Книга узб испр! gjck!indd
- material ta’minot va oilaviy vaziyat
Download 4.22 Mb. Pdf ko'rish
|
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87
- Bu sahifa navigatsiya:
- - xalqaro tarmoqdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
- material ta’minot va oilaviy vaziyat. Odatda, tarbiyasi og’ir va ijtimoiy
zaif yoshlar – bu fuqarolik jamiyati qatlamlarining ijtimoiy jihatdan zaif vakillaridir. Aksariyatining oilalari to’liq emas, yoki ota-onalari mehnat migrantlari bo’lib ishlaydi, shuning uchun tarbiya berish va kattalardan yosh avlodga tajribaning o’tish jarayoni qisman amalga oshiriladi, ko’pincha yaqin bo’lmagan qarindoshlar tomonidan. Ayrim holatlarda esa, ushbu toifadagi yoshlarning vakillari voyaga yetmagan bo’lishiga qaramay, o’zlari faol tarzda pul ishlab topadilar. Ko’pincha, milliy va madaniy an’analar, ma’lum turdagi andazalarning mavjudligi sababli, tarbiyasi og’ir hamda ijtimoiy zaif yoshlar oilaviy doiralarida kattalar tomonidan o’zlarining eng yaqin hayotiy maqsadlariga erishish masalasida kuchli bosimni boshdan kechiradilar. Bunday yoshlarga nisbatan to’g’ridan-to’g’ri taqiqlar hamda moddiy, ahloqiy, axborot cheklanishlar qo’llanilishi ham tez-tez uchrab turadi. Ko’pincha, bu yetarlicha qat’iy qoliplarning hosil bo’lishiga olib keladi, misol uchun, nasliy yoki diniy masalalarda. - ta’lim. Chekka hududlardagi ijtimoiy holatga xos xususiyatlar va og’ir moddiy yashash sharoitlari tufayli, tarbiyasi og’ir va ijtimoiy zaif yoshlarning ota-onalari ko’pincha faqat maktabda olingan ta’lim (ba’zan, hattoki to’liq bo’lmagan maktab ta’limi) yetarli deb hisoblaydi. Yoki Markaziy Osiyoning ayrim davlatlarida oilalar farzandlarining maktabdan so’ng diniy, tor tarmoqli maktablarda ta’lim olishlarini istashadi. Bunday yoshlarning, hattoki o’z-o’zini rivojlantirish sohasidagi past darajasini ta’kidlash mumkin bo’ladi. - xalqaro tarmoqdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash. Ushbu mezon bo’yicha ta’kidlash mumkinki, tarbiyasi og’ir yoki ijtimoiy zaif yoshlarning vakillari, aksariyat hollarda Internet, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Lekin ko’pincha bu qisman, cheklangan holda ta’minlanadi. Bunday holatga ta’sir qiluvchi omillar soni katta: abonent to’lovining qimmatligi, chekka hududlarda yashayotganlari, eski modellardagi 15 gadjetlardan foydalanish, bitta gadjetning bir necha foydalanuvchi tomonidan qo’llanilishi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, yuqorida ta’rif berilgan, o’z-o’zini rivojlantirish va ta’lim olishdagi muammoli xususiyatlar tufayli, ushbu guruhga doir yoshlar odatda internet tarmog’ida o’tkazadigan vaqtlarini ko’ngilochar maqsaddagi kontentdan foydalanish bilan cheklaydilar. Foydali, yangi bilim va ko’nikmalarni rivojlantiruvchi kontentdan esa – kam hollarda. Bularning barchasi tarbiyasi og’ir yoki ijtimoiy zaif yoshlarning keraksiz axborotga, ochiq shakldagi targ’ibotga, dezinformatsiya va nayranglarga nisbatan zaif bo’lishlariga olib keladi. Natijada, yoshlar jamiyatdagi u yoki bu muhim xodisalar, tendentsiyalar, holatlar haqida noto’g’ri, to’liq bo’lmagan, qisman tasavvurga ega bo’lishlariga sababchi bo’ladi. Download 4.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling