Книга узб испр! gjck!indd
QO’LLANMA MATERIALLARINI QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMA
Download 4.22 Mb. Pdf ko'rish
|
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87
- Bu sahifa navigatsiya:
- Egallanadigan bilimlar, ko’nikmalar
- 1 MAVZU. AXBOROT VA TANQIDIY FIKRLASH – O’RTASIDAGI ALOQA VA O’ZARO TA’SIR BLOK 1. SEN VA AXBOROT Razminka Treningga kirish
QO’LLANMA MATERIALLARINI QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMA
1. Har bitta blokning axborotga oid qismi o’rganilayotgan mavzu bo’yicha misollar keltirilgan asosiy mavzuni taqdim etadi. Mamlakatni, auditoriyaning bilim darajasini, o’rgatishni o’tkazish shartlarini va vaqtini inobatga olgan holda, asosiy material va misollar trenerning istagiga ko’ra qo’shimcha qilinishi, o’zgartirilishi, qisqartirilishi mumkin. 2. Har bir mashg’ulotni (u ofl ayn o’tkazilgan taqdirda) razminka mashqalaridan boshlash tavsiya qilinadi (mavzularga doir bloklarda belgilangan. Razminka trenerning istagiga ko’ra, o’rgatish shartlari, auditoriyaga bog’liq holda tanlab olinadi. Muhim tavsiya – mashqlar shunday tanlanishi kerakki, ular mashg’ulotning mavzusiga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita ko’prik bo’lib xizmat qilishi kerak. 3. Qo’llanmada quyidagi qisqartirishlar qo’llaniladi: МP – metodik payt (raqamlash ham qo’llanilgan); MM – mavzuni mustahkamlash. 19 Egallanadigan bilimlar, ko’nikmalar: Axborot bu nima, u qanday o’zgaradi va nimaga ta’sir qiladi. Axborotning xususiyatlari qanday. Muhim axborot bu nima. «Keraksiz axborot» nima degani. Uning xavf-xatari nimadan iborat. Matn ko’rinishidagi axborotni qanday tekshirish mumkin. Vizual axborotni tekshirish uchun qanday usullarni qo’llash mumkin. Geolokatsiyani aniqlash vositalari bilan ishlash ko’nikmalari. 1 MAVZU. AXBOROT VA TANQIDIY FIKRLASH – O’RTASIDAGI ALOQA VA O’ZARO TA’SIR BLOK 1. SEN VA AXBOROT Razminka Treningga kirish Axborot olami, axborot texnolo- giyalari, axborot maydoni… “Axborot” kabi tushuncha bi- lan bog’liq bu va boshqa so’z birikmalari bugungi kunda hayoti- mizning ajralmas qismiga aylangan, axborotning o’zi esa – biz yashayotgan olamning bir qismiga. Texnologiyalar axborotdan yangi virtual olamni yaratishga imkon berib, bu yerda axborot raqamli ko’rinishda jamlangan. Bu oldimizda mislsiz imkoniyatlarni ochadi. Misol uchun, biz istalgan jahon OAVda yangilikni o’qishimiz, Yerning boshqa burchagidagi inson bilan bog’lanishimiz va u bilan deyarli shu zahoti axborot almashishimiz mumkin. Bugunda biz kutubxonaga borishimiz kerak emas: istalgan kitobni gadjet orqali topa olamiz. Hattoki, do’konga ham borishimiz shart emas: har qaysi mahsulotlarni internet-do’konlar orqali xarid qilsa bo’ladi. 20 Umuman olganda, axborot – bu turli manbalar aniqlanadigan, tasdiqlanadigan, o’tkaziladigan va saqlanadigan biron bir ma’lumotlar. Bundan tashqari, axborot – bu atrofi mizdagi olam, unda kechayotgan turli hil jarayonlar haqidagi ma’lumotlar majmuasi bo’lib, ular tirik organizmlar, elektron mashinalar va boshqa axborot tizimlari tomonidan qabul qilinishi mumkin. Hozirgi kunda axborotni ilmiy atama sifatida ta’rifl ovchi yagona tushuncha mavjud emas. Turli hil bilim sohalarining nuqtai nazaridan, ushbu tushuncha o’ziga xos bir qator belgilar bilan ta’rifl anadi. Masalan, “axborot” tuhunchasi informatika kursida asosiy bo’lib, uni boshqa, yanada “oddiyroq” bo’lgan tushunchalar orqali ta’rifl ashning iloji yo’q. Biz siz bilan axborotni atrofdagi olamdan xis-tuyg’u organlari yordamisa, shuningdek, fi krlash, tahlil, xulosalar orqali qabul qilamiz. Shu sababli, biz qabul qiyatogan axborot shaklidan kelib chiqqan holda, uni bir necha turga ajratishimiz mumkin. Download 4.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling