Kislota-asosli reaksiyalarning analizda ishlatilishi 1-§. Kislota va asoslar haqida hozirgi zamon tushunchalari
-§. Bufer eritmalar va ularning analizda ishlatilishi
Download 167.43 Kb.
|
5-KISLOTA-ASOSLI reaksiyalarda muvozanat
5.3-§. Bufer eritmalar va ularning analizda ishlatilishi.
Agar biror kislota yoki ishqor eritmasiga erituvchi - suv qo‘shilsa, eritmadagi vodorod va gidroksil ionlarining konsentratsiyalari mos ravishda kamayadi. Masalan, 0,001 n. HCl eritmasini 10 marta suyultirsak, eritmadagi kislotaning konsentratsiyasi 10 marta kamayadi, ya’ni 0,001:10=0,0001 mol/l bo‘ladi. Agar shunday eritmaga teng hajmli kuchliroq kislota eritmasi qo‘shilsa, vodorod ionining konsentratsiyasi ortadi. Agar 0,01 n. HCl eritmasiga teng hajmli 0,01 n. NaOH eritmasi qo‘shilsa, eritma neytrallanadi. Kuchsiz kislota va uning tuzi, kuchsiz asos va uning tuzi aralashmasining suvdagi eritmasida [H+] va [OH-] ularning mutlaq miqdorlariga emas, balki ular tuzlarining o‘zaro nisbatlariga bog‘liq. Demak, [H+] qiymati kattaligi bunday aralashmalarda suyultirishga bog‘liq emas. Agar biror kislota va uning tuzi eritmasi 10 marta suyultirilsa, eritmadagi tarkibiy qismlar konsentratsiyalari 10 marta kamayadi, biroq aralashmadagi kislota va uning tuzi orasidagi o‘zaro nisbat o‘zgarishsiz qoladi va [H+] kattalik o‘zgarmaydi. Ayrim eritmalarni suyultirish natijasida ham, kislota yoki ishqor eritmalaridan oz miqdorda qo‘shganda ham vodorod ionlari konsentratsiyasi o‘zgarishsiz qoladi. Eritmalarning bunday xossasi bufer ta’siri deyiladi. Bir vaqtning o‘zida qandaydir kuchsiz kislota (asos) va uning tuzi bo‘lgan va bufer ta’siri ko‘rsatayotgan eritmalarga bufer eritmalar deyiladi. Kimyoviy analiz vaqtida cho‘ktirish, eritish, rangli birikmalar hosil qilish kabi turli jarayonlarda eritmadagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi va pH zaruriy qiymatda saqlab turish kerak. Buning uchun analitik reaksiyalarni bufer eritmali muhitda olib borish tavsiya etiladi. Bufer eritmalarning pH qiymati eritma suyultirilganda yoki konsentratsiyasi oshirilganda aralashmaga kislota yoki ishqor qo‘shilganda nihoyatda kam o‘zgaradi. Bufer eritmalar uch xil bo‘ladi: a) Kuchsiz kislota va uning kuchli asos bilan hosil qilgan tuzining aralashmasidan iborat sistema. Masalan, atsetatli bufer CH3COOH + CH3COONa, fosfatli bufer H3PO4 + NaH2PO4. b) Kuchsiz asos va uning kuchli kislota bilan hosil qilgan tuzidan iborat sistema. Masalan, ammoniy gidroksid bilan ammoniy xloriddan iborat sistema NH4OH+NH4Cl ham buferlik xossasini namoyon qiladi. v) Ayrim ko‘p asosli kislota tuzlari aralashmasi ham buferlik xossasini namoyon qiladi. Masalan, NaH2PO4 + Na2HPO4; Download 167.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling