Kon sanoati va geologiya vazirligi tasarrufidagi geologiya fanlari universiteti
Download 1.19 Mb.
|
Farmanova Namuna Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Archaeocyatha skeleti tuzilishining sxemasi.
- To‘g‘ri arxeotsiatlar sinfi. Regulare
Arxeotsiatlar tipi.
Arxeotsiatlar quyi va o‘rta kembriy davrlarda sayoz dengizlarda yakka – yakka yoki koloniya bo‘lib yashagan hayvonlardir. Tanasi yumshoq qismlarning tuzilishi maʼlum emas. Ularning faqat ohakli skeleti saqlanib qolgan bo‘lib, uning tuzilish voyaga yetgan arxeotsiat substratga yopishib, o‘troq hayot kechirirganligidan dalolat beradi. Arxeotsiatlarning ohakli skeleti serteshik, eng sodda shakllarda devori bir qavat. Yuksak darajada rivojlangan shakllarning skeleti qo‘sh devorli bir – biriga kirib turadigan ichki va tashqi devori teshikli bo‘lib, odatda ichki devoridagi teshiklar yirik. Devorlar orasidagi intervallyum deb ataladigan bo‘shliq vertikal to‘siqlar - septalar bilan bo‘lingan yoki turli skelet hosilalari bilan to‘lgan bo‘ladi. Skeletning pastki qismi pufaksimon ohak parda – pufakli to‘qima bilan to‘la bo‘ladi. Y akka holda yashaydigan ko‘pchilik arxeotsiatlarning skeleti to‘ntarilgan konus yoki kosa shaklidadir. Koloniyalar skeleti kalta, sershox bo‘lib, silindrsimon alohida – alohida naychalardan tuzilgan. 4-rasm. Archaeocyatha skeleti tuzilishining sxemasi. 10 Oktogenezi. Arxeotsiatlar kurtaklanish yo‘li bilan ham, jinsiy yo‘l bilan ko‘paygan bo‘lishi ham mumkin. Arxeotsiatlarning lichinkalari plankton holda yashagan bo‘lsa kerak, chunki ularning geografik jihatdan keng tarqalganligini faqat shu bilan tushuntirish mumkin. Ular yetuk organizm darajasiga yetgach, keyin substratga yopishib yashagan. Devorlari soni, intervallyumning tuzilishiga qarab, ichki bo‘shlig‘ining shakliga qarab tabaqalangan. Hozirgi kunda arxeotsiatlar 2 ta sinfga bo‘linadi. Regulare – to‘g‘ri va Jrregulares – noto‘g‘ri arxeotsiatlar. To‘g‘ri arxeotsiatlar sinfi. Regulare To‘g‘ri arxeotsiatlar sinfi o‘z ichiga quyi, balki o‘rta kembriy epoxalarida yashagan bir devorli va ikki devorli arxeotsiatlarni o‘z ichiga oladi. Bir devorli arxeotsiatlarga kubiksimon og‘iz teshikli qopqoq bilan yopilgan, ichki bo‘shlig‘i skelet elementlaridan bo‘sh bo‘lgan yakka va koloniya holda yashovchi shakllar kiradi. Quyi kembriyda yashagan. Ikki devorli arxeotsiatlarga silindirsimon yoki konussimon ko‘rinishdagi yakka va koloniya holda yashovchi shakillari kiradi. Quyi va o‘rta kembriyda yashagan. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling