Komiljon hashimov
Shahar maktablarining vujudga kelishi
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi.
Shahar maktablarining vujudga kelishi. G'arbiy Yevropada XII— XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o'sishiga va shahar madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Shahaming asosiy aholisini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar o‘z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim berishni istar edilar. Ular o‘sha davrlarda cherkov maktablaridan qanoatlanmadilar. Hunarmandlar sexlarga uyushib, o‘zlarining sex maktablarini ocha boshladilar, hunarmandlarning bolalari bunda o'qish, yozish, hisob va dindan saboq olar, uyga qaytgach otalaridan hunar o'rganar edi. Gildiyalarga uyushgan savdogarlar ham o'zlarining gildiya maktablarini ochib bolalariga dastur asosida bilim bera boshladilar. Keyinroq sex va gildiya maktablari magistrat maktablariga, ya'ni shahar boshqarmasi (magistrat) harajatidagi maktablarga aylandi.
Bu maktablarning mudir va o'qituvchilari tegishli sex, gildiya va magistratura tomonidan tayinlanardilar. Ta'lim pullik bo'lgan ushbu maktablar cherkovga hisobot bermasdi. Bir talay sex, gildiya va magistrat maktablarida o'qish lotin tilidan ona tiliga ko'chirildi. Sex, gildiya va magistrat maktablarining vujudga kelishi, G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi. Bunday maktablar asta-sekin rivojlanib XV asrga kelib butun G'arbiy Yevropada faoliyat yurita boshladi. Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi. Yevropada birinchi uni- versitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fratisiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat edi. XIII asrga kelib o‘z- o'zini idora qihsh huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o'qituvchilik huquqini bera boshladi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o‘quv muassasasiga aylandi. XIV—XV asrlarga kelib universitetlar Yevropa mamlkatlarining hammasida mavjud. 267 www.ziyouz.com kutubxonasi 0‘rta asr universitetlarida to'rtta fakultet bo‘lib, shulardan biri tayyorlov fakulteti edi. Unda «etti erkin san'at» (travium va kvadrilium) fanlari o'qitilardi. Talabalar o'rta maktab vazifasini bajaruvchi bu fakultetda 6-7 yil o‘qib, «san'at magistri» darajasini olar, shundan so‘ng asosiy uch fakultetdan birida: ilohiyot, meditsina yoki huquqshunoslik fakultetida o'qishni davom ettirish imkonyatiga ega bo'lar edi. Bu faulbtetlarda o'qish muddati 5-6 yil bo'lib, uni tamomlaganlar doktor, yoki olim unvoni qo'lga kiritardi. O‘rta asr universitetlari cherkov nazorati oqibatida sxolistika ruhidagi maktabga aylanib qolgan, cherkov tomonidan ma'qullangan va tavsiya qilingan kitoblargina o'qitilar, shu sababdan o'qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo'lib darslar lotin tilida olib borilar edi. Universitet ta'limining va undagi metodlarning sxolastik mazmuni- dan qat'i nazar, O‘rta asr universitetlari Yevropa madaniyatining rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Zamonaviy Yevropa ta’lim tizimining o'tmishdagi poydevori bo'lgan bu universitetlar ko'hna qit’a mamlakatlarining depiokratik rivojida ham o‘z o'rniga ega. Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling