Kislota-asosli reaksiyalarning analizda ishlatilishi 1-§. Kislota va asoslar haqida hozirgi zamon tushunchalari


Download 167.43 Kb.
bet9/11
Sana05.11.2023
Hajmi167.43 Kb.
#1748840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-KISLOTA-ASOSLI reaksiyalarda muvozanat

Bufer mexanizmi.Bufer eritmalarni bir ismli ioni bor elektrolitlar aralashmasi deb qarash mumkin. Bufer eritmalar qatoriga ammiakli (NH4Cl+NH3), atsetatli (CH3COOH+CH3COONa), karbonatli (Na2CO3+NaHCO3) va boshqa bufer sistemalar kiradi.
Bufer aralashmaga biror kislota yoki ishqordan oz miqdorda qo‘shilsa, vodorod va gidroksil ionlari o‘zaro ta’sirlashadi va kuchsiz elektrolit hosil bo‘ladi.
Masalan, CH3COOH + CH3COONa ga kislota qo‘shilsa, kislota CH3COONa bilan reaksiyaga kirishadi:
CH3COONa + HCl  CH3COOH + NaCl,
Agar unga ishqor qo‘shilsa, ishqor CH3COOH bilan ta’sirlashadi:
CH3COOH + NaOH  CH3COONa + H2O.
Boshqa bufer aralashmalarga kislota yoki ishqor qo‘shilganda ham xuddi shunga o‘xshash reaksiyalar amalga oshadi. Bu xildagi reaksiyalar bufer mexanizmini tasvirlaydi. Bunday reaksiyalar natijasida eritmadagi [H+] ionlari konsentratsiyasi sezilarli o‘zgarmaydi. Biroq bu qo‘shiladigan kislota yoki ishqorning miqdori (konsentratsiyasi va hajmi)ga bog‘liq. Agar bufer aralashmaga ko‘p miqdorda kislota yoki ishqor qo‘shilsa, eritmaning pH qiymati sezilarli darajada o‘zgaradi. Bufer aralashmalar tarkiblariga ko‘ra turlicha bufer ta’siriga ega.
Ammiakli bufer eritmalarning bufer ta’sirini quyidagi reaksiyalar yordami bilan tushuntirish mumkin. Bufer eritmaga kuchli ishqor, masalan, NaOH ta’sir eetirilsa kuchsiz asos hosil bo‘ladi.
NH4Cl + NaOH  NH4OH + NaCl
Bufer eritmaga kuchli kislota, masalan HCl ta’sir ettirilsa suv va tuz hosil bo‘ladi.
NH4OH + HCl  2NH4Cl + H2O
Bufer sigimi. Yuqorida yozilgan tenglamalar asosida bufer eritma har qanday miqdordagi kislota yoki ishqor ta’siridan ham o‘zining pH qiymatini saqlab qoladi degan xulosa kelib chiqmaydi. Binobarin, bufer aralashmalarni kislota yoki ishqorga ko‘rsatayotgan qarshilik kuchi bilan farqlash mumkin.
Eritmalarning buferligini o‘lchash uchun bufer sigimi degan tushuncha kiritilgan. Bufer eritmalarning sigimi qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p miqdordagi kislota yoki ishqor ta’siridan o‘z pH qiymatini saqlay oladi. 1 l bufer eritmaga qo‘shilganida eritma pH ini 1 kattalikka o‘zgartirish uchun sarflanishi kerak bo‘lgan kuchli kislota yoki asosning g-ekvivalentlar soni ayni eritmaning bufer sigimi deb ataladi.

B-bufer sigim, C-kuchli kislota yoki kuchli asosning g-ekv soni.
pH1 – bufer eritmaning ishqor yoki kislota qo‘shilishidan oldingi vodorod ko‘rsatkichi
pH2 – ishqor yoki kislota qo‘shilgandan keyin pH ning qiymati.
Agar ikki xil bufer aralashmaga bir xil miqdordagi kislota yoki ishqor eritmasi tomizilsa, bu eritmalardan birining pH qiymati ikkinchisinikidan kamroq o‘zgarsa, aralashmaning bufer sig‘imi katta hisoblanadi. Bufer sistema eritmasining sig‘imi, uning tarkibiy qismlarining konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib, konsentratsiya ortishi bilan eritmaning bufer sig‘imi ortadi.
Bufer aralashmaning pH qiymatini bir birlikka o‘zgartirish uchun sarf bo‘lgan kislota yoki ishqor miqdoriga eritmaning bufer sig‘imi deyiladi. Agar ikki xil bufer aralashmaga bir xil miqdordagi kislota yoki ishqor eritmasi tomizilsa, bu eritmalardan birining pH qiymati ikkinchisinikidan kamroq o‘zgarsa, aralashmaning bufer sig‘imi katta hisoblanadi. Bufer sistema eritmasining sig‘imi, uning tarkibiy qismlarining konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib, konsentratsiya ortishi bilan eritmaning bufer sig‘imi ortadi.

Download 167.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling