Kirish,,O'rta asrlar tarixi haqida


Download 371 Kb.
bet1/11
Sana13.10.2020
Hajmi371 Kb.
#133619
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O'rta asrlar tarixi haqida


KIRISH

,,O'rta asrlar tarixi" haqida.

Siz 6- sinfda ,,Jahon tarixi"ning qadimgi davrini o'rgandingiz. 7- sinfda esa ,,O'rta asrlar davri" tarixini o'qib-o'rganasiz. V-XV asrlarni o'z ichiga olgan bu davrni ,,O'rta asrlar tarixi" deb atash qabul qilingan. Bu atama qay tariqa vujudga kelgan?

XV - XVI asrlarda ijod etgan Yevropa olimlari insoniyat tarixini ,,qadimgi tarix", ,,o'rta tarix" va ,,yangi tarix"larga bo'lib o'rganishni taklif etganlar. ,,Qadimgi tarix" va ,,o'rta tarix" atamalarini o'zlarigacha o'tgan tarixga, ,,yangi tarix" atamasini esa o'zlari yashagan davrga nisbatan qo'llaganlar. Shu tariqa ,,qadimgi tarix", ,,o'rta tarix" va ,,yangi tarix" atamalari vujudga kelgan, ,,O'rta tarix" deyilganda avvalo o'rta asrlar tarixi tushuniladi.

O'rta asrlar tarixini yaratishda ham olimlar tarixiy manbalarga tayanganlar. Tarixiy manbalarning nima ekanligini Siz 5- 6-sinflar tarix darsliklaridan bilib olgansiz.



O'rta asrlar jamiyati haqida.

O'rta asrlar kishilik jamiyati Yevropada feodal, Osiyoda esa yer egaligi jamiyati (tuzumi) deb ataladi. ,,Feodal" atamasi lotincha ,,feod" so'zidan olingan, Ma'him xizmat evaziga qirol tomonidan berilgan va meros bo'lib qoladigan yer-mulkka feod deyilgan.

10a soliq sifatida to'laganlar. Shu tariqa Yevropa dehqonlari feodal oldida ikki xil majburiyatni bajarishga majbur etilgan. Dehqonlar bir feodaldan ikkinchi feodalga o'tib ishlash huquqiga ega bo'lganlar.

Ba'zi Yevropa mamlakatlarida esa dehqonlar krepostnoylarga aylantirilgan.



Yodda tuting!

Krepostnoy dehqon (qo'rg'on ichida ishlovchi) - bir feodaldan ikkinchi feodalga o'tib ishlash huquqidan mahrum etilgan, doimiy ravishda bir feodalga biriktirilib qo'yilgan qaram dehqon.

Feodal krepostnoyga nisbatan deyarli cheklanmagan huquqqa ega bo'Igan. Faqat uni o'ldirishga haqqi bo'lmagan, xolos. Chek yer otadan bolaga meros bo'lib o'tgan. Krepostnoy o'z uyiga, qo'rasiga, ish hayvonlariga, shuningdek, mehnat qurollariga ega bo'Igan.
Feodal jamiyati dastlab natural xo'jalik hukm surgan jamiyat ham edi.

Yodda tuting!

Hayot uchun zarur bo'Igan narsa va mahsulotlarning deyarli hammasini o 'zi ishlab chiqaradigan xo 'jalik natural xo 'jalik deb atalgan.

Ilk o'rta asrlarda dehqonlar qishloq xo'jalik va hunarmandchilik mahsulotlari bilan faqat o'zlarini emas, feodalning oilasini ham ta'minlaganlar. Ular dala ishlaridan bo'sh vaqtlarida gazmol, kiyim-kechak, poyafzal, ish qurollari va turli xil asbob-uskunalar tayyorlaganlar.

Natijada bozordan juda kam narsa xarid qilingan. Shuning uchun ham XI asrgacha Yevropada savdo-sotiq sust rivojlangan.

Natural xo'jalik hukmronligi markaziy hokimiyat (qirol hokimiyati)ni zaiflashtirgan. Har bir viloyatning mustaqillikka intilishiga sabab bo'Igan.

Oxir-oqibatda natural xo'jalik feodal tarqoqlikka olib kelgan.



Yodda tuting!

Feodal tarqoqlik - mamlakatning kichik-kichik davlatlarga bo'linib ketishi.



Osiyoda yer egaligi jamiyati.

Osiyoda (xususan, Vatanimiz hududida ham) yer egaligi Yevropadan farq qilgan. Osiyoda davlat hukmdori yerning oliy egasi hisoblangan. Yer maydonlarining ma'lum qismi (ayrim mamlakatlarda katta qismi) bevosita davlat mulki bo'Igan. Davlat ham, katta yer egalari ham yerlarini dehqonlarga ishlash uchun ijaraga bo'lib berganlar. Ular o'sha yerlarda yetishtirgan hosilning belgilab qo'yilgan ma'lum bir qismini yer egalariga topshirganlar.

Osiyo dehqonlarida Yevropadagidek yer egasining yerini ishlab berish majburiyati bo'lmagan.

Yevropada yog'ingarchilik ko'p bo'lganligi uchun dehqonchilik qilish oson edi. Osiyo esa bunday imkoniyatga ega bo'lmagan. Chunki yomg'ir oz miqdorda yog'gan, yog'inli kunlar, yerlarning namlik miqdori ancha kam bo'Igan. Bunday sharoitda sun'iy sug'orishsiz dehqonchilik qilib bo'lmas edi.

Shunday sharoitda Osiyoda yer egalari uchun yerlarining hammasini dehqonlarga ijaraga bo'lib berish foydali edi. Shu yo'l bilan sug'orish inshootlarini doimiy tozalab turish majburiyati dehqonlar zimmasiga yuklangan.

O'rta asrlar tarixini o'rganish.

O'rta asrlar tarixi ikki davrga bo'lib o'rganiladi. Uning birinchi davri V - XI asrlarni o'z ichiga oladi. Bu davrda Rim imperiyasi parchalanib, Yevropada yangi davlatlar tashkil topdi.

Natijada yangi jamiyat - feodal yer-mulk egaligi jamiyati qaror topib, feodal tabaqa vujudga keldi. Feodal yer-mulk munosabatlarida natural xo'jalikning rivojlanishi oqibatida esa G'arbiy Yevropada feodal tarqoqlik ro'y berdi.

O'rta asrlarning ikkinchi davri (XI - XV asrlar)da yer-mulk egaligiga asoslangan jamiyat uzil-kesil shakllandi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq xo'jalikning muhim tarmoqlariga aylana bordi. Bu omil o'rta asrlarda shaharlarning rivojlanishiga olib keldi. Natijada jamiyat hayotida shaharlar, ularning taraqqiyoti muhim rol o'ynay boshladi.

XI asr oxirlaridan boshlab G'arbiy Yevropaning dunyoning boshqa qismlaridan ajralib qolishi barham topa bordi. Bu esa uning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining tezlashishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

O'quvchiga eslatma!

Aziz o'quvchi! Darslik mavzusi matnini o'rganishga kirishishdan avval tayanch tushunchalarga diqqatingizni qarating. Ular Sizga mavzularni o'rganishingizda yaqindan yordam beradi. Har bir mavzuga qo'yilgan alohida shartli belgilar nimalarni anglatishini ham bilib oling.

I BO'LUM.

JAHON XALQLARI O'RTA

ASRLARNING BIRINCHI DAVRIDA

(V - XI ASRLAR)

I bob.

l-§.V - XI asrlarda Yevropa xalqlari



Xalqlaning buyuk ko'chishi va uning oqibatlari.

Tayanch tushunchalar!

Xalqlaring buyuk ko'chishi. Uning oqibatlari.

Germanlar G’arbiy Rim imperiyasining barham toptirishi.

Buyuk ko'chish haqida.

IV - VI asrlar Yevropa tarixiga xalqlarning buyuk ko'chishi nomi bilan kirgan. Ko'chish natijasida xalqlarning yashash hududlari keskin o'zgarib ketgan. Bunday ko'chishga quyidagi omillar sabab bo'lgan:

Birinchidan, ko'pgina xalqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar o'sgan. Bu hodisa, ayniqsa, German qabilalarida kuchli bo'lgan. Oqibatda Germanlarda yangi-yangi yerlarga talab kuchaygan. Bu talabni o'zgalar yerini egallab olishsiz qondirib bo'lmas edi.

O'sha davrlarda G'arbiy Rim imperiyasi holdan toygan edi.

Bu hol germanlarga imperiya hududlarini asta-sekin egallab olish, bora-bora butunlay istilo qilish uchun sharoit yaratgan.

Ikkinchidan, Sharqda yashovchi qudratli ko'chmanchi Xun qabilalarining G'arbga istilochilik yurishi boshlangan. Kuchsiz qabilalar o'zlari yashayotgan joylarni tashlab, boshqa yurtlarga ko'chishga majbur bo'lganlar.

Uchinchidan, tabiatdagi iqlimo'zgarishlari ham buyuk ko'chishga sabab bo'lgan. Bu o'zgarishlar ob-havoning keskin sovishi bilan bog'liq edi. Ekin maydonlari tobora ko'proq yaroqsiz holga kela boshlagan. Turli qabilalar yashash uchun iqlimi qulay joylarga ko'chishga majbur bo'lgarlar.

Yodda tuting!

IV-VI asrlar Yevropa tarixiga xalqlarning buyuk ko 'chishi nomi bilan kirgan.

Buyuk ko'chish oqibatlari.

Buyuk ko'chish davrida german qabilalari G'arbiy Rim imperiyasi hududlarini istilo qildilar. Zulmdan aziyat chekkan qullar va boshqa ezilgan tabaqalar ularga yordam berganlar.

Oxir-oqibatda G'arbiy Rim imperiyasi halokatga yuz tutgan. G'arbiy Rim imperiyasining qulashi shunchaki bir davlatning qulashigina emas edi.

Bu, ayni paytda, asrlar davomida hukm surib kelgan quldorlik tuzumining Yevropada barham topishi ham edi. Endi Yevropada yangi jamiyat (yuqorida siz nomini bilib olgan) — feodal jamiyati qaror topa boshladi.

Bundan tashqari, xalqlarning buyuk ko'chishi oqibatida turli xalqlarning bir-biri bilan aralashuvi yuz berdi. Ularning madaniy qiyofasi ham keskin o'zgardi.

Germanlarning G'arbiy Rim imperiyasi taqdirida tutgan o'rni.

Hech qanday moddiy manfaatga asoslanmagan qullar mehnatining samarasizligi G'arbiy Rim imperiyasini tobora zaiflashtirgan.

Ayni paytda olib borilgan tinimsiz istilochilik urushlari imperiyani holdan toydirgan. Bora-bora imperiya hatto istilochilik urushlari olib borishga ham qodir bo'lmay qolgan.

Endi u o'z chegaralarini o'zgalar hujumidan bazo'r himoya qilishga majbur edi. Imperiyadagi bu ahvol german qabilalarining bostirib kirishiga juda qulay sharoit yaratgan.

Bu davrda germanlarda urug'chilik tuzumining so'nggi bosqichi davom etardi. German qabilalari bo'lgan vandallar, gotlar, franklar, angl va sakslarning qudrati tobora ortib borgan. Kuchsizlanib qolgan G'arbiy Rim imperiyasi german qabilalari siquviga bardosh bera olmagan. German qabilalari harbiy kuchlari boshliqlaridan bin Odoakr 476- yilda Rimning so'nggi imperatori go'dak Romul Avgustulni taxtdan tushirdi. Shu tariqa G'arbiy Rim imperiyasi barham topgan.

Vandallar sobiq imperiyaga qarashli Shimoliy Afrikani, g'arbiy gotlar (vestgotlar) Ispaniyani, sharqiy gotlar (ostgotlar) Italiyani, franklar Galliyani, angl va sakslar esa Britaniyani egallab oldilar. Shu joylarda o'z davlatlarini barpo etdilar.



Yodda tilting!

G'arbiy Rim imperiyasining qulashi Yevropada yangi davlatlar qaror topishiga asos bo'ldi.

2-§. Franklar davlatining tashkil topishi

Tayanch tushunchatar

Franklar.

Franklar davlati. Qirollik davlati. ,,Sali haqiqati".

Franklar haqida. ,,Frank" so'zi - jasur, erkin degan ma'-nolarni anglatadi. Bu atama qator german qabilalariga nisbatan qo'llaniladigan umumiy nom edi. Franklar asosan Reyn daryosining o'rta va quyi oqim bo'ylarida yashaganlar.

Franklar dengiz bo'yi (sail) va qirg'oq (ripuar) franklariga bo'linganlar.

Franklarning G'arbiy Rim imperiyasi bilan munosabatlari bir xilda kechmagan. Ular bir-birlari bilan ba'zan dushman, ba'zan ittifoqchi bo'lganlar.

Sali franklari ancha kuchli edi. Ular Xlodvig hukmronlik qilgan yillarda (481-511) nihoyatda kuchaygan.

Davlatning tashkil topishi. Xlodvig tez orada barcha frank qabilalari ustidan hukmronlik o'rnatgan va 486- yilda Shi-moliy Galliyani egallagan. Shu tariqa Franklar davlati (hozirgi Fransiya shu nomdan olingan) tashkil topgan.

Bu davlat qirollik davlati edi.

Yodda tuting

4S6- yilda Franklar davlati tashkil etildi. davlatning asoschisi bo'ldi.

Qirol Xlodvig Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukm-ronligiga asos solgan. Sulola nomi Xlodvigning ajdodi Merovey nomidan olingan. U sali franklariga yetakchilik qilganlardan biri edi.

Qirol hokimiyati tobora kuchayib borgan. U davlat boshqaruvining barcha sohalarini o'z qo'liga olgan. Uning hokimiyati yirik yer egaligiga va harbiy kuchga asoslangan. Davlatni o'z mulki kabi boshqargan. Xlodvig mamlakatni viloyatlarga bo'lgan. Ularni qirol tayin-laydigan graflar boshqargan.

,,SaIi haqiqati". ,,Sali haqiqati" franklar qonunlari to'plami edi. To'plam franklarning asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganliklaridan dalolat beradi.

Qonunga ko'ra yer ikki qismga: shaxsiy yerlar va jamoa yerlariga bo'lingan. Yaylov hamda o'rmonlardan esa hamma birgalikda foydalangan.

Ayollarga yer berish yoki meros qoldirish taqiqlangan. Bunda ayollarning vaqti kelib urug'dan chetga chiqib ketishlari hisobga olingan.

,,Sali haqiqati" odamlar o'rtasida tabaqalanish ro'y berganligini tasdiqlaydi. Chunonchi, qirol jangchilarining xuni oddiy erkin frank xunidan uch marta ko'p bo'lgan. ,,Sali haqiqati"ga ko'ra o'ldirilgan urug' a'zosi uchun o'ldirgan urug' xun to'lagan.

Xristian dinining qabul qilinishi. Xlodvig uzoqni ko'ra oluvchi hukmdor bo'lgan. Bu xususiyat uning dinga munosabatida ham qo'l kelgan. Xlodvig va uning qurolli kuchlari 486: yilda xristian dinini qabul qildilar. Tez orada barcha franklar shu dinga o'tganlar. Bu hodisa qirollikning yanada mustahkamlanishiga sharoit yaratgan. Nufuzli ruhoniylar Xlodvigni qo'llab-quvvatlaganlar.

VI asrning ikkinchi yarmiga kelib Frank qirolligi barcha german qirolliklari ichida eng kattasi va qudratlisiga aylangan.

Katta yer egaligining o'sishi. Franklarda katta yer egaligining qaror topishi tobora kuchayib borgan. Bu jarayon IX asrga kelib tugallangan. Jamiyat katta yer egalari (feodallar) va qaram dehqon-(krepostnoy)larga bo'lingan.

Bu hodisa qay tariqa yuz bergan?

VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklarda yer xususiy mulkka aylandi. Bu - yeri bor mulkdor o'z yerini xohlasa o'zida

qoldirish, xohlasa sotish, almashtirish, taqdim etish yoki meros qoldirish, yana yer sotib olish huquqiga ega, degani edi. Bunday taitibdan kam yerli oddiy, erkin franklar eng ko'p jabr ko'rganlar.

Tabiiy ofatlar, tinimsiz urushlar, qarzga botib qolish, soliqlarni to'lay olmaslik va boshqa qator omillar ularni xonavayron qilgan. Natijada oddiy, erkin frank o'ziga tegishli yerni boy qo'shnisiga arzon-garovga sotishga majbur bo'lgan.

Bundan tashqari, o'z qo'shiniga ega bo'lish huquqi bor bo'lgan graflar jangchilarga xizmati uchun yer berar edilar. Ular o'z yerlarini kengaytirish maqsadida qashshoqlashib qolgan erkin franklardan yerlar sotib olardilar.

Yeridan ajralgan sobiq erkin frank katta yer egalariga qaram krepostnoyga aylanardi. Yer egasi unga chek yer bergan. Krepostnoy endi ham o 'zining chek yerida, ham katta yer egasining yerida ishlashga majbur bo'lgan. Chek yerda yetishtirgan hosilining bir qismini feodalga soliq sifatida to'lagan. Shu tariqa feodal majburiyat shakllari bo'lgan barshchina va obrok vujudga kelgan.

Atamalar mazmunini bilib oling

Barshchina - qaram dehqonning feodal yerini ishlab berishi.

Graf - viloyat hokimi.

Obrok - qaram dehqonning o'ziga berilgan chek yerda yetishtir¬gan hosilning feodalga soliq sifatida to'laydigan qismi.

Qirollik davlati - oliy hokimiyatni meros tariqasida o'z qo'lida tutuvchi hukmdor boshqaradigan davlat.

3-§. Franklar imperiyasi

Tayanch tushunchalar

Karolinglar sulolasi. Buyuk Karl imperiyasi. Imperiyaning parcha-lanishi. Verden shartnomasi.

Karolinglar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi.

Merovinglar sulolasi hokimiyati Xlodvig vafotidan so'ng tobora zaiflashib borgan. Bunga katta yer egaligining kuchayib borishi va o'zaro urushlar sabab bo'lgan. Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukmronligi 751 - yilgacha davom etgan.

751- yilda Franklar davlatida yangi sulola - karolinglar sulolasi hukmronligi boshlangan. Sulola asoschisi Pipin 751 - yilda Frank qiroli deb e'lon qilingan.

Qirol Pipin Rim cherkovi bilan do'stona munosabat o'rnatgan. Rim Papasining ko'rsatmasi bilan Pipinni qirol deb tan olish marosimi o'tkazilgan.

Pipin esa Rim Papasi Stefan II ga Rim viloyatini hadya etgan. Shu tariqa VIII asr o'rtalariga kelib Yevropada Rim Papasi davlati vujudga kelgan.

Uddaburon Pipin mana shu yo'l bilan cherkovning qo'Ilab-quvvatlashiga erishgan.

Buyuk Karl hukmronligi. Pipin 768- yilda vafot etgach, taxtga o*g*li Karl o'tiradi. Unga keyinchalik Frank davlati oldidagi xizmatlari uchun ,3uyuk" laqabi berilgan. U mohir sarkarda, davlat arbobi, jasur, zabardast va matonatli shaxs bo'lgan.

O'rta asrlarda Buyuk Karl to'g'risida juda ko'p afsonalar to'qilgan, qo'shiqlar yaratilgan. Ularda uning qahramonliklari, adolatparvarligi va donoligi madh etilgan.

Buyuk Karlning istilochilik urush-lari. Buyuk Karl hukmronligi yillarida (768-814) 50 dan ortiq harbiy yurishlar uyushtirgan. Bular istilochilik urushlari edi. 772- yilda u dastlab Italiya hududida tashkil "topgan Langobardlar qirolligiga qarshi yurish boshlagan. 776- yilda qirollik hu-dudlari Franklar davlati tarkibiga qo'shib olindi.

778- yilda Ispaniyaga qarshi yurish qilgan. Bu davrda Ispaniyada arablar hukrnronlik qilardi.

Buyuk Karl oxir-oqibatda bu mamlakatrung kichik bir viloyatini egallay oldi, xolos.

Unga Ispan markasi deb nom berilib, keyinchalik bu viloyat Barselona grafligi deyilgan.

Buyuk Karl sakslarni bo'ysundirish uchun ko'p kuch sarflagan. Sakslar franklardan keyingi eng katta german qabilasi bo'lgan edi. Ular Reyn daryosidan Elba daryosigacha cho'zilgan juda katta hududda yashar edilar. U yerlar serunum bo'lganligi sababli frank feodallarini bosqinchilik urushlariga undar edi.

Franklar davlati sakslarni bo'ysundirmasdan turib, Boltiq dengiziga chiqa olmas, shuningdek, bu dengiz orqali olib boriladigan savdo-sotiq ishlarida yetakchi o'rinni egallay olmasdi. Dengiz savdosidan tushadigan katta bojga ham egalik qilolmasdi. Sakslarga qarshi olib borilgan urush 30 yildan ortiq davom etdi (772 - 804). Sakslarni bo'ysundirishda Franklar davlatiga Rim cherkovi ham yordam bergan.

Bundan tashqari, Buyuk Karl katta yer maydonlari in'om etish hisobiga saks zodagonlarini o'z tomoniga og'dirib olgan.

Nihoy at, sakslar bo 'y sundirilgach, ularning y erlarida ham grafliklar tuzilgan.

Buyuk Karl imperiyasi. Shu tariqa Frank qirolligi hududlari nihoyatda kengaya borgan. Bunga Buyuk Karl va uning safdoshlari 476- yilda barham topgan G'arbiy Rim imperiyasining qayta tiklanishi sifatida qaraganlar.

Endi Buyuk Karl imperatorlik tojini orzu qila boshlaydi. Tez orada uning bu orzusi ro'yobga chiqqan.

Rim Papasi 800- yilda Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasida Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydirgan. Shu davrdan boshlab u rimliklar imperatori deb atala boshlangan. E'tibor bering, u franklar imperatori emas, rimliklar imperatori deb e'lon qilindi. Nega shunday bo'ldi, axir bu davrda rimliklar degan xalq yo'q edi-ku? Bu Rim imperiyasi davri an'a-nasining IX asrda ham odamlarga hamon katta ta'sir ko'rsatishda davom etganligining natijasi edi.

O'sha davrning boshqa mashhur imperiyalari - Vizantiya imperiyasi va Arab xalifaligi ham tez orada Buyuk Karl imperatorligini tan olgan.

Yodda tilting

800- yilda Buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi.

Imperiyaning parchalanishi. Bu davrda katta yer egalari — feodallarning mavqei yanada kuchayib borgan.

Chunki Buyuk Karl bora-bora harbiy xizmatni faqat feodallar imtiyoziga aylantirgan. O'z navbatida bu omil imperatorni franklar jamiyatining asosiy tayanchi bo'lgan erkin franklar madadidan mahrum etgan.

Feodallarga harbiy xizmati evaziga istilochilik urushlari natijasida egallangan katta-katta yer maydonlari in'om etilgan. Bu yerlar otadan bolaga meros bo'lib o'tgan.

Yirik feodallar o'nlab, yuzlab qishloqlarga egalik qilganlar. Imperator tomonidan immunitet yorliqlarinmg berilishi ularning mav-qeini yanada oshirgan. Feodallar bora-bora markaziy hokimiyatga bo'ysunmay qo'yganlar. Ayni paytda o'zlarining mahalliy hokimiya-tini mustahkamlab borganlar.

Yevropa shu tariqa DC - XI asrlarni o'z ichiga olgan feodal tarqoqlik davrini boshidan kechirgan.

Buyuk Karl 814- yilda vafot etgan. Uning vafotidan so 'ng imperiyaning parchalanish jarayoni yanada kuchaygan, taxt vorislari o'rtasida o'zaro kurash avj olgan. Bu omillar markaziy hokimiyatni tobora zaiflashtirgan.

Verden shartnomasi. Oxir-oqibatda Buyuk Karlning uch nabirasi (Lotar, Lyudovik Nemis va Karl) 843- yilda Verden shahrida imperiyani bo*lish haqidagi shartnomani imzolaganlar. Buning natijasida imperiya amalda bir-biridan mustaqil uch davlatga bo'lingan. Bular: Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari edi. Buyuk Karl tuzgan imperiya shu tariqa parchalangan.

Yodda tuting

843- yilda imperiya bir-biridan mustaqil uch davlatga bo 'lindi.

Karolinglar sulolasining Fransiyadagi hukmronligi 987-yilgacha davom etgan. 987- yilda Parij viloyatining birinchi grafi bo'lgan Robert Zo'rning avlodi Gugo Kapet Fransiya taxtini egallagan. Shu tariqa Fransiyada yangi sulola - kapetinglar sulolasi hukmronligi boshlangan.

Bu sulola vakillari yana bir necha asrlardan so'nggina Fransiyani to'la birlashtira olganlar va markazlashgan davlat barpo etganlar.

Atama mazmunini bilib oling

Immunitet yorlig'i - feodallar yer-mulkining daxlsizligi ha-qidagi hujjat.

4-§. Muqaddas Rim imperiyasi

Tayanch tiishunchalar

Germaniya imperiyasining tashkil topishi. Muqaddas Rim impe-riyasi. Imperatorlar va Rim Papasi o'rtasidagi kurash. Vorms konkordati.

Karolinglar hukmronligi davri. Muqaddas Rim imperiyasi deyilganda Germaniya imperiyasi tushuniladi. Verden shartnomasiga ko'ra, ,,Sharqiy franklar yerlari" (Germaniya) Buyuk Karlning nabirasi Lyudovik Nemisga tekkan edi. Karolinglar sulolasi Germaniyada 919- yilgacha hukmronlik qildi. Garchand kechroq bo'lsa-da, Germaniyada ham feodal tartiblar qaror topgan.

Gersog va graflar yirik feodallardan bo'lib, ular qirol hokimiya-tining zaiflashuvidan birinchi navbatda manfaatdor edilar. Oxir-oqibatda ular shunga erishganlarki, karolinglar sulolasi hokimiyati Germaniyada hech qanday ahamiyatga ega bo'lmay qolgan.

Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi. 919- yilda Germaniya feodallari Saksoniya gersogi Genrix I ni qirollik taxtiga o'tqazganlar. Shu tariqa Germaniyada saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi davri boshlangan.

Genrix I hukmronligi davrida qirol hokimiyati kuchaydi. Bunga uzluksiz istilochilik urushlari olib borilganligi sabab bo'ldi. Bu urushlar feodallarni o'z kuchlarini birlashtirishga majbur etardi. Qirol feodallar uchun qo'shin sarkardasi sifatida zarur edi. Bu hoi ularni istasa-istamasa qirol hokimiyatiga bo'ysunishga majbur etardi.

Qolaversa, Germaniyada qirol hokimiyati ko'p sonli, uyushgan ritsarlarga tayanardi. Genrix I ning bosqinchilik urushlari natijasida qirollik hududlari yanada kengaygan.

Germaniya imperiyasining tashkil topishi. 936- yilda Germaniya taxtiga Otton I o'tirdi. U Genrix I ning o'g'li edi. Ot¬ton I davrida qirol hokimiyati yanada kuchaydi. Hokimiyat bunga cherkov bilan do'stona aloqa o'rnatish, qarindosh-urug'chilik munosabatlarini yo'lga qo'yish vositalari orqali erishdi. Yepis-koplarga immunitet huquqini berdi. Ularga ko'plab yer taqdim etdi,

Otton I otasining bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Chunonchi, 951- yilda Shimoliy Italiyani egallashga muvaffaq bo'ldi.

Rim Papasi bilan yaxshi munosabatda ekanligi Otton I ning Italiyani egallashida qo'l keldi.

Bu davrda Papaning Italiya feodallari bilan munosabati buzilgan edi. 961- yilda Otton I Rim Papasi loann XII ni Papa taxtiga o'tqazdi.

Rim Papasi minnatdorchilik eva-ziga 962- yilda Otton I ga imperatorlik tojini kiygazdi. Shu tariqa Germaniya imperiyasi tashkil topdi.

Buyuk Karlga imperatorlik toji kiydirilib, u Rim imperatori deb e'lon qilinganidek, Otton I ham Rim impe¬ratori deb e'lon qilindi.

Yangi imperiyaga ,,Muqaddas Rim imperiyasi" degan nom berildi.

Yodda tuting

962- yilda Germaniya imperiyasi tashkil lopdi. U ,,Muqaddas Rim imperiyasi" deb ataldi. Imperiya asoschisi Otton I edi.

Imperatorlik unvoni Otton I ga butun Italiya ustidan o'z nazoratini o'rnatish huquqini berdi. Otton I qo'shni imperiya - Vizantiya bilan munosabatlarini nikohlar orqali yaxshilashga erishdi.

Otton I vafotidan so 'ng taxt vorislari otasidek hukmdor bo' la olmadilar. Bu saksoniyaliklar sulolasi hokimiyatini yanada zaiflashtirdi. Gersoglar o'z knyazliklarini to'la mustaqil hukmdorlar sifatida boshqara boshladilar.

Yangi sulolaning hokimiyat tepasiga kelishi. Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi 1024- yilda barham topdi. Shu yili Germaniyada Frankoniya sulolasi hukmronligi o'rnatildi. Frankoniya Germaniyaning Saksoniyadan keyingi ikkinchi yirik gersogligi edi. Konrad n yangi sulola hukmronligiga asos soldi. Uning hokimiyati ritsarlarga tayanar edi.

Konrad II ritsarlarga beriladigan chek yerlar (len)ni meros qoldirish to'g'risida qonun chiqardi. Bu qonun Italiya va Germaniyada joriy etildi.

Frankoniya sulolasi hukmronligi (1024 - 1125) davrida imperiyani yuksaltirish va markazlashtirish borasida muvaffaqiyatlarga erishildi. Biroq bu muvaffaqiyatlarbora-bora feodallar va ruhoniylarning o'zaro kurashlari natijasida yo'qqa chiqarildi.

Sulola va Rim papalari o'rtasidagi ziddiyat. Rim Papasi Rim ruhoniylari va dunyoviy feodallar tomonidan saylanar edi. Bu esa hokimiyatning Papa sayloviga aralashishiga yo'l ochib berardi.


Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling