Книга узб испр! gjck!indd


Mumkin bo’lgan variantlar


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

Mumkin bo’lgan variantlar:
- insonlarga bo’lgan ta’sir;
- aldash, yolg’on;
- ig’vogarlik;
- xafagarchilik;
- qo’rquv va vahima solish;
- insonlarni boshqarish, ba’zi fi krlarni, g’oyalarni zo’rlab o’tkazish;
- biron ishni qilishga majburlash;
- insonning yoki bir guruh insonning boshqa insonlarga, voqealarga 
nisbatan munosabatini o’zgartirish.
ASOSIY QISM 
Ko’rib turganimizdek, axborotdan tinchlik, yaxshilik maqsadlarida 
qo’llamaslikning usullari va imkoniyatlari – juda ko’p. Va biz, aslida, axborotning 
bunday ko’rinishlari bilan har kuni to’qnashib turamiz, hamda bu axborotdan 
o’sha salbiy foydalanish ekanligini anglab yetmaymiz ham.
Biz bu haqida nima uchun gaplashamiz va bizga buni bilish nima uchun kerak? 
Shubhasiz, o’zimizni maksimal darajada, axborotning aynan ana shunday 
salbiy ko’rinishlaridan himoya qilish uchun. Axir hech kim aldanib qolishni 
yoki o’zi bilmagan holda, uni boshqarishlarini istamaydi. Biroq, bunga qanday 
erishish mumkin? Axir olamdagi axborot hajmi cheksiz. Va uning qaysi biri 
yolg’on, qaysisi esa rost, qaysi biri nayrang, qaysi biri esa samimiy ekanligini 
qanday ajratsa bo’ladi, turli hil salbiy birlashmalar va guruhlarga qanday 
tushib qolmaslik mumkin?
Ushbu savollarga javoblarning kaliti – bu tanqidiy fi krlash. Zamonaviy olamda 
bizni turli manbalardan kelib tushadigan axborot qamrab oladi va bizda uni 
anglab yetishga va rostgo’yligini tekshirishga ehtiyojimiz bor. Tanqidiy fi krlash 
natijasida biz kelishmovchiliklarni va ziddiyatlarni ko’ramiz yoki shunchaki 
bizni ikkilantirayotgan narsalarni ko’rishimiz mumkin bo’ladi. 


23
Tanqidiy fikrlash – bu axborotni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va o’tkazilgan 
tahlil asosida qaror qabul qilish, shu bilan birga, o’z fikrimizni shakllantirish va 
uni himoya qilish imkoniyatini beruvchi asosiy ko’nikmalardan biri.
O’qishga kelsak, tanqidiy fikrlash, biz o’qish davomida tayanadigan manbalarni 
tanlashda, sababiy munosabatlarni ko’rishda, axborotni umumlashtirish 
va tizimlashtirishda, o’z fikrimizni asoslashda va boshqalarning fikrlashida 
zaif joylarni ko’rishda yordam beradi. Tanqidiy fikrlash, tarix, falsafa, 
siyosatshunoslik, jamiyatshunoslik kabi fanlarni o’rganishda muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, ulari o’rganishda nafaqat bilimni namoyish qilishimiz, 
balki fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishimiz ham muhim hisoblanadi. Tanqidiy 
fikrlash darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, o’quv dasturi ham shunchalik oson 
o’zlashtiriladi.
Va biz o’qish va o’rgatish haqida umuman olib gapirganda, o’rgatish va 
tanqidiy fikrlash – bu go’yoki ikkita birlashtiriluvchi idish bo’lib, ular birgalikda 
siz bilan bizga u yoki bu axborotga ongli ravishda yondashishga yordam 
qiluvchi tizimni yaratadi. Gap shundaki, tanqid bilan fikr yuritish va tanqidiy 
fikrlashni bilimsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Axir, biz aytib o’tgandek, tanqidiy 
fikrlash – bu biron nimani tahlil qilish qobiliyati, eng oddiy tahlil esa – biron 
nimani boshqa biron nima bilan taqqoslashdan iborat.
МP 3 
Тrener bir parcha qog’ozni (tog’ri to’rtburchak shaklida) qo’liga olib, 
auditoriyaga murojaat qiladi: «Bu uchburchak, shunday emasmi?» 
Auditoriya qarshilik bildiradi – bu to’g’ri to’rtburchak, uning burchagi 4 
ta va tomonlari 4 ta, uchburchakning esa 3 ta tomoni va 3 ta burchagi 
bor.
Siz nimaga asoslanib, bunday xulosaga keldingiz? Bilim asosida. Men 
aytgan gapni siz ega bo’lgan bilimlar bilan taqqosladingiz, va tahlil 
o’tkazdingiz – ikkita shaklni taqqosladingiz.
Bilim qancha ko’p bo’lsa – taqqoslash va tahlil qilish osonroq bo’ladi, demak, 
insonni aldash, uni biron nimaga ishontirish, biron ishni qilishga majbur qilish 
qiyin bo’ladi. Chunki, ma’lum bilimlar hajmiga ega, tanqidiy fikrlaydigan inson, 
qarorni qabul qilishdan oldin bironta dalil yoki vaziyatni har tomonlama o’ylab 
ko’radi, uning vaqt o’tishi davomida rivojlanishini kuzatadi, boshqalarning 
fikri bilan tanishib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, tanqidiy fikrlash – bu 
sizga gapirilayotgan axborotni tahlil qila olish qobiliyati.


24
Ushbu tahlilni amalga oshirishga va tanqidiy fikrlashga bo’lgan ilk qo’yiladigan 
qadam esa oddiy: savollarni berish qobiliyati! Avvalom bor, o’zingizga. 
Agar biz kundalik hayotimiz, turli manbalardan katta miqdorda oladigan, 
hamda ular bizning harakatlarimizga va o’zimizni qanday tutishimizga ta’sir 
qiladigan yangiliklar va xabarlar haqida gapiradigan bo’lsak. Misol uchun, 
sevimli do’koningizda chegirmalar ekanligini eshitib, xaridlar qilishga yugurib 
ketdingiz. Axborotning rost ekanligini tushunish uchun qanday savollarni 
berishimiz mumkin?

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling