Kitobxon. Com Uo‘K
30-aprel. Soat 10:30. Shaharning
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
xrpt ppskvtvvs1bt81hn8gg7a62ilc9h5gukydvjxg7f88z5y7iudopekhmyjk6espogtapghllejb9
2.
30-aprel. Soat 10:30. Shaharning janubi-mashriq tomoni. Uncha shinam b o‘lmagan uyd a mehmon kutayotgan mezbon xizmat qilib yurgan ko‘hlikkina ayolga imlab qo‘ygan edi, u chaqqonlik bilan 8 oshxonaga chiqdi-yu, zum o‘tmay achchiq choyni yangilab keldi. Deraza tokchasiga omonat suyanib turgan mehmon unga «rahmat» ma’nosida bosh irg‘ab qo‘ygach, choyga nisbatan qariyb kuyib ketgan piyozdog‘ni eslatuvchi choyni ho‘plab, huzurlandi. – U yoqdagi o‘g‘rilarning fayzi qolmagan. Nomidan ot hurkadi: «Qonundagi o‘g‘ri!» emish, – u shunday deb ijirg‘andi. – Qonunning ham nomi qolgan. Men halol o‘g‘riman, bunaqalarga toqat qilolmayman. Avvalgi yig‘inda toj kiydirishgan bolani o‘g‘ri deyishga ham tiling bormaydi. Mishiqi bir so‘tak. Surishtirib bilsam, bir marta nomusga tegish bilan qo‘lga tushib, qandaydir yo‘llar bilan suvdan quruq chiqqan ekan. Otari Kvantrashvilini bilarmiding? Yaponchik Amerikaga ketgandan keyin uning ishini davom ettirgan shunday zo‘r odamga ham toj kiydirilmagan edi. Sportda chempion bo‘lib yurgan kezlari bitta qizni zo‘rlab qo‘ygan ekan, bu gunohdan milisa ko‘z yumishi mumkin, ammo o‘g‘rilar olami kechira olmaydi. Hozir toj kiyayotgan yuzta o‘g‘ri bola bitta shu Kardinalning oyog‘iga paytava bo‘lolmaydi. – Zo‘rlarning ko‘zini shira bosibdimi? – dedi mezbon. – Zo‘rlarmi? Bilmadim. Ularni ham bir balo urgan- ga o‘xshaydi. O‘g‘rilar qonunini mensimay qo‘yishdi. Qaysi biridir biron boyga qotil bo‘lib yollangan, boshqasi endi tijorat bilan shug‘ullanarmish. Xullas, hamma yoqni axlat bosib ketgan. U yoqlar bilan har qanaqa aloqani uzgan ma’qulga o‘xshab turibdi. Shu onda xonaga bashang kiyingan qotma yigit kirib keldi-da, eshitilar-eshitilmas salom bergach, mulozamatni kutmayoq stol ustidagi pivoni ochib, ichdi. Mehmon uning harakatini zimdan kuzatdi. Beodobligidan achchiqlansa-da, sir boy bermay, mezbonga qaradi. Mezbonga uning odati tanish bo‘lgani uchun g‘azablanmadi. Lekin mehmonning 9 qarashidagi ma’noni uqib, tanbeh berib qo‘yish lozim ekanini angladi. – Ha, nima bo‘ldi, ammangning sigiri chala tug‘ib qo‘ydimi? – dedi u jerkib. – Akang bilan durustroq so‘rashmaysanmi? – Akaxon, yaxshi dam oldingizmi? – dedi yigit xafahol tusini o‘zgartirmay. – Sen so‘raganingdan keyin ancha yaxshi dam oldim, – dedi mehmon piching ohangida. – Qani, Graf bolacha, nega tumtayib qolding? – Kecha ikkita odam o‘ldirilganini eshitdingizmi? – Eshitdim, – mehmon shunday deb yigitga yaqinlashdi: – Xo‘sh, nima bo‘pti? Yigit javob berishga ulgurmay, mezbon gapni ilib ketdi: – Bu bir baxtsiz hodisa. Ularni birov atayin o‘ldir- madi. Ajal tortib kelgan ekan, o‘lishdi. – Atayin o‘ldirilmagandir... lekin... siz... Yigit fikrini ochiqroq bayon etishga jur’at qilolmadi. Bundan foydalangan mezbon uning gapini uzib, jerkib tashladi: – Xajiqizga o‘xshab chaynalma! Gapni boshlaga- ningdan keyin oxirigacha ayt! «O‘ldirlaring!» deb men buyuribmanmi? – Bilmadim... – yigit shunday deb aybdor odam kabi bosh egdi. – Ha, bilmaysan! – dedi mezbon. – Kallangni yax- shiroq ishlat-chi! Ularning o‘limiga o‘zing aybdor emasmisan? Agar ment tuzukroq kavlashtirsa, birin- chi galda o‘zingning taging shilta bo‘lib chiqadi-ku! – Men? – Yigit unga hayrat ila boqdi. – Men u uyning yaqiniga ham borganim yo‘q-ku! – Ha, bormad ing, d emak , sen har qanaqa shubhadan uzoqsan, a? Shunaqa bo‘lgandan keyin manqalik qilma, bola! Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/2047 saytida. Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/2047 сайтида. Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/2047 Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling