Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari
Download 409.13 Kb. Pdf ko'rish
|
Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari
Mulyaj metodi Yordamchi to’r- kanva metodi mulyaj metodining bir to’ri hisoblanadi; bunda gazlamaning iplarini surish-siljitish hisobiga kiyim detallarining yoyilmasi xuddi pardaga o’xshatib yasaladi. Kiyim detallarining yoyilmasini boshlang’ich sirt ma’lumotlariga asoslanib chizish metodlari gruppasi analitik va grafik metodlar degan yordamchi gruppalarini o’z ichiga oladi. Analitik metodlar gavda (sirt) ni razmeri va formasi to’g’risidagi , ma’lumotlarga asoslanadigan nazariy hisoblashlar metodi jumlasiga kiradi. Uning ikkita asosiy to’ri mavjud: Aqademik.P.L.Chebishev metod iva M.P.(razmerlar orasidagi o’tishlarga asoslanish) metodi. P.L.Chebishev metodida yoyiladigan sirtning egriligi aniqlanadi. Bu metod boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanib, kiyimning konstruksiyalash prinsiplarini rivojlantirishga yordam beradi. M.P. metodi yordamchi sistema hisoblanadi; u sistema uchun boshlang’ich razmerlarning to’liq razmerlari bo’lishi shart. Kiyim detallari chizmalarini esa istagan metoda chizish mumkin. Detallarning boshqa razmerlari hisoblash metodida aniqlanadi. Grafik metodga chizma geometriya prinsipi asos qilib olinadi. Jami metodlarning mohiyati yoyilmaydigan sirtlarni uchastka va kichik uchastkalarga bo’lib chiqishdan iborat. Yordamchi uchastkalarning hosil qilingan chizmalari keyinchalik muayyan tartibda ketma-ket joylashtirilib, kiyim sirtining yaxlit chizma yoyilmasi hosil qilinadi. Kiyim sirtining kesimiga qarab quyidagi metodlar farq qilinadi : geodezik chiziqlar metodi (sirtning kesimi geodezik kesimi ya’ni eng qiska yoyilmaning boshlang’ich OU chizig’iga nisbatan perpendikulyar joylashgan eng qisqa X 1 , X 2 , X 3 , X 4 ) chiziqlar bo’yicha hosil qilinadi; kesuvchi chiziqlar metodi (yoyiliuvchi sir tuch uchastkaga va har bir uchastka kichik uchuastkalarga bo’linadi) ; uchburchaklar metodi (sirt kesimi o’qqa nisbatan joylashgan uchburchaklarga ajratiladi.); gorizontal kesimlar metodi (sirt yo’l-yo’l qilib elementar uchastkalarga bo’lib chiqiladi); to’rt koordinata metodi (sirtqi koordinatalar o’qi chiziladi, so’ngra o’ziga xos nuqtalar qo’yib chiqiladi, nuqtalarning kordinatalari topish yo’li bilan chizma yoyilmadagi vaziyatni aniqlash mumkin); yordamchi yoyish chizig’i metodi tikiladigan materiallarning harakatchanligi (sirpanchiq, silliqligi) ni hisobga olish zarurligiga asoslangan. Maneken (kiyim) da kiyim detallari asosiy zo’riqadigan joylariga koordinata o’qlari hamda yordamchi yoyish chiziqlari chiziladi. Mazkur chiziqlar o’ziga xos kordinatalar sistemasi bo’lib, ular yordamida kiyim detallari yordamida har qanday nuqtaning fazoviy, so’ngra tekislikdagi vaziyatini aniqlash mumkin. Bu metod kiyimga shakl berish texnologiyasi haqida 1-2 mm gacha aniqlikda ma’lumot olishga imkon beradi Kiyim detallarining chizma yoyilmasini gavda o’lchamlari va chok haqiga asoslanib chizishda har xil konstruksiyalash metodlaridan foydalaniladi. Garchi konstruksiyalash metodlarining kamchiliklari ham bo’lsada, ular ancha oson kiyim detallarining forma hamda o’lchamlarini nisbatan to’g’ri aniqlash imkonini beradi, shunga ko’ra dastlabki chizmalar uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblab chiqarishda va ularni hali ham shu metodlar ishlatiladi. Ularning ko’pchilikka ma’lum bo’lganlari hisoblash-o’lchamlar metodi, proporsional hisoblash metodi, kordinatalar metodi, masshtablar metodi va boshqalar. Konstruksiyalashning proporsional-hisoblash metodlaridan birinchi marta ko’plab kiyim tikishda foydalaniladi Bu metodlar hisoblash-o’lchash metodlarining bir to’ridir; bunda bichish o’lchamlari hisoblash o’lchamlariga almashtirilgan. Hisoblash o’lchamlari ikkita asosiy razmer belgisiga ko’krak yarim aylanasining ikkinchi o’lchamiga va rostga proporsional bog’liq holda belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling