Xalifalik chegarasi g'arbda Atlantika okeanigacha, sharqda esa Xitoy va Hindiston chegarasigacha yetdi. Behisob boyliklar qo'lga kiritildi. Umaviylar davrida barcha musulmonlarga soliq solinadigan bo'ldi. Aholi xiroj, jizya, zakot deb ataluvchi soliqlar to'lardi. Xiroj — yer solig'i bo'lib, u hosilning 1/3 qismi miqdorida olingan. Jizya esa jon solig'i edi. Bu soliq ishga yaroqli erkak kishilardan undirilgan. Ishga yaroqli erkak bir yilga 12 dirham, o'rtahol tabaqa vakillari 24 dirham, boylar esa 48 dirham to'lagan. Zakot esa mol-mulkdan to'langan. Uning miqdori ikki yarim foizni tashkil etgan. Umaviylar joriy etgan bu soliqlar xalifalik aholisining katta qismida norozilikni tobora kuchaytirgan. Abbosiylar hukmronligi. Kuchayib borayotgan bu norozilikdan Arab xalifaligining umaviylarga qarshi hukmron tabaqalari unumli foydalanganlar. Ularning maqsadi umaviylar hukmronligiga barham berish edi. Umaviylarga qarshi kuchlarga Muhammad (s.a.v.)ning amakilari Abbosning avlodi AbuI-Abbos Abdulloh rahbarlik qilgan. Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida umaviylarga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olon hukmron sulola al-mashinuvida katta ahamiyatga ega bo'lgan. 750- yilda umaviylar sulolasi hukmronligi tugadi. Xalifalik taxtini Abul-Abbos Abdulloh egalladi. U xalifalik tarixida abbosiylar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Abbosiylar sulolasi hokimiyatni rasman 1258- yilgacha boshqargan. Xalifalik poytaxti Damashqdan Bag'dod shahriga ko'chirildi. Bag'dod shahrini qurdirgan xalifa Mansur,.Buyuk Karlga zamondosh va u bilan diplomatik aloqa o'rnatgan Horun ar-Rashid, ilm-fanga homiyligi bilan shuhrat qozongan al-Ma'munlar bu sulolaning mashhur xalifalari bo'lishgan. Xalifalikning parchalanishi. IX asr oxiri - X asr boshlaridan boshlab Arab xalifaligining zaiflashish jarayoni tobora kuchaygan. Buning asosiy sababi qaram xalqlarning mustaqillik uchun kurashining avj olgani edi. Bu kurashga mahalliy hukmron tabaqalar boshchilik qilgan. Ulardan eng nufuzlilari o'zlarining sulolalarini vujudga keltira boshlaganlar. Oqibatda xalifalik parchalanib, birin-ketin mustaqil davlatlar qaror topgan. Shulardan biri Mova-rounnahrdagi Somoniylar davlati edi. 1055- yilda saljuqiy turklar xalifalik poytaxti Bag'dod shahrini bosib oldi. Shu tariqa Arab xalifaligi amalda barham topdi. Abbosiy xalifa qo'lidadiniyhokimiyatginaqoldirildi,xolos. 1258-yilda mo'g'ullar istilosi oqibatida xalifaning diniy hokimiyati ham inqirozga yuz tutdi. Atamalar mazmunini bilib oling Jihod - Alloh yo'lida islomni yoyish va uni himoya qilishuchun kurash. Xalifa - Muhammad (s.a.v.)ning o'rinbosati. Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan so'ng barcha hokimiyatni o'z qo'Iiga to'plagan hukmdor. 12-§. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati. Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga Arab xalifaligi madaniyati nomi bilan kirdi. Xo'sh, buning sabablari nimalardan iborat edi? Awalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishtahayot ta'minlangan. Bu esa xo'jalik fdehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq)ning yanada yuksalishiga imkon bergan. Bu ornil o'z navbatida madaniyatning taraqqiy etishiga shart-sharoit yaratgan. Ikkinchidan, istilo natijasida xalifalikka birlashtirilgan turli o'lka xalqlari (Suriya, Misr, Eron, O'rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Hin-diston)ning ilg'or madaniyati imkon qadar bir-birini boyitdi. Bu o'rinda yagona davlat tili - arab tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta rol o'ynagan. Buyuk allomalar qaysi xalq vakillari bo'lmasin, arab tilida y od qilganlar. Bu omil xalifalik tarkibidagi turli xalqlarga bir-birining madaniyati yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratgan. Binobarin, xalifalik madaniyatini faqat arablar emas, xalifalik tarkibiga kirgan barcha xalqlar yaratganlar. Uchinchidan, arablar ham o'zlari istilo etgan o'lka xalqlarining "g or madaniyati durdonalarini qunt bilan o'rganganlar. To'rtinchidan, Mansur, Horun ar-Rashid, Ma'mun kabi abbosiy xalifalar ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz, madaniyatning yuksak darajada taraqqiy etishini ta'minlagan,; San'at. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyatida san' at, ayniqsa me'morchilik san'ati alohida o'rin tutgan. Go'zalh'kda tengi yo'q hukmdorlar saroylari soya-salqin, yam-yj bog'lar ichida bunyod etilgan. Ularda faworalar mavjud bo'lgan. Shahar me'morchiligi ham juda rivojlangan. Shahar ko'chala tosh yotqizilgan. Ko'chalar chiroqlar bilan yoritilgan. Masjidlar shi ko'rkiga-ko'rk qo'shgan. Masalan, VIII - IX asrlarda Qurdobi bunyod etilgan masjidga 600 dan ortiq marmar ustun ishlatilg Ustunlar nihoyatda nafis bo'lib, ular masjidga ulug'vorlik baxsh etgi Qohira shahridagi Hasan masjidi tepasiga qurilgan balandligi 55 met gumbaz ham kishilarni hayratga solgan. Ilm-fan taraqqiyoti. Ilm-fan taraqqiyoti yo'lida arablar qadh yunon allomalarining asarlarini qunt bilan o'rganganlar. Ulardan ei muhimlari arab tiliga tarjima qilingan. Bular: Aristotel, Arxir™" Gippokrat, Ptolomey, Yevklid kabi allomalarning asarlari edi. Bu ; laming arab tilidagi nusxalari lotin tiliga qayta tarjima qilingan. Yei ropa olimlari shu tarjimalar orqali bu asarlardan bahramand bo'lganla Yirik shaharlar ilm-fan markaziga aylangan. Bag'dod, Qurdob? Qohira kabi shaharlarda yirik oliy o'quv yurtlari - madrasalar ochilga* Ularda diniy bilimlar qatori dunyoviy ilmlar ham o'qitilgan. Mingk kitob xazinasiga ega bo'lgan kutubxonalar qurilgan. Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) Bag'dod shahrida ilm-ft markazi bunyod ettirdi. Bu markaz ,Baytul Hikmat " deb ataldi. Xalifa Ma'mun (813-833) ,,Bayt ul-hikmat"ning har tomonh mustahkarmanishiga katta hissa qo'shgan. Bag'dod, Damashq kabi shaharlarda katta-katta rasadxonah bunyod etilgan. Xalifalik xalqlari madaniyati Yevropaga kuchli ta'sir ko'rsatgi Bu o'rinda arablarning Pireney yarim oroli (hozirgi Ispaniya)da tash etgan Qurdoba xalifaligi alohida o'rin tutgan. Qurdoba shahrida 27 oliy o'quv yurti (madrasa) ochilgan edi. Bu o'quv yurtlarida mashfr' olimlar, shu jumladan, musulmon bo'lmagan olimlar ham di berishgan. O'quv yurtlarida arablardan tashqari Yevropaning ti1 mamlakatlaridan kelgan talabalar ham saboq olishgan. Buyuk bobolarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo'shgan hissalari. Aniq fanlarning yuksak taraqqiyoti bu davr mamlakatlari madaniyatining o'ziga xos xususiyatidir. Bu fanlar ravnaqiga eng ko'p hissani buyuk bobolarimiz qo'shganlar. Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg'oniy alohida o'rin tutadi. Al-Xorazmiy algebra fanining asoschisidir. Xalifa Horun ar-Rashid uni Bag'dodga taklif etgan. Keyin-chalik u ,,Bayt ul-hikmat"ga rahbarlik ham qilgan. Al-Xorazmiy hindlarning o'nlik raqam tizimini mukammallash-tirgan. Buning natijasida har qanday sonni ham o'nlik sanoq tizimiga kiruvchi raqamlar bilan ifodalash mumkin bo'lgan. Bu hodisao'shadavr uchun buyuk kashfiyot edi. Uning nomi algoritm tushunchasiga va tarixda abadiy qoldi. Yodda tuting O'rta asrlarda algoritm tushunchasi sanoqning o'nli tizimi bo 'yicha to 'rt arifmetik amalning bajarilishi qoidasini anglatgan. O'rta asr astronomiya fanini yurt-doshimiz Ahmad al-Farg'oniysiz tasav-vur etish qiyin. Ahmad al-Farg'oniy >3ayt ul-hikmat"da al-Xorazmiy bilan birgalikda ijod qilgan. Uning astronomiya fani rivojiga qo'sh¬gan hissasi osmon jismlari radiuslarini Dirmchi bo'lib aniqlab berganligida edi. Ahmad al-Farg'oniy, shuningdek, Yereng ichik yulduzdan ham kichkina ekanini , botlab berdi. U Yer shari aylanasi uzun-igmi hisoblab chiqdi va hisob-kitobda 792 km xatolikka yo'l qo'ydi. Ahmad al-Farg'oniy asarlari keyinchalik yangi-yangi ilmiyj kashfiyotlarga yo'l ochdi. Yodda luting Ahmad al-Farg'oniy Yevropada Alfraganus nomi bilan mashhur bo 'Igan. Atama mazmunini bilib oling ,,Bayt ul-hikmat" - Donishmandlar uyi, bilimlar uyi, o'( davrning Fanlar akademiyasi. 13-§. IV - XI asrlarda Hindiston Tayanch tushttnchaiar Guptadavlati. Xarsha wptriyasL Qishloq jamoasi Yer Hind fining jahonfani taMiqqiy&tiga qo'shgan hissasi. Gupta davlati. Hindiston V asrlarga qadar mayda-maj davlatlarga bo'linib ketgan edi. Ularning hukmdorlari F deb atalgan. Shunday rojalardan biri Chandragu] mamlakatni birlashtirish harakatini boshladi. U 320- yi Gang daryosi havzasida birlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo*l Bu davlat tarixga Gupta davlati nomi bilan kirdi. Chandragupta IU' (320-340) vorislari hukmronligi davrida davlat chegarasi Arabis yarim oroliga qadar yetkazildi. Shu tariqa Gupta imperiyaga ayl' Guptalar davrida Hindiston iqtisodiy va madaniy jihatdan yuks Imperiya VI asr boshlarigacha yashadi. U o'zaro ichki urushlar va ,,O'zbekiston tarixi" darsligi orqali bilib olgan eftallarning huj oqibatida parchalanib ketdi. Xarsha imperiyasi. VII asr boshlarida Hindistonning shimolida vangi imperiya - Xarsha imperiyasi tashkil topdi. Bu imperiyaga Kanauja rojasi Xarsha (606-647) asos soldi. Imperiya Gang daryosi vodiysi bo'ylab sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha bo'lgan hududlarni o'z ichiga oldi. Markaziy Hindiston rojalari esa vassallarga aylantirildi. Vassal rojalar qirqqa yaqin edi. Xarsha imperiyasi uzoq yashamadi. Vassal rojalarning sepa-ratchilik harakati imperiyani zaiflashtirdi. Bora-bora rojalar amalda butunlay mustaqil bo'lib oldilar. Xarsha vafotidan so'ng Hindiston uzoq vaqtgacha chet ellik bosqinchilarga qarshilik ko'rsatishga ojiz, tarqoq mamlakat bo'lib qoldi. 712- yilda Arab xalifaligi Sind o'lkasini bosib oldi. XI asr boshlarida Mahmud G'aznaviy Shimoliy Hindistonni istilo qilishga urindi. Bir necha yurishlardan so'ng Panjob viloyatining bir qismini o'z davlati tarkibiga qo'shib oldi. Ijtimoiy munosabatlar. Hindistonda ham yer egaligi munosa-batlari sekinlik bilan bo'lsa-da, tarkib topa borgan. Bu o'rinda hukmdorlarning grasm joriy etganliklari muhim rol o'ynagan. Bunda hukmdor xonadonining a'zolari, nufuzli zodagonlarning manfaatlari hisobga olingan. Gras olgan shaxsga harbiy xizmatga hamisha shay turish majburiyati yuklangan. Gras ishlash uchun dehqonlarga ijaraga berilgan. Rojalar o'z xizmatkorlariga ham ma'lum majburiyat evaziga yer berishgan. Ulardan foydalanish muddati oldindan belgilab qo'yilgan. Yer egaligining bu turi patta deb atalgan. Patta yerlar shaxslarning davlat, hukmdor oldida ko'rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash uchun ham berilgan. Qishloq jamoasi. Hindistonda qishloq jamoasi yer egaligi ham mavjud bo'lgan. U har bir qishloqning ma'lum miqdordagi ekinzor va yaylov yerlaridan iborat edi. Qishloq jamoasi o'nlab, hatto yuzlab oilalarning birikmasi edi. Jamoa oqsoqollar tomonidan boshqarilgan. Jamoa yerlaridan olinadigan soliq imperiya xazinasi tushumining salmoqli hissasini etgan. Qishloq jamoasining yemirila borishi. Ishlab chiqaruvchi; kuchlarning o'sishi va mehnat qurollarining takomillashuv-i mehnat unumdorligining ortishiga olib keldi. Oqibatda kichikn oilaning o'zi ham mustaqil ravishda xo'jalik yurita oladij bo'ldi. Bu o'z navbatida katta-katta oilalarning bo'linishiga o] keldi. Katta oilalarga qarashli chek yerlar endi bo'linib chiq< kichik oilalargabo'lib beriladigan bo'ldi. Katta o'g'ifgaukali qaraganda ko'proq yer ajratib berilgan. Bu jarayon vaqt o'tishi bilan qishloq jamoasida tabaqalanis kuchaytirgan, yer egaligi munosabatlarining chuqurlashuviga kelgan. Xo'jalik mashg'ulotining asosiy turlari. Dehqonchilik hunarmandchilik Hindiston xo'jaligining asosini tashkil etgan. SI paxta, shakarqamish, xilma-xil ziravorlar, choy yetishtirish dehqoi chilikning yetakchi tarmoqlari bo'lgan. Sug'oriladigan yerlardan yiliga ikki marta hosil olingan. Hind hunarmandchiligi namunalari - dunyoga dong taratgi qo'li gul zargarlar tomonidan yaratilgan zeb-ziynat buyumli oltin va kumushdan yasalgan ko'zachalar ayniqsa mashhur Fil suyagi va yog'ochdan yasalgan ajoyib haykallar hi: ibodatxonalariga ko'rk bag'ishlagan. Bunday noyob san'at asarlarij ega bo'lish qo'shni davlatlar hukmdorlarining azaliy orzusi bo'lj Hind to'quvchilari to'qigan ajoyib shoyi gazlamalar ,,tan rohati" e'zozlangan. Savdo aloqalari. Hindiston dengiz savdo yo'llari qulay mintaqs joylashgan edi. Bu omil ko'plab port shaharlarining paydo bo'l olib kelgan. Port shaharlari tashqi savdo rivojiga katta hissa qo'shgan. Kalikut eng yirik port shahri edi. Kalikut davlati esa eng ki davlat bo'lgan. Uning hukmdori dengiz hokimi deb atalgan. Hindistonning shaharlariga Xitoy, Misr, Arabiston va O'rta Osiyodan ko'plab dogarlar kelishardi. Shaharlar doimo chet ellik va mahalliy savdogs bilan gavjum bo'lardi. Hindiston madaniyati. Hindiston dunyo ilm-fani taraqqiyotiga eng ko'p hissa qo'shgan davlatlardan biri sanaladi. Bu mamlakatda matematika, astronomiya va tibbiyot sohasida katta yutuqli erishilgan. O'rta asrlarda qurilgan rasadxonalar bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. Hind astronomlari dunyoda birinchi bo'lib Yerning o'z o'qi atrofida aylanishini va uning shar shaklida ekanligini taxmin qilganlar. Hind matematiklari ayni shu davrda sanoqning o'nlik tizimini yaratdilar. Bu kashfiyot jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa bo'lib qo'shildi. Sayyoralarning koinotda turgan joyini aniqlab beruvchi jadvalni ham hindlar kashf etdilar. Hind tabobat allomalari o'z bilimlari, mahoratlari bilan Sharq olamida katta shuhrat qozonganlar, Ular inson bosh suyagi chanog'ini ochib, murakkab jarrohlik ishlarini amalga oshirganlar. Hind san'atida me'morchilik ham alohida o'rin tutgan. Hindiston o'zining odamlarni hayratga soluvchi ko'plab ibodatxonalari bilan dong taratgan. Bunday ibodatxonalar katta qoyatoshlar ustiga hamda g'orlar ichiga qurilgan. Download 371 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling