Kolloid zritmalar termodinamik beqaror sistemalardir, chunki ular ortiqcha erkin znergiyaga ega bo’ladi. Kolloid sistemalarda dnepers faza solishtirma sirti juda katta bo’lganidan ortiqcha sirt energiyasi hosil bo’ladi. Sirt yoki erkin energiya, termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq o’zining eng kichik qiymatiga intiladi. Erkin energiyaning minimumga intilishi dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit orasidagi sirtning kamayishi bilan sodir bo’ladi. Sirtning kamayishi zarrachalarning molekulyar kuchlar ta‘sirida yiriklashishi bilan boradi. - Kolloid zritmalar termodinamik beqaror sistemalardir, chunki ular ortiqcha erkin znergiyaga ega bo’ladi. Kolloid sistemalarda dnepers faza solishtirma sirti juda katta bo’lganidan ortiqcha sirt energiyasi hosil bo’ladi. Sirt yoki erkin energiya, termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq o’zining eng kichik qiymatiga intiladi. Erkin energiyaning minimumga intilishi dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit orasidagi sirtning kamayishi bilan sodir bo’ladi. Sirtning kamayishi zarrachalarning molekulyar kuchlar ta‘sirida yiriklashishi bilan boradi.
- 1922 yilda N.P.Peskov kolloidlar haqidagi ta‘limotga kinetik sedimentatsiyaviy) va agregativ barqarorlik tushunchalarini kiritdi.
- Kinetik barqarorlik deganda dispers sistemalarning og’irlik kuchiga bardosh berish xususiyati tushuniladi. Bu barqarorlik broun harakati tufaylidir. Bundan tashqari, kinetik barqarorlikka ta‘sir etuvchi boshqa omillar ham mavjud, masalan, zarrachalarning disperslik darajasi, dispers muhit qovushqoqligi, dispers faza hamda dispers muhit zichliklari orasidagi farq va boshqalar. Shu omillardan kolloid sistemalarning kinetik barqarorligiga dispers faza zarrachalarining disperslik darajasi katta ta‘sir qiladi. Zarrachalarning o’lchami qancha kichik bo’lsa kolloid sistema shuncha barqaror bo’ladi. Shuning uchun dag’al sistemalarning kinetik barqarorlik kam, kolloid eritmalarniki yuqoridir.
Zarrachalarning og’irlik kuchi ta‘sirida cho’kish yo’q darajada kam bo’lgan sistemalar kinetik barqaror deyiladi. - Zarrachalarning og’irlik kuchi ta‘sirida cho’kish yo’q darajada kam bo’lgan sistemalar kinetik barqaror deyiladi.
- Agregativ barqarorlik deganda dispers faza zarrachayaarning disperslik darajasini saqlash xususiyati tushuniladi. Bunday barqarorlikning sababi, birinchidan, kolloid zarrachalar zaryadining bir xil ekanligi sababidan ular yiriklasha olmasligi bo’lsa, ikkinchidan, kolloid zarrachalar erituvchi molekulalaridan iborat solvat qavat bilan qurshab olinganligidir.
- B.V.Delyagin ta‘limotiga ko’ra solvat qavat egiluvchanlik va yuqori qovushoqlikka ega bo’lib, zarrachalarning o’zaro yopishishiga to’sqinlik qiladi.
- SHunday qilib, agregativ va kinetik barqarorlik faktorlari o’zaro farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, haroratning kutarilishi kolloid zarrachalarning cho’kishiga to’sqinlik qilishi bilan bir vaqtda shu zarrachalarning yiriklashishiga, ya‘ni agregatlanishiga ham yordam beradi. Agar broun harakati intensivligining oshishi zarrachalarning cho’kishiga qarshilik qilsa, zarrachalar shu broun harakati natijasida o’zaro to’qnashib yiriklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |