Структура диссертации. Диссертация написана на 93 страницах машинописного текста, состоит из введения, 3х глав, заключения, выводов, практических рекомендаций, списка опубликованных работ, списка используемой литературы, имеется аннотация на русском и английском языках. В диссертации имеются 7 таблиц, 5 рисунков.
Публикации. По теме диссертации опубликовано 3 печатных работ
ANNOTATSIYA
Tadqiqot maqsadi- COVID-19 o'tkazgan arterial gipertenziya bilan og'rigan bemorlarda buyraklar funksional holatining klinik va laboratoriya ko'rsatkichlaridagi o'zgarishlarning xususiyatlarini va kardiorenal sindromning rivojlanishidagi rolini o'rganish.
Ilmiy yangilik. Magistrning ushbu ilmiy ishida arterial gipertenziya fonida SARS-CoV-2 (COVID-19) bilan kasallangan bemorlarda buyraklarning funksional holati va buyrak tomirlarining gemodinamik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Magistrlik dissertatsiyasida buyrak shikastlanishining klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarning xususiyatlari va COVID-19 o’tkazgan arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda kardiorenal sindromning rivojlanishidagi roli o'rganildi.
Muammoni o’rganishda izlanuvchining shaxsiy ishtiroki. Muallif tadqiqotga kiritilgan 68 nafar bemorni shaxsan tekshirgan. Dissertatsiya ishi uchun material to‘plash jarayonida izlanuvchi qon bosimining kundalik monitoringi, exokardiografiya, statistik usullarni o‘tkazgan. Dissertatsiya ishi muallif tomonidan mustaqil ravishda yozilgan.
Amalda joriy etish. Ish natijalari amaliyotga tadbiq etilib, poliklinika shifokorlari, Toshkent va Samarqand viloyatlari OShPlari, Respublika ixtisoslashtirilgan Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kardiologiya va terapiya bo‘limlarida shuningdek, ToshPTI ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi amaliyotida qo’llanilmoqda.
Dissertatsiya tuzilishi. Dissertatsiya 109 betlik matnda yozilgan bo‘lib, kirish, 3 bob, xulosa, amaliy tavsiyalar, chop etilgan ishlar ro‘yxati, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, rus va ingliz tillarida yozilgan annotatsiya mavjud. Dissertatsiya 7 ta jadval, 5 ta rasmdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |