Kitobxon. Com Uo‘K
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
xrpt ppskvtvvs1bt81hn8gg7a62ilc9h5gukydvjxg7f88z5y7iudopekhmyjk6espogtapghllejb9
TO‘RT DEBOCHA
1. 29-aprel, soat 12:30. Shaharning mag‘rib tomoni. U hammasini ko‘rib turardi. U jon berishning bunchalik og‘ir azob ekanini shu paytgacha his qilmagan edi. Onasi u tomon qaraganday bo‘ldi. Ha, qaradi! Ko‘rdi! «Hali senmiding?» degan kabi ham savol, ham nafrat nazari bilan qaradi. Hayot ziyosi so‘nayotgan ko‘zlardan so‘ng bor otilib chiqqan nur go‘yo olovli cho‘qqa aylandi-yu, uning qalbiga qadaldi. Nazarida o‘zi ham yaralanganday bo‘ldi. Go‘yoki uni ham jon tark etayotganday edi. Ammo bu qo‘rquv uni uzoq vaqt o‘z changalida ushlab turolmadi. Qoradoriga bo‘lgan xumor azobi bu dahshatdan ham kuchlilik qildi. A’zoyi-badanining qaqshab og‘rishi uning ongiga xira parda tortdi. U dahshat manzaralarining tezroq ko‘z o‘ngidan yo‘qolishini, va’da qilingan dorining yanada tezroq em ignasi bilan jon tomiriga yuborilishini istardi. Shu amalgina unga ayni damda halovat berishi mumkin edi. Mo‘ljalidagi ishi ko‘ngildagidek amalga oshmagani uchun Akula jahl otiga mindi. Ayol ko‘ksiga sanchgan nayzani sug‘urib olib, qonni ohori to‘kilmagan ko‘ylakka artgach, unga g‘azabli nigohini qadadi. Nayza sug‘urib olingandan so‘ng yengsiz ko‘ylakdan sizib chiqqan qon tillarang gilam ustida halqob holiga keldi. Dahshatga tushgan ona-bolaning qichqirig‘idan seskangan sukunat yana ma’yuslik pardasiga o‘raldi- yu, xosiyatsiz uyga hukmronlik qila boshladi. Agar sukunat mayli, odam emas, barg yoki ko‘kat kabi 7 jonli narsa bo‘lganida edi, «bu onda bu uyda faqat sukunat shodondir» demoqlik mantiqqa zid kelmasdi. Ikki jonning o‘limidan so‘ng kimsasiz qoladigan uyga uzoq vaqt hukmronlik qilish sukunat uchun ulug‘ ne’mat emasmi? U vazifasini b ajargan, end i ajrini k utardi. Akulaning va’dasi yodida: ish bitdimi, demak, shu yerning o‘zidayoq em ignasiga qoradorini olib, unga uzatishi kerak. U esa ochiqqan odamday shoshilib, qaltiroq qo‘llari bilan soniga shapatilab urib, tomirni topgach, ignani sanchishi zarur. Boshqalar uchun bu oddiy em ignasi, uning uchun esa jon baxsh etguvchi yagona najot. O‘lim azobida to‘lg‘anayotgan vujudga hayot beradi, uni rohat bulutiga o‘tqazib osmonlarga uchadi… Yo‘q, najot ignasi qo‘lga olinmadi, songa shapatilab urilib, qon tomiri topilmadi. Hatto hidlagan chog‘ida vaqtincha bo‘lsa- da, xumorni bosa oluvchi bir chimdim kukun ham bermadi. U iltijo bilan boqdi. Najotga tashna bu qarashga javoban boshiga og‘ir musht tushdi. – Qaralaring, faqat shu so‘takning barmoq izlari qolsin, – degan buyruqni elas-elas eshitdi. Qancha vaqt behush yotganini bilmaydi. Ko‘zini ochib, o‘zini nimqorong‘i xonada ko‘rdi. Badanini omburdek burab azoblayotgan xumor qiynog‘i so‘ngan edi. «Doridan olibman», deb ko‘ngli ravshanlashdi. Biroq oradan daqiqa o‘tmay, xumor azobi uni yana burovga oldi. Ozgina chidadi, keyin najot umidida baqira boshladi… Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling