Книга узб испр! gjck!indd
Download 4.22 Mb. Pdf ko'rish
|
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87
«…Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida aytilishicha: «Har bir
inson fikrlar erkinligiga va ularni erkin ifodalash huquqiga ega; ushbu huquq o’z e’tiqodiga erkin rioya qilish erkinligini va har qanday usullar bilan hamda davlat chegaralaridan qat’i nazar, ma’lumot va g’oyalarni izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi». Media va axborot savodxonligi insonlarni, yuqorida aytib o’tilgan fundamental huquqni to’laqonli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar bilan qurollantiradi. Ushbu huquqning amalga oshirilishi 1982 yilda qabul qilingan Mediashakllantirish bo’yicha Gryunvald deklaratsiyasi bilan belgilanib, unda siyosiy va ta’lim tizimlar fuqarolarda kommunikatsiya fenomenining kerakli tushunchasini rivojlantirishlari va ularning ommaviy axborot vositalaridagi ishtirogini rag’batlantirishlari lozim. (ham yangi, ham eskilarida). Ushbu fikr, unda media va axborot savoxonligi butun hayot davomida ta’lim olish asosi sifatida belgilanadigan, 2005 yilda qabul qilingan Aleksandriya deklaratsiyasida o’z davomi topdi. Deklaratsiya turli hil kasblarning vakillari uchun “shaxsiy, ijtimoiy, professional va ta’lim maqsadlariga erishish uchun turli faoliyat sohalarida axborotni samarali tarzda qidirish, baholash, foydalanish va yaratishning” imkoniyatini taqdim etishda MASning ahamiyatli o’rnini tasdiqlaydi. MAS insonning raqamli olamda, barcha xalqlarning ijtimoiy jihatdan qo’shilishini ta’minlaydigan, asosiy huquqi bo’lib xizmat qiladi. Media va 12 boshqa axborot xizmatlari, ya’ni kutubxonalar, arxivlar va internet, butun dunyoa insonlar uchun, butun mavjud axborotning to’liqligini hisobga olgan holda, qarorlar qabul qilishda yordam beradigan muhim vositalar bo’lib tan olingan. Bundan tashqari, ular orqali jamiyatlar o’zlari haqida haqiqatni o’rganadigan, aholi bilan suhbat qura oladigan va birlik tuyg’usini yaratadigan vositalar bo’lib hisoblanadi. Kommunikatsiya va axborot kanallari butun hayot davomida o’rganishga katta ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega, shu sababli fuqarolar media va boshqa axborot tizimlari (kutubxonalar, arxivlar, internet va boshq.) qanday faoliyat yuritishlarini va ularni qanday baholash kerakligini anglab yetishlari kerak. Media va axborot savodxonligining vazifasi aynan ushbu bilimlarni foydalanuvchilarga yetkazishdan iborat. MAS o’zida quyidagi tushunchalarni aks ettiradi: a) demokratik jamiyatda media, kutubxonalar, arxivlar va boshqa axborot tizimlarining vazifalari; б) ommaviy axborot vositalari va axborot tizimlari bu vazifalarni samarali bajarishlari uchun shartlar; в) ushbu vazifalarning bajarilish sifatini taklif qilinayotgan kontent va xizmatlar orqali baholash usullari. Ushbu tushuncha, o’z navbatida, foydalanuvchilarga ongli ravishda kommunikatsiya va axborot kanallari bilan o’zaro ta’sir qilish imkoniyatini beradi. MAS orqali egallanadigan kompetentsiyalar fuqarolarda tanqidiy fikrlashning ko’nikmalarini rivojlantirishga qodir bo’lib, bu ularga media va boshqa axborot ta’minotchilaridan yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishni talab qilish imkoniyatini beradi. Jamiyat OAVga ma’lum talablarni belgilab, ularning faoliyati talablarga javob bermagan holda, ularning ommaviy tanqid uchun ochiq bo’lishini ta’minlaydi. Natijada bunday tizim kattaytiruvchi oyna sifatida xizmat qilib, u orqali OAVni bajarilgan vazifalari, hamda ular bu vazifalarni bajaradigan sharoitlar va ularning faoliyati auditoriya tomonidan qanday qabul qilinishi nuqtai nazaridan baholash mumkin. O’qituvchilarning MASini oshirmagan holda, o’qitilayotgan insonlarda MASni oshirishning iloji yo’q. Aynan o’qituvchilarga yo’naltirilganlik, samaradorlikning ko’p marotaba oshirilishi ta’minlaydigan asosiy strategiya bo’lib hisoblanadi: axborot jihatdab savodxon o’qituvchilardan boshlab talabalargacha va umuman olganda, jamiyatgacha. 13 O’zaro bog’liq bo’lgan sohalar – media savodxonligi va axborot savodxonligi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni turlicha talqin qiladigan ikkita ilmiy maktab mavjud. Maktablarning bittasiga qarashli vakillar axborot savodxonlikni, uning tarkibiy qismi media savodxonligi bo’lgan, yanada kengroq ko’lamdagi tadqiqotlar sohasi deb hisoblaydilar. Boshqa maktabning nuqtai nazaridan esa, axborot savodxonligi – kengroq soha bo’lib hisoblangan media savodxonligining atigi bir komponenti bo’lib hisoblanadi. Biroq, YUNESKO qoshidagi xalqaro ekspertlar guruhi media va boshqa axborot xizmatlari bilan o’rtasidagi nafaqat farqli taraflarni, balki umumiy xususiyatlarni ham ta’kidlab o’tdi. Quyida, biz tomondan ko’rib chiqilayotgan sohada, sayyoramizning turli burchaklarida mutaxassislar bugungi kunda qo’llayotgan atamalar keltirilgan: • Media savodxonligi, • Axborot savodxonligi, • O’z-o’zini ifodalash erkinligi va axborot savodxonligi, • Kutubxona savodxonligi, • Yangiliklar savodxonligi, • Kompyuter savodxonligi, • Internet-savodxonligi, • Raqamli savodxonlik, • Кino savodxonligi, • Elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi, • Television savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik. Ushbu ushubiy qo’llanma YUNESKO ekspertlari tomonidan qayd etilgan mezonlar bilan hamjihatlikda ishlab chiqilgan. Uning mavzulari, uslubiyati Download 4.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling