Kompyuter falsafasi


Globallashuv va kiberxavsizlik


Download 1.16 Mb.
bet129/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

Globallashuv va kiberxavsizlik
Reja

  1. Globallashuv tushunchasi

  2. Globallashuvning sabablari va tasnifi

  3. Mustaqil O’zbekistonda ekologiya masalalari va ularni hal qilish yo‘llari

  4. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar

  5. Kiberterrorizm va kiberxavsizlik



1-reja. Globallashuv tushunchasi
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdi. bu jarayondan to‘la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo‘q, deb to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ba’zan ko‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko‘pincha salbiy bo‘ladi.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim. Bu hodisani chuqur o‘rganmay turib unga moslashish, kerak bo‘lganda, uning yo‘nalishini tegishli tarzda o‘zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmaslik, unday foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan barobardir.
Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko‘p. Lekin uning xususiyatlarini to‘laroq qamrab olgani, bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rif. Unda globallashuv jarayonining uch o‘lchovli ekaniga urg‘u beriladi:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling