Kompyuter falsafasi


globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon


Download 1.16 Mb.
bet130/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;

  • globallashuv – milliy chegaralarning yuvilib ketish jarayoni;

  • globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni.

    Bu ta’rifda keltirilgan globallashuv o‘lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e’tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko‘ramiz.
    Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma gandining quyidagi mashhur so‘zlarida yaxshi ifodalangan: “Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman”. Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo Bilan ta’minlab, ayni paytda, “dovullar”dan saqlash omili ekanligini anglash muhim.
    Insoniyat globallashuv davrida bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensivlashuvi, universil texnologiyalar bilan bog‘liq umumbashariy jarayonlar ham bormoqda. Butun Yer yuzi odamzot uchun yagona makon ekanligi aniq. Bunga shak-shubha yo‘q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan xududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‘lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgani ma’lum. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko‘proq bir davlat ichda, ikki davlat o‘rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‘lishi mumkin edi. To‘g‘ri, aytaylik, A.Makedonskiy va Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki o‘rta asrlardan boshlab yevropalik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari ko‘lami jihatidan ajralib turadi. XX asrda ro‘y bergan ikkita jahon urushida o‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak bunday xulosa muayyan darajada o‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Urush qurollari takomillashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish uyoqda tursin, balki butun Yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo‘q qilib tashlashga yetadi.

    Download 1.16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   143




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling