Kislota-asosli reaksiyalarning analizda ishlatilishi 1-§. Kislota va asoslar haqida hozirgi zamon tushunchalari
Bufer aralashmalarni analizda ishlatilishi
Download 167.43 Kb.
|
5-KISLOTA-ASOSLI reaksiyalarda muvozanat
Bufer aralashmalarni analizda ishlatilishi. Sifat analizida pH qiymati 3,7 dan 9,3 gacha bo‘lgan bufer eritmalar ishlatiladi.
Vodorod sulfidli usul bo‘yicha III analitik guruh kationlarini 1 va 2-guruh kationlaridan ajratishda kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo‘lgan ammiakli bufer eritma qo‘llaniladi. Bunda pH ning qiymati 8 dan 8,5 gacha bo‘ladi. Agar cho‘ktirishni pH <6 qiymatida olib borilsa, III guruh kationlarini to‘liq cho‘ktirib bo‘lmaydi. Protolitik nazariya bo‘yicha bufer eritmalar deb kuchsiz kislota (asos) va u bilan bog‘langan asos (kislota)ni yetarlicha yuqori konsentratsiyali eritmalariga aytiladi. Klassik nazariya bo‘yicha bufer eritmalar-bu kuchsiz kislota va uning bir ismli tuzi yoki kuchsiz asos va uning bir ismli tuzi eritmalari, yoki ko‘p protonli kislota tuzlari aralashmasidir. Bufer eritma vazifasi-eritma pH ini eritmaga oz miqdorda kuchli kislota yoki asos kiritilganda , suv bilan suyultirilganda doimiy holda o‘zgartirmasdan ushlab turishdir. Agar suvda eritilgan moddada suv molekulasiga nisbatan protono-donorlik xususiyati kuchsizroq bo‘lsa, u holda eritilgan modda suvli eritmada asos xossasini namoyon qiladi: CH3COOH + H2O CH3COO- + H3O+ (23) kisl.1 + asos.2 asos.1 + kisl.2. NH3 + H2O NH4++ OH- (24) asos.1 + kisl.2 kisl.1 + asos.2. Agar suvli eritmada suv molekulasiga nisbatan proton-donorlik xossasi kuchli bo‘lgan boshqa eritilgan modda bo‘lsa, u holda reaksiyada suv emas, balki ana shu modda ishtirok etadi: CH3COOH+NH3CH3COO-+NH4+ (25) kisl.1 + asos.2 asos.1 + kisl.2 Kislota har doim birinchi galda kuchliroq asos bilan reaksiyaga kirishadi, asos esa kuchlirok kislota bilan reaksiyaga kirishadi, shuning natijasida kuchsizroq kislota va kuchsizroq asos hosil bo‘ladi. Protolitik nazariya bo‘yicha har doim yangi asos va yangi kislota hosil bo‘ladi. Arrenius nazariyasi bo‘yicha tuz va suv hosil bo‘lar edi. Har bir bog‘langan juftning kislota-asos xossalarini umumiy holda xarakterlash mumkin emas, balki faqat aniq erituvchida, masalan, xususiy holda suvda xarakterlash mumkin. Masalan, (23) reaksiya uchun muvozanat konstantasi ifodasini quyidagicha yozish mumkin: Ka-sirka kislotasining dissotsilanish konstantasidir. Ka-kattalikning qiymati kislota kuchining ushbu erituvchida (faqat shu erituvchida) gi qiymati haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. Ka qiymati qancha katta bo‘lsa zarrachaning kislota xossalari shuncha katta bo‘ladi. Bufer eritmaning effektiv ta’siri Sa:Sv nisbatning 10:1 dan 1:10 oralig‘ida saqlanadi,ya’ni pH intervali: pH=pKa±1 yoki pH=14-pKv±1 bo‘ladi. Har qanday bufer aralashma ma’lum bir miqdor kislota yoki ishqor qo‘shilguncha pH ining doimiyligini saqlab turadi, ya’ni ma’lum bufer sigimga ega bo‘ladi.6> Download 167.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling