Книга узб испр! gjck!indd


- mediasavodxonlikka bo’lgan munosabat


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

- mediasavodxonlikka bo’lgan munosabat. Yuqorida bayon qilingan bir 
qator muammoli jihatlarga qaramasdan, MAS kabi ta’lim yo’nalishi haqida 
xabardor emasliklari yoki qisman xabardor bo’lishlari natijasida, tarbiyasi 
og’ir yoki ijtimoiy zaif yoshlarning vakillari yangi va zamonaviy bilimlarning 
ushbu sohasiga yaqin bo’lish imkoniyatini nihoyatda ijobiy tarzda qabul 
qiladilar. Ushbu guruh bilan ishlash davomida mentorlar va o’qituvchilar 
to’plagan o’sha oz miqdordagi tajriba shuni ko’rsatdiki, ular raqamli shaxsiy 
xavfsizlikning, mediagigiyenaning, targ’ibot va nayranglarga qarshi ta’sir 
ko’rsatishning, soxta ma’lumotlarni va “nafrat nutqi”ni aniqlashning asoslarini 
va boshqa mavzularni o’rganishga qiziqish bildirar ekan.
Ushbu qo’llanma, tarbiyasi og’ir va ijtimoiy zaif yoshlar vakillarida aniqlangan 
ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilgan bo’lib, mediatrenerlar, o’qituvchilar, 
mentorlar uchun amaliy asbob bo’lib hisoblanadi. Tanlab olingan mavzular, 
uslublar va o’yinlarning asosida aynan amaliy jihatdan qulaylik va maqsadga 
muvofiqlik mezoni yotadi. Foydalanish qulayligi uchun qo’llanmaning 
materiallari mavzularga doir bloklarga birlashtirilgan. Har bir blokda 3-4 
mavzu ko’rib chiqiladi. Materiallarning taqdim etilishi auditoriya bilan 
muntazan o’zaro ta’sir, birgalikda yechimlar va javoblar topish, o’yinlar va 
mashqlar orqali rejalashtirilgan.
Qo’llanma materiallarining asosi maqsadli auditoriya tomonidan quyidagilar 
haqida bilimlarga ega bo’lish imkoniyatidan tashkil topgan:
- axborot bu nima, uning xususiyatlari qanday va uni qanday qilib tez 
hamda oson tasdiqlash mumkin;
- tanqidiy fikrlash bu nima, bugungi kunda uning ko’nikmalarini nima uchun 
rivojlantirish muhim va u qanday axborot muammolarini uddalay oladi;
- dalilni fikrdan, soxta ma’lumotni va manipulyatsiyani rost va ishonchli 


16
axborotdan, reklamani targ’ibotdan qanday ajratish mumkin;
- “nafrat nutqi”, stereotiplar, odatlangan fikrlash nima ekanligi tushunish;
- firibgarlarning, haqoratning qurboniga aylanmaslik uchun ijtimoiy 
tarmoqlarda o’zingizni qanday tutish, o’z shaxsiy sahifalarni va ma’lumotlarni 
himoya qilishning oddiy va mavjud tizimlardan foydalanishni o’rganish;
- yangi bilimlarga ega bo’lish, kommunikatsiya imkoniyatlarini, qiziqishlarni 
va shaxsiy o’sishni kengaytirish uchun, uning betakror xususiyatlarini 
boshqacha izohlagan holda, axborotdan to’g’ri foydalanishni o’rganish.
Qo’llanmani ishlab chiqish ustida mehnat qilgan mualliflar Markaziy Osiyo 
va Yevropa davlatlarining vakillari. Keng tarqalgan geografiyaga qaramay, 
amalga oshirilgan amaliy ishlar bir qator masalalarning yechimlariga bo’lgan 
qarashlarning yagonaligini, shuningdek, dunyoning turli burchaklarida 
zamonaviy axborot muhitining muammolari umumiyligini namoyish 
qildi. Xalqaro tajriba sinergiyasi, tarbiyasi og’ir yoki ijtimoiy zaif yoshlarni 
mediasavodxonlik muhitiga jalb qiladigan samarali vositaga aylanadigan 
ushbu uslubiy qo’llanmani hayotga tadbiq etish imkoniyatini ta’minladi.


17
Bir qator mavzuga doir bloklar tarkibida asosiy materialdan so’ng 
“Qo’shimchalar” bo’limi mavjud. Qo’shimchalarda “metodik paytlar” yoki 
mavzuni mustahkamlash bo’yicha mashqlar davomida ishlarga hilma-hillik 
kiritish uchun tavsiyalar keltirilgan. Raqamlash, u yoki bu tavsiya qaysi 
“metodik paytga” tegishli ekanligi ko’rsatadi.
4. “Metodik paytlar” va mavzuni mustahkamlash uchun mashqlarni farqlash 
qulay bo’lishi uchun, ular turli ranglar bilan belgilangan: МP – binafsha rang, 
MM – yashil rang bilan.
Istisno bo’lib, “Blok 1. Mavzu 2. Axborotning xususiyatlari” hisoblanadi: MM 
3-7 yashil rang bilan belgilangan. Ushbu mavzuda qo’llanilgan “metodik 
paytlar” aslida mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar bo’lib hisoblanadi.

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling