Kislota-asosli reaksiyalarning analizda ishlatilishi 1-§. Kislota va asoslar haqida hozirgi zamon tushunchalari


Download 167.43 Kb.
bet4/11
Sana05.11.2023
Hajmi167.43 Kb.
#1748840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-KISLOTA-ASOSLI reaksiyalarda muvozanat

Lyuisning (elektron) nazariyasi. Moddalarning tuzilishi ularning xossalarini (shu jumladan, kislotalik-asoslik xossalarini ham) belgilaydi. Lyuisning kislota va asos haqidagi elektron nazariyasi proton hukmronligini inkor qiladi. U zarrachaning elektron tuzilishiga asoslanadi va vodorod bo‘lishi, albatta, kislota ekanlik belgisi, degan xulosadan chetlatadi. Lyuis bo‘yicha tashqi qobigi elektron bilan to‘ldirilmagan zarracha kislota, zarrachada elektron jufti bo‘lsa asos bo‘ladi.
Demak, Lyuis nazariyasiga ko‘ra kislota deb, molekulasida barqaror elektron guruhi hosil qilish uchun elektron juftlari bo‘lmagan va asoslarning shunday guruhlari bilan birikib barqaror oktet hosil qilishga moyil bo‘lgan moddalarga aytiladi. Bu nazariyaga asosan BCl3 kislota hisoblanadi, chunki uning molekulasida bir juft elektron uchun bo‘sh (vakant) joy mavjud, ammiak esa asosdir, chunki uning molekulasida erkin elektron jufti mavjud. Lyuis bo‘yicha kimyoviy reaksiyalarda kislota (adabiyotlarda ko‘pincha qisqartirib L- kislotalar deb ataladi) elektron juftining akseptori, asoslar esa — elektron juftini donori bo‘lib ishtirok etadi. Lyuis kislotalari va asoslari orasidagi kimyoviy muvozanatni quyidagicha tasvirlash mumkin:

Koordinatsion kovalent bog‘ning hosil bo‘lishi kislotali-asosli (ko‘chma ma’noda, neytrallanish) reaksiyasining birlamchi jarayoni bo‘lib, uning ketidan ionizatsiya va dissotsiatsiya jarayonlari sodir bo‘lishi mumkin:
Albatta, proton ham Lyuis nazariyasi bo‘yicha kislota bo‘lib qoladi, chunki u elektronlar akseptori hisoblanadi. Lyuis bo‘yicha kislotalarga metall kationlari Fe3+, Cu2+ , A g+ va boshqalar, hamda BF3, SO3, SnCl4, TiCl4 va hokazo tipli molekulalar ham kiradi. Ko‘pchilik reaksiyalarni Lyuis nazariyasi bo‘yicha kislota-asosli birikish reaksiyalari deb atash mumkin. Shunga o‘xshash, koordinatsion birikma hosil bo‘lishini ham shu tipga kiritish mumkin, masalan:
Cu2+ + NH3 = CuNH32+
Fe3+ + Cl- = FeCl2+
Moddalarning ba’zi bir xususiyatlarini bir xil talqin qilishga imkon bergani uchun elektron nazariya kislota va asos tushunchasini juda ham kengaytirdi. Shunga qaramay bu nazariyaning ham kamchiliklari bor. Lyuis nazariyasining asosi e’tirozlaridan biri shundan iboratki, bunda moddani kislota yoki asos deb qarash uchun ularni hosil bo‘lish mexanizmidan foydalaniladi. Bu kislota yoki asos klassifikatsiyasini kimyoviy bog‘lanish tabiati bilan mustahkam bog‘liq bo‘lishiga olib keldi.

Download 167.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling