Konferensiyasi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
- ISHLARNING AHAMIYATI Shaimova Shahlo Usarqulovna
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. ―O‗zbek mentalligining psixologik xususiyatlari‖ monongrafiya. botirov b.M –T.: fan va texnologiyalar, 2011. 2. Общая психология: учеб. для студентов пед. ин-тов / А. В. Петровский, А.В. Бруш- линский, В.П. Зинченко и др.; Под ред. А. В. Петровского, - 3-е изд.,перераб. и доп. – м.: Просвещение, 1986 3. Психология: Немов, Р.С. Учеб. для студентов высш. пед. учеб. заведений в трех книгах/Р.С.Немов.. - 2-е изд. – м. Просвещение: Владос, 1995. 4. Основы общей психологии Рубинштейн, С.Л.. - СП; Питер, 2007 “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 242 MATEMATIKA FANIDA SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARNING AHAMIYATI Shaimova Shahlo Usarqulovna Sirdaryo viloyati Guliston shahar 1 umumiy o'rta ta'lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqola matematik fanidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar keltirildi. Kalit so'zlar: metod, matematik, olimpiada, mashg'ulot, viktorina. Bugungi ta'lim tizimi o'qituvchilardan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, AKT dan, interfaol usullardan foydalanib dars o'tishni talab qilmoqda.Chunki bugungi kun o'quvchisi bilimga chanqoq, izlanuvchan hamda internetdan foydalanish borasida ustozlardan-da ilg'or. O'quchilar bilimini va qiziqishini oshirishda nafaqat interfaol metodlarning balki sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning ahamiyati beqiyos. O`quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilishda, o`qituvchi ta‘lim samarasi past bo`lgan metodlarga nisbatan, ya‘ni o`quvchi passiv tinglovchi, esda saqlab qoluvchi va takrorlovchi emas, ongli ishtirokchi bo`lishini ta‘minlashdan iborat bo`ladi. Shubhasizki, bunday darslarga tayyorlanish va o`tkazishda o`ziga xos qiyinchilik va murakkablik o`qituvchi zimmasida bo`ladi. Buning evaziga o`qituvchi o`quvchilarning puxta, aniq tassavurga ega bilim olishiga, matematik tafakkuri rivojlanishga, o`zi qiziqan ixtisosni egallashiga maqsadli yondoshishga yo`naltira oladi. Isbotlashlar va masalalar yechishning turlari, ularning kelib chiqish tarixi bilan tanishishning darsda imkoniyati bo`lmaganligi uchun sinfdan tashqari vaqtda o`rganishi maqsadga muvofiqdir. Matematikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlarida o`quvchilarda alohida qiziqish tug`diradigan masalalar, mavzularga e‘tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Buning samarasi sifatida o`quvchilar mashg`ulotlarda yangi va qiziq qiziqarli narsalarni bilib oladilar va ular o`qituvchining birinchi yordamchisi bo`lib qoladilar, o`quvchilarning matematik qobiliyatlari rivojlanadi va shu bilan birga o`qituvchining o`z malakasi ham oshib boradi.Matematika o`qituvchisi talabalarni faqat darsda o`qitish bilan cheklanib qololmaydi. Yaxshi o`qituvchi va tarbiyachi ma‘lum matematik bilimlar yig`indisini talabalarga singdirish bilan birga, ularda aktiv ijodiy fikrlashni uyg`otishi va foydali mehnat malakalarini tarbiyalashi loziim. Fanga o`quvchilarning qiziqishini oshirish uchun ularning konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga – ba‘zi masalalarning modellarini yasashga, masalalar yechilishini tanlashga, topishmoq va topshiriqlarga alohida e‘tibor beriladi. Olimpiadachi o`quvchini to`g`ri tanlash uni olimpiadaga tayyorlash jarayonini osonlashtiradi va muvaffaqiyatga erishishda katta ahamiyatga ega. Olimpiadachi nomzodni bir-biriga bog`liq bo`lgan mezonlar asosida tanlanadi va 2-3 nafar nomzod o`quvchilar bilan olimpiadalarga tayyorlanishni boshlash mumkin. Buning uchun, avvalo, siz berayotgan matematik bilim va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling