Ko‘krak-bcl umurtqalari
Download 192.33 Kb.
|
Zoologiya dadayevas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yelka kamari.
- Chanoq kamari.
Visseral skelet. Echkemarda tanglay-kvadrat tog‘ayi elementlaridan faqat kvadrat suyagi hosil bo‘lgan. Bu suyak miya qutisiga ustki uchi bilan harakatchan tarzda birikib, uning pastki uchiga esa pastki jag‘ qo‘shiladi. Kvadrat suyagining oldida qanotsimon suyak hamda yuqori jag‘ va dimog‘ suyaklari bilan birlashuvchi tanglay suyaklar joylashgan. Bu suyaklarning hammasi juft bo‘lib, faqat kvadrat suyagi tog‘aydan tashkil topgan. Qanotsimon suyakdan yuqoriga tomon pog‘onasimon suyak chiqadi. Bu juft suyak qanotsimon suyak bilan tepa suyaklarni birlashtiradi va hozirgi zamon sudralib yuruvchilaridan faqat kaltakesaklar hamda gatteriyalargagina xos. Bundan tashqari, qanotsimon suyakdan ko‘ndaiang suyaklar chiqib, o‘zining oldingi uchi bilan yuqori jag‘ suyaklariga birikadi. Ikkilamchi
yuqori jag‘ tarkibiga jagk oldi va yuqori jag1 suyaklari kiradi. Pastki jag‘ning asosiy qismini mekkel togkayiga gomolog bo‘lgan qo4shuvchi suyak tashkil etadi va u kvadrat suyak bilan birikadi. Shuningdek, pastki jag‘ tarkibiga tubandagi ikkilamchi suyaklar, ya’ni tish suyagi, burchak suyagi, burchak usti suyagi, birikuvchi suyak va toj suyagi kiradi. Sudralib yuruvchilarning jaglararo, yuqori jag‘ va tish suyaklarida (toshbaqalardan tashqari) mayda- mayda konussimon tishlar bo‘ladi. Tishlar ba’zan bir oz orqaga qayrilgan bo lib, asosi suyaklarga qo‘shilib o‘sgan, ular faqat ovqatni tutish va ushlab turish vazifasini bajaradi. Til osti yoyi suvda hamda quruqlikda yashovchilarniki kabi yoylarning miya qutisiga birikishida islii irok etmaydi, ya’ni o‘z funksiya- sini butunlay yo‘qotgan. Uning ustki (giomandibulyar) elementi o‘rta quloq tarkibiga kirib, eshituv suyakchasi — uzangiga aylangan. Til osti yoyining qolgan qismi (giod) oldingi jabra yoylarining qoldiqlari bilan birgalikda til osti apparatini tashkil etadi. Til osti apparati bitta tana va uch juft shoxchadan iborat. Uning tog‘ay tanachasi bir-biriga qo‘shilib ketgan kopulaga, oldingi shoxlari — giodga, o‘rta va orqa shoxlari esa ikkita oldingi jabra yoylarining element- lariga gomologdir. Yelka kamari. Sudralib yuruvchilar yelka kamarining asosiy qismini bir oz dorzal joylashgan kurak va ventral holda o‘rnashgan korakoid suyaklari tashkil etadi (97-rasm). Har ikkala suyak yelka suyagi birikadigan bo‘g‘im kosasini vujudga keltiradi. Kurakka dorzal holda kurak usti tog'ayi, korakoidning oldiga esa tog‘ay prokorakoid qolshiladi. Yaxshi taraqqiy etgan to‘shga bir qancha qovurg‘alar birikadi. Shunday qilib, sudralib yuruvchilar ko‘krak qafa- sining taraqqiy etishi va o‘q skeletida tayanch yelka kamarining boMishi bilan suvda hamda quruqlikda yashov- chilardan farq qiladi. To'shning ventral tomoniga sudralib yuruvchilar uchun xos bolgan «T» shaklli ingichka qopla- g‘ich suyak ** to‘sh usti suyagi birikadi. Uning oldida ingichka qop!ag‘ich suyak
— p‘mrov suyagi bo‘lib, o‘mrovning tashqi uchlari kurak suyaklari bilan, ichki uchlari esa to‘sh usti suyagining o^simtasi bilan birikadi. Timsohlarda o‘rnrov suyagi bo‘Imaydi. Ilonlard# yejka kamari reduksiyalangan, toshbaqalarda esa o‘mrov va to‘sh usti suyaklari qojrin qalqoni tarkibiga kiradi. Chanoq kamari. Chanoq kamari o‘rta chiziq bo‘ylab tog‘ay orqali birikadigan ikkita simmetrik palladan iborat. Har qaysi palla uchta: dorzal joylashgan yon- bosh suyagi, ventral o‘rin olgan quymich suyagi va qov suyaklaridan tashkil topgan (98-rasm). Bu uchta suyak orqa. oyoqr larining birikishi uchun quymich kosasini hosil qiladi. Sudralib yuruvchilarda o‘ng va chap quymich hamda qov suyaklari o‘zaro birikkan, bunday chanoq kamari yopiq kamar deb ataladi. Download 192.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling