Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti "boshqaruv hisobi"
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv hisobi fani boyicha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari. (2‚6‚7‚9‚12‚ 1‚2‚3‚4‚5)
А
B S ichki va tashqi foydalanuvchilar manfaatlarini ko`zlab olib boriladigan qismidir, A sohasi esa – ma`muriyat talabi asosida shakllantiriladigan boshqaruv hisobi. Taqdim etilgan chizma shuni qo`rsatadiki, hisob siyosati boshqaruv va moliyaviy hisoblar o`rtasida bog`lovchi halqa hisoblanib, u korxonaning ichki va tashqi foydalanuvchilari manfaatlari yo`lida tashkil etiladi. YUqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni ta`kidlash lozimki, tezkor, statistik va soliq hisobi bilan bir qatorda buxgalteriya hisobi korxonaning umumiy hisobi tizimiga kiradi va ikki qismga bo`linadi: moliyaviy va ishlab chiqarish; korxona xarajatlari va daromadlari ularning ob`ekti (manbai) hisoblanadi. Ishlab chiqarish hisobining tahliliy (analitik) axboroti mutlaqo ichki boshqaruv uchun foydalaniladi. Moliyaviy hisobda esa asosan tashkilotning tijorat sirini namoyon etmaydigan axborot to`planadi, shu munosabat bilan uni yangi tashqi foydalanuvchilarga taqdim etadilar. Buxgalterlik hisobining bunday bo`lishini shu bilan asoslash mumkinki, aslida buxgalteriya hisobining butun tizimi tashkilot boshqaruv tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Biroq “moliyaviy hisob” va “ishlab chiqarish hisobi” iboralarini qo`lanishda asosan uchYOt amallari (protseduralari) ga zqr beriladi. Boshqaruv hisobi esa faqat hisob amallari bilan cheklanmaydi, balki boshqaruvning boshqa funktsiyalari hisobiga mohiyati jihatidan ishlab chiqish hisobini boshqaruv hisobiga aylantiradi. Uning ma`lumotlari tijorat sirlaridan iborat va ma`naviy hisobdan farqli qlaroq mutlaqo tashkilot ichkarisida foydalaniladi. 4. Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari. (2‚6‚7‚9‚12‚ 1‚2‚3‚4‚5) Boshqaruv hisobi taktikasi quyidagilaridan iborat: tashkil etish, hisob, nazorat, dalillash, avval qabul qilingan qarorlarni tahlil qilish va moslashtirish, shuningdek uning ijrosi uchun javobgarlik. Boshqaruv hisobining strategiyasi uzoq davr mobaynida korxona taraqiyotini belgilovchi tahlil, taxminlash rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirish tizimini o`zida namoyon etadi. O`zbekiston Respublikasining Korxonalar to`g`risidagi o`onunida bilgilanganidek: “Korxona o`z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari va materiallarining mavjudligi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, qo`rsatilayotgan xizmatga bo`lgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istio`bollarini belgilaydi”. Integratsiya jarayonida hal qiluvchi nuqta xarajatlar va daromadlarni taqqoslash bo`lganligi sababli boshqaruv hisobi uchun eng muhimi xarajatlarni va daromadlarni boshqarish hamda daromadlarga ta`sir qilish vositasi bilan natijalar orqali boshqarish bo`lib qoladi. Boshqaruv hisobi ob`ektlari boshqaruv hisobi uslubining asosini tashkil etuvchi yo`llar va usullar majmui orqali qrganiladi. Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, schetlar va ikkiyoqlama yozuv, balansda umumlashtirish va hisobot kabi moliyaviy hisob uslubining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, boshqaruv hisobida iqtisodiy tahlil, iqtisodiy matematik va statistik uslublar ham keng qo`llaniladi. Boshqaruv hisobi tizimi ko`plab amallardan tashkil topadi, ular boshqaruv maqsadlariga bog`liq holda o`zgarishi mumkin. SHunday bo`lsada, ular quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak: - tashkilot faoliyatining uzluksizligi; - rejalashtirish va hisob uchun qlchovlarning yagona birligidan foydalanish; - korxona bo`linmalari faoliyati natijalarini baholash; - boshqarish maqsadlarida birlamchi va oraliq axborotdan qayta-qayta foydalanish va uni sao`lash; - boshqaruv darajalari o`rtasidagi kommunikatsion aloqalar asosida ichki hisobot qo`rsatkichlarini shakllantirish; - boshqarishning byudjet (smeta) uslubini qo`llash; - htsob obe`ktlari haqida hal qiluvchi ahborotni ta`minlovchi to`laqonlilik va tahliliylik; - korxonaning hisob siyosatini belgilash va tijorat jarayonlarini aks ettiruvchi davriylik. Sanab qtilgan talablar boshqaruv hisobi tizimining ta`sirchanligini ta`minlashi kerak. Albatta, boshqaruv hisobini O`zbekiston iqtisodiyoti uchun qandaydir yangilik sifatida qabul qilish xato bo`lar edi. Ma`lumki, markazlashgan rejalashtirish reja va moliyaviy bo`limlarining buxgalteriya xizmatidan asta-sekin ajralib chiqishiga, unga buxgalteriya vakolatining bir qismi berilishiga imkon tug`dirdi. Bu jarayon natijasida buxgalteriya hisobining butun tizimi deyarli moliyaviy tizimiga aylandi va mutlaqo davlat ma`nfaatlariga xizmat qila boshladi. Mustaqillik davrida esa bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning markazlashgan tizimidan voz kechib, rejalashtirishning ahamiyati asossiz ravishda pasayib ketdi va oqibatda u korxona texpromfinplaniga aylaib qoldi. YA`ni buxgalteriya va boshqa iqtisodiy xizmat muttaxasislari (reja bo`yicha iqtisodchi mehnat va ish haqi bo`yicha iqtisodchi, moddiy texnika ta`minoti bo`yicha iqtisodchi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalash bilan cheklanib qoldilar. Biroq barcha qo`llanilgan choralar keraklicha samara bermadi va boshqaruv hisobining yagona tizimini yaratishga imkon tug`dirmadi. Xozirgi vaqtda ham uni o`qllash yo`lida ma`lum qiyinchiliklar mavjud. Ko`pgina bosh buxgalterlar buning uchun asosan, mavjud soliq tizimini aybdor qilib qo`rsatishadi, u boshqaruv hisobining samarali tizimini tashkil etish uchun ko`p vaqt olib qqyar emish. SHu bilan birga amaliyotda qo`rilganidek, ma`lum sabablar mavjud bo`lishiga qaramay, buxgalterning buxgalteriya sub`ektidan buxgalter-menejerga aylanishi tendentsiyasi kuchaya boshladi. U tobora ko`proq korxona boshqaruv faoliyatining faol sub`ekti bo`lib borayotir. Boshqaruv hisobi – iqtisodiy bilimlarning yangi yalpi sohasidir. Uning katta afzalligi ham shunda, chunki aynan fanlar tutashgan joyda, turli ilmiy uslublardan foydalanilganda, yangi bilimlar va texnologiyalar sari jiddiy siljishlar sodir bo`ladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling