Kislota-asosli reaksiyalarning analizda ishlatilishi 1-§. Kislota va asoslar haqida hozirgi zamon tushunchalari


Bufer aralashmalarning pH ini aniqlash


Download 167.43 Kb.
bet10/11
Sana05.11.2023
Hajmi167.43 Kb.
#1748840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-KISLOTA-ASOSLI reaksiyalarda muvozanat

Bufer aralashmalarning pH ini aniqlash Bufer aralashmalari eritmalaridagi vodorod ionlari konsentratsiyasi muhim kattalik bo‘lganligi uchun ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumki, muayyan konsentratsiyali kuchsiz kislota (asos) eritmasiga shu kislota (asos)ning muayyan konsentratsiyali tuzi eritmasidan qo‘shsak, bu eritmalar o‘zaro bir-birovini suyultiradi, natijada ularning konsentratsiyalari kamayadi.
Masalan, 30 ml 0,1 M sirka kislota eritmasiga 50 ml 0,3 M natriy atsetat qo‘shildi deylik. Bunda konsentratsiya kamayishini quyidagicha baholash mumkin:
CHAn = (30/80)·0,1=0,0375 M/l; CNaAn = (50/80)·0,3= 0,1875 M/l,
bu yerda 80 eritmaning umumiy hajmi. Olingan misolda H+ ionlari sirka kislotaning dissotsiatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi, shuning uchun quyidagi muvozanatni ko‘rib chiqamiz:
CH3COOH ↔ CH3COO- + H+ (15)
va unga massalar ta’siri qonunini tatbiq etsak:
(16)
formula yuzaga keladi. Muvozanat tenglamasiga ko‘ra [H+]=[CH3COO-] ekanligi ma’lum. Dissotsilanmay qolgan kislotaning konsentratsiyasi:
[CH3COOH] = CHAn - [H+]. (17)
Odatda tuz to‘la dissotsilanadi:
CH3COONa  CH3COO- + Na+.
Shuning uchun ham [CH3COO-] har ikkala muvozanatda hosil bo‘lganligi uchun:
[CH3COO-] = Ctuz + [H+] (18) bo‘ladi.
Hosil qilingan qiymatlarni yuqoridagi (16) tenglamaga qo‘ysak:
K (19)
hosil bo‘ladi. (16) tenglamada yig‘indi va ayirmadagi [H+] qiymatlar kichik son bo‘lganligi uchun ularni tashlab yuborib (katta bo‘lsa, tashlab yuborish mumkin emas) ko‘paytmadan [H+] ni topsak:
(20)
Bundan pH topilsa: pH=pKkis - lgCkis + lgCtuz. (21)
Xuddi shunday kuchsiz asos va uning tuzidan iborat bo‘lgan bufer sistemaning pH qiymatini hisoblash mumkin, bunda pH+pOH=14 formuladan foydalaniladi: pH=14-pKasos+lgCasos-lgCtuz. (22)
Analitik kimyoda bufer sistemalar eritmaning pH qiymatini aniq qiymatda saqlash va reaksiyaning to‘laligini ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Ko‘pchilik bufer aralashmalarning pH qiymatlari quyidagicha:
Atsetatli bufer –(CH3COOH+CH3COONa) -4,8;
formiatli bufer – (HCOOH+HCOONa) -3,8;
ammiakli bufer –(NH4OH+NH4Cl) -9,2;
fosfatli bufer –(NaH2PO4+Na2HPO4) -6,6 va h.k.z.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, har qanday aralashma ham bufer aralashma bo‘lolmaydi. Bufer aralashma tarkibida xalaqit beruvchi ionlar yoki aniqlanishi kutilayotgan ionlar (moddalar) bo‘lsa, bunday buferni ishlatib bo‘lmaydi. Bufer aralashmalar analiz qilinadigan moddaning (ob’yektning) tabiati, tarkibi va reaksiya uchun zarur bo‘lgan pH qiymati asosida tanlanadi.
Bufer eritma o‘simlik va hayvon organizmida muxim ahamiyatga ega. qon, limfa va boshqa suyuqliklarning pH qiymatini bufer eritmalar bir xilda saqlab turadi. Bufer eritmalar tayyorlashda xlorid kislota, kaliy xlorid, natriy gidrofosfat, natriy digidrofosfat, o‘yuvchi natriy, borat kislota va boshqalar qo‘llaniladi.

Download 167.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling