Книга узб испр! gjck!indd
FOYDALANILGAN ADABIYOT RO’YXATI
Download 4.22 Mb. Pdf ko'rish
|
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87
FOYDALANILGAN ADABIYOT RO’YXATI
................................................................... 144 10 KIRISH Axborot – bu olamni o’rganish, yangi bilimlarga ega bo’lish, tahlil o’tkazishning asosiy elementi. Aslida, aynan axborotni atrofdagi olamdan olib hamda “o’zlashtirib”, keyinchalik uni bohqarish, tizimlashtirish, yig’ish va yetkazish ko’nikmasi tarixiy o’tmishdagi jahon tsivilizatsiyalashgan jarayonlarining shakllanishida ahamiyatli o’ringa ega bo’ldi. Axborot va inson tarixidagi yangi bosqich bo’lib, bizga hozirgi ko’rinishda tanish bo’lgan medianing “kashf etilishi” bo’ldi. Medianing ahamiyatli jihati insonlarga xodisalar, voqealar, tendensiyalar haqida axborot berishdan iborat. Shubhasiz, nihoyatda katta rivojlanish bosqichlarini bosib o’tdi – Senatning qarorlari haqida xabardor qilgan jarchilardan boshlab, gazeta va radiogacha, bugungi kunda esa – o’z ichiga ham internet, ham televideniye, ham boshqa kommunikatsiya kanallarini oluvchi, global axborot tizimigacha. Radio, telekanallar, internet-media, telegram-kanallar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar – ushbu resurslarning barchasi biz bilan sizga axborot yetkazib berishsh jarayoniga kiritilgan. Hozirgi paytda u yoki bu ma’lumotlarga, yangiliklarga ega bo’lish uchun chegaralar deyarli mavjud emas: raqamli dunyo bu chegaralarni o’chirib tashladi, jahon axborot ummoniga sho’ng’ish imkoniyatini oddiy, qulay va foydalansa bo’ladigan qilib qo’ydi. Shu bilan bir paytda, axborotning globallashuvi, unga ega bo’lish imkoniyati tarqatilayotgan ma’lumotlarni nazorat qilish omillarini, to’g’rilik standartlarini, foydalanuvchilarga soxta axborot yetkazilgan holda, dastlabki manbalarning mas’uliyat chegarasini tenglashtirib qo’ydi yoki ahamiyatli darajada pasaytirdi. Jahon tendentsiyalari texnik imkoniyatlar bilan birgalikda axborotni bitta klik yordamida katta masofalarga o’tkazish, u yoki bu axborotni tarqatish yoki ommalashtirish uchun sun’iy ta’sir ko’rsatish guruhlarini shakllantirish imkoniyatini taqdim etdi. Aynan shu sababdan, biz bugun information urushlar, “nafrat nutqi”, targ’ibot, dezinformatsiya, manipulyatsiya, feyk – zamonaviy globallashtirilgan axborot muhitining “ahlat” elementlari kabi holatlar haqida gapirmoqdamiz, ularning asosiy vazifasi axborotninh bosh funktsiyasi qarama-qarshi: yo’ldan og’dirish, yolg’onga yetaklash emas, balki axborot bilan ta’minlash. Shu bilan bir qatorda, bugun biz siz bilan fuqarolik jamiyatida …ga qarshi ta’sir ko’rsatish maqsadida qabul qilingan choralar haqida gaplashamiz, shu jumladan: mediasavodxonlik, media va axborot savodxonligi, tanqidiy fi krlashni rivojlantirish, hamda nihoyatda oddiy verifi katsiya ko’nikmalari. So’nggi o’n yillik davomida dezinformatsiyaning turli shakllariga qarshi 11 ta’sir ko’rsatish va axborot va media savodxonligini oshirish bilan bog’liq muammo shu darajada dolzarb masalaga aylandiki, ushbu tendensiyani rivojlantirishga nihoyatda kuchli xalqaro tuzilmalar, ijtimoiy tarmoqlarning rahbarlari, media, ilmiy va ta’lim-tadqiqot institutlari ham qo’shildilar. Buning natijasida, bir qator tashabbuslar joriy etildi: BMT dalillarni tekshirish bo’yicha Verified platformasini ishga tushirib, uni Facebook, Twitter, YouTube, TikTok, Al Jazeera, Deutsche Welle va Euronews qo’llab-quvvatladi; Facebook, Twitter, YouTube, Telegram kontentni, shubhali xabarlar markirovkasini, soxta xabarlarni bloklash va o’chirib tashlashni qat’iy nazorat ostiga oldi; xalqaro donorlik qo’llab-quvvatlash dasturi tufayli, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida matkablar, oliy o’quv yurtlari miqyosida mediasavodxonlik bo’yicha yuzlab dasturlar amal qilmoqda, fuqarolik jamiyatining vakillari faoliyat ko’rsatmoqda, o’yin shaklidagi o’nlab o’rgatuvchi platformalar yaratilgan. YUNESKO so’nggi bir necha yil ichida media va axborot savodxonligi bo’yicha bir qator loyihalarni amalga oshirdi. Bunday loyihalardan biri – “Media va axborot savodxonligi: o’qituvchilarni malakasini oshirish dasturi” o’quv qo’llanmasi. Materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etgan xalqaro ekspertlar quyidagini ta’kidlab o’tdilar: Download 4.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling