Koinot quyosh sistemasi
Download 62.06 Kb.
|
Olam va Odam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kosmonavtlar kiyimi
- Koinotni zabt etuvchi
- Sun’iy yўldoshlar
Koinot marjonlari
Yulduzlar turkumi biron-bir shaklga ega yulduzlar tizimidir. Qadimgi astranomlar osmonda alohida yulduzni topishdan kўra, yulduzlar turkumini topish osonroq deb ўylashgan. Ular yulduzlar turkumiga nomlar berishgan. Ba’zilariga bu nomning qўyilganiga 4000 yildan oshgan bўlsa-da, biz hamon ulardan foydalanib kelmoqdamiz. Hozirgi kunda 88 ta yulduzlar turkumi ma’lum. Ularning bir qismining nomi qadimgi Gretsiya afsonalari qahramonlari sharafiga qўyilgan – Andromeda, Pegas, Persey. Boshqalari hayvonlarga baishlangan – Katta ayiq, Qisqichbaqa, Yўlbars, Chayon, Baliq. Osmonda, shuningdek, Tarozi va Uchburchak shaklidagi yulduzlar turkumini kўrish mumkin. Kosmonavtlar kiyimi Koinotda havo yўqligi bois kosmonavtlar kema tashqarisiga chiqqan paytlari maxsus himoya kiyimlar – skafandrlar kiyishadi. Skafandrning orqa yelka xaltasiga havoni tozalab, yetkazib beruvchi maxsus moslama ўrnatilgan. Skafandr xavfli quyosh nurlarini qaytaradi va odamni meteorning mayda bўlaklari urilishidan asraydi. Koinotni zabt etuvchi Koinotni zabt etgan birinchi kosmonavt Yuriy Alikseyevich Gagarindir. Dunyoda odamning fazo bўylab amalga oshirgan birinchi parvozi 1961-yil 12-aprelda yuz bergan. Parvoz 1 soat-u 48 daqiqa davom etgan. “Vostok” kemasi yer atrofini bir marta aylangan. Gagarinning parvozi jahon ilm-fani tarixida yangi davrni – kosmonavtika davrini boshlab bergan. Sun’iy yўldoshlar Yўldoshlar orbita bўylab bizning sayyoramiz atrofida aylanuvchi koinot apparatlaridir. Ular yerga tele-radio va telefon singnallarini uzatadi. Ba’zi yўldoshlar ob-havo ma’lumotlarini tuzadi, boshqalari esa yer ostidagi foydali qazilma boyliklarni (masalan, neftni) qidirib topadi. Birinchi yўldosh “Sputnik – 1” deb nomlangan bўlib, u 1957-yil 4-oktabrdauchirilgan. Uning bortidagi yagona moslama radiouzatgich bўlgan. “Sputnik – 1” yordamida olimlar yerdan parvozni kuzatib borishgan. Kosmik uy Orbital stansiya – bu kosmik uydir. Bu kabi birinchi stansiyani kosmik texnika konstruktori, akademik S.P.Korolyov yaratgan. Stansiyada kosmik kemalar tўxtab va zaruriy zaxiralarni tўldirib olishi mumkin bўlgan. 1971-yili orbitaga birinchi bўlib “Soyuz” orbital stansiyasi, sўng “Mir” stansiyasi chiqarilgan. Hozir orbitada rus va amerikalik muhandislar qurgan yangi stansiya joylashgan. Download 62.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling